Qayta o`rash mashinalarining urchug`i
Ip o`ralgan g`altak urchuqqa kiydiriladi. Urchuq -roliklar o`rnashtirilgan shpindeldan iborat. Roliklar tsilindr yoki konus shakliga yega bo`lib sirtiga charm, rezina yoki xlorvinil qoplangan bo`ladi. sirtiga xlorvinil qoplangan roliklarda sirg`alish 15-20% ga kamroq bo`ladi va sirtiga material qoplangan roliklarga nisbatan bularning xizmat muddati uzoqroq bo`ladi.
Qayta o`rash mashinalaridagi urchuqlarning 3 guruhga bo`lish mumkin: konussimon, prujinali silindrsimon va gaykali silindrsimon.
Konussimon urchuq (22,a rasm) po`latdan tayyorlanadi. Bu urchuqlarga g`altaklar yaxshilab o`rnatib qo`yiladi, aks holda chiqib ketishi mumkin. Bu urchuqlarning kamchiligi shundaki: ular g`altakning teshigini jarohatlab asta-sekin kengaytirib qo`yishi mumkin, natijada g`altak yon-veriga urilib. Urchuqda sirg`ala boshlaydi. Qayta o`rash tezligidagi notekisligining ortishi bilan bir qatorda g`altakning aylanish tezligi kamayadi. Natijada harakatda sakrash yuz beradi, bu yesa iplarning tez-tez uzilishiga olib keladi. Konussimon urchuqdan foydalanganda g`altakning ishdan chiqishi, podshipnik va urchuqning o`zining buzulishi ko`payadi. Hozir konussimon urchuqlar ishlab chiqarilmayapti.
Prujinali urchuqlar (22,b rasm) yekspulatatsiya qilishda birmuncha ishonchliroq. Bunday urchuqlarga g`altaklarni o`tqazish osonroq vaqt ham ketadi. Ular g`altak teshiklarini kamroq jarohatlaydi.
Bu tipdagi urchuqlarni 2 yoki 4 prujinali qilib yasaladi.
Gaykali urchuqlarga (22, v rasm) g`altaklar mumkin qadar birmuncha zich kiydiriladi, o`tkaziladi. Binobarin, bu urchuqlardagi asosiy, muhim nuqson shundan iboratki, bular qo`llanganda g`altaklarni almashtirishga vaqt birmuncha (2-3 marta) ko`p sarflanadi.
Shunday qilib, ip o`raydigan mashinalarda prujinali urchuqni ishlatish ko`proq maqsadga muvofiqdir.
22-rasm. Qayta o`rash mashinalarining urchuqlari.
Urchuqning massasi uning uzunligi va konstruktsiyasiga ko`ra 70 dan 100 grammgacha o`zgarib turadi. Urchuqlarning uzunligi podshipniklar oralig`idagi masofaga bog`liq. Urchuqning podshikniklar orasiga qadalib turadigan tishlari 12-15 mm uzunlikka yega bo`lishi kerak. Urchuqning rolik yonidagi diametri 10-11 mm ga teng. Urchuq shpindelining konusligi 4-50 ni tashkil yetadi. Rolikni kengligi yeni 25-30 mm atrofida. Roliklar mustahkam yog`ochlardan - qoraqayin yoki oqqayin yog`ochdan yasaladi.
G’altaklar. Texnikaviy shartlarga ko`ra, yeshadigan, yeshib qo`shadigan va qayta o`raydigan mashinalarning konstruktsiyasiga bog`liq holda tanlash mashinalari ustunlarining, tirgaklarining o`lchamlari va qayta ishlanadigan iplarning assortimentlariga muvofiq ipak sanoati uchun ishlatiladigan g`altaklar 18 tipda tayyorlab chiqariladi.
G’altak tayyorlashda qoraqayin, oqqayin, grab, zarang yog`ochlardan, metallar: alyumin, jez, oq tunuka va turli sun`iy va sintetik materiallar: plastmassa, fibra voloknit, poliamid -6 takroriy, yuqori zichlikdagi poliyetilen polipropilen fenosplat, termoplast va hokazolardan foydalaniladi.
Konstruktsiyalarga ko`ra g`altaklar yaxlit va tarkibli bo`lishi mumkin. Yaxlit g`altaklar bir bo`lak materialdan, masalan, yog`ochdan yo`nib yasaladi yoki sintetik smoladan, masalan, poliamid kapronidan quyib yasaladi.
Tarkibli g`altaklarni yasashda uning ustunchasi (o`zagi) va gardishi bo`lak-bo`lak holda bir xil materialdan, masalan, ustunchasi (o`zagi) yog`ochdan, gardishi plastmassa yoki fibradan yasaladi. G’altakning gardish ustunga elim bilan vint yoki mixlar bilan yopishtirib mustahkamlanadi.
23-rasm. Sig`imi kattalashtirilgan g`altaklar a) ipak xom ashyo uchun, b) kompleks kimyoviy tolalar uchun.
23-rasmda ko`p ip o`raladigan g`altak ko`rsatilgan. Bu g`altaklar yig`ma bo`lib, ular voloknitdan yasaladi. G’altakning tanasi yuqorigi gardishi bilan shponka va kley vositasida birlashtiriladi. Shponkalar pressporoshokdan shtamplab tayyorlanadi.
G’altak tanasining sirtqi qismi ayrim hollarda, birinchi qatlam ipning yaxshi o`rnashishi (mahkam turishi) uchun ataylab biroz g`o`rasha, g`adir-budirroq qilib yasaladi. G’altakning xizmat muddati 6 oydan 12 oygacha.
Binobarin, bu nisbatni ma`lum chegaragacha oshirish mumkin, odatda u 1,8 dan oshmasligi kerak. G’altak gardishi va tanasi diametrlari nisbati keyinchalik oshib borganda, unda chuvatish paytida ipning uzilishi ko`payadi, ya`ni bu bo`sh va to`la g`altakka ip o`ralish tezligidagi farqning juda ko`pligi va o`rashning oxirida ip tarangligining oshishi oqibatida yuz beradi. Bundan tashqari g`altak gardishi bilan tanasining diametri katta farq bo`lganda yeshish jarayonida ipning g`altakdan chiqishi qiyinlashadi. Ipak eshish korxonalarining qayta o`rash mashinalarida ishlatiladigan g`altaklarning muhim kamchiliklaridan biri - ularning kam-sig`imliligi hisoblanadi. Ipak xom ashyoni qayta o`rash paytida g`altakka 40 g dan 80 g gacha ip o`raladi, viskoza iplari esa 120 g gacha o`raladi. G’altakning bunday kam sig`imliligi oqibatida o`ramlarni almashtirib turish uchun ko`p vaqt sarf qilinadi hamda, ish unumdorligi, jihozlash pasayib ketadi. Shuning uchun ipak yeshish korxonalarida texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni ko`tarish yo`llaridan biri - qayta o`rash mashinalarida katta o`ramlarni ishlatish hisoblanadi.
Tozalagich. Qayta o`rash mashinalarida qayta o`rash paytida ipak xom ashyo, yigirilgan ip (pryaja) turli xildagi kimyoviy iplar tozalanadi. Iplardagi turli nuqsonlarni, jumladan, g`urrachalarni, chang-g`uborlarni, xalqalarni, shuningdek, ipning ingichka, yo`g`on joylarini bartaraf qilish uchun tozalash zarur. Buning uchun iplar o`ramining chuvatishdan to o`rash yo`ligacha tozalash moslamalari qurib qo`yiladi, bu moslamada ipning nuqsonlari tutib qolinadi, ip uziladi. Ip o`rovchi ishchi ipning uzilgan joyini to`g`rilash uchun ipning nuqsonli qismini uzib tashlaydi va ip uchlarini bir-biriga bog`lab qo`yadi.
Tozalash moslamalari uch turda bo`ladi: tirqishli, diskli va qaychi shaklida.
Yoriqli, tirqishli, tozalagichlar (24,a-rasm) -ikkita parallel holda joylashtirilgan metall plastinka-pichoqlardan tarkib topgan. Ip plastinkalar orasidan tirqishga o`tadi. Tirqishning razmeri turli qalinlikdagi plastinka shaklidagi maxsus qoliplar yordamida rostlab turiladi. Odatda plastinkalar orasidagi masofa chuvatilayotgan ipning 1,5-2 diametriga teng qilib belgilanadi. Fabrikalarda almashtirib turiladigan aniq razmerga yega bo`lgan, kalibrlangan plastinkali tirqishli tozalagichlar ishlatiladi. Bunday holda plastinkalar orasidagi tirqishni aniqlash talab qilinmaydi, chunki chuvatilayotgan ipning yo`g`on-ingichkaligiga qarab plastinkalar o`zgartiriladi.
Diskli tozalagich (24,b-rasm) 30-40 mm li ikkita diskdan tarkib topgan. Disklar orasidagi tirqish I vint 2 bilan rostlab turiladi. Disklar bir-biriga prujinalar vositasida yopishtirilgan. Disklar (skobaga) 4 changakka vintlab qo`yilgan kronshteynga 3 mahkamlangan. Diskdagi movut yirtilib ketmasligi uchun uni vaqti-vaqti aylantirib turish kerak. Disk sirtidagi movut titilgan bo`lsa, uni almashtirish lozim.
Tozalagich pichoqlari (24,v-rasm) ikkita metall plastinkadan tashkil topgan bo`lib, ularning uchlari qayrilgan va sirtiga movut qoplangan. Plastinkalar orasidagi tirqish vint vositasida o`zgartirib turiladi.
24-rasm. Qayta o`rash mashinalarining tozalagichlari.
Ip o`tkazgichlar. Bular ip harakatini yo`naltirish uchun xizmat qiladi. Ularni shishadan, chinnidan yoki metalldan, shuningdek, korunddan va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Iplarni harakatini yo`naltirish uchun ip o`tkazgichlar ilmoq shaklida yasaladi, ip harakati yo`nalishini o`zgartirish uchun chiviqlar ishlatiladi.
Ip ishqalanganda jarohatlanmasligi uchun qayta o`rish mashinasining yurituvchi hamma ishchi organlari, ip yurituvchi moslamalar garniturasi, yordamchi mexanizmlarining va qismlarining sirtqi qismi silliq sayqallangan bo`lishi shart. To`g`rilab turuvchi ip o`tkazgichlarni ipni yelektrlanishga qo`ymaydigan materiallardan: chinnidan, sopoldan yasash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |