3-Mаvzu: Ipakni qayta o`rash texnologik jarayoni va uning nazariy asoslari Reja



Download 473,5 Kb.
bet1/11
Sana13.04.2022
Hajmi473,5 Kb.
#548569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mаvzu


3-Mаvzu: Ipakni qayta o`rash texnologik jarayoni va uning nazariy asoslari
Reja:
I. Qayta o`rash jarayonining umumiy xarakteristikasi. Qayta o`rash jarayonida ipning taranglanishi.

  1. MSh-3 urchuqli qayta o’rash mashinasi.

  2. Urchuqsiz qayta o’rash mashinalari.

  3. G`altakka o`ralgan ipning strukturasi va zichligi. Ipni o`rash tezligi.

  4. Qayta o`rash dastgohlari yordamchi jihozlari va qismlari

Ipak eshish fabrikalarida uzluksiz iplarni: ipak-xom ashyoni, kimyoviy iplarni asosan, ko`pqavatli ipak eshish mashinalarida qayta ishlanishga qulay bo`ladigan o`ramlar hosil qilish uchun qayta o`raladi, bunda ipak eshish mashinalarida so`ngi o`ram g`altak olinadi. Shuning uchun ham kalava holida kelib tushadigan ipak-xom ashyoni va g`altak yoki kulich holida kelib tushadigan kimyoviy iplarni ikki gardishli g`altaklarga qayta o`raladi. Ipak-xom ashyo iplarini ba`zan kimyoviy iplarni qayta o`rash jarayonida iplar qo`shimcha ravishda ko`zdan kechiriladi va tozalanadi, g`urrachalari chang-g`uborlari tozalab tashlanadi, ortiqcha tugunchalar, ingichka joylar olib tashlanadi va hokazo. Buning uchun qayta o`rash mashinalariga tozalagich asboblar o`rnatiladi. Ayrim hollarda kimyoviy iplarni qayta o`rash va moylash ishlari birga olib boriladi. Buning uchun qayta o`rash mashinasiga moylanadigan asbob o`rnatish kerak.
Ipak-xom ashyoni qayta o`rash mashinasining turli xili va turli konstruktsiyasidan fodalanish mumkin, bunday mashinalar quyidagi belgilari bilan bir-biridan farqlanadi.
1) (charx parragining) kalava o`raladigan parrak joylanishiga qarab – charx parraklari bir yarusli bir qavatli yuqorida yoki pastda joylashgan va ikki yarusli hamda kombinatsiya qilingan (uyg`unlashgan) bo`ladi; mashinalar bir yoqlama va ikki yoqlama bo`lishi mumkin.
2) mustahkamlanishi (birikishi) va harakatga kelishiga ko`ra g`altaklar - urchuqli va urchuqsiz bo`ladi; urchuqlar (asosiy o`qqa, valga) nisbatan parallel va perependikulyar ravishda joylashgan bo`ladi;
3) chiqarilgan o`ramlar o`ralish xususiyatiga ko`ra - cheti qiyshaymagan silindrsimon va ikki cheti qiyshaygan silindrsimon bo`ladi; o`ralish parallel holda va krest shaklida bo`lishi mumkin.
Qayta o`rash mashinalari konstruktsiya jihatidan turlicha bo`lishiga qaramay, qayta o`rash jarayoni bu mashinalarda bir xil bajariladi. Eng sodda qayta o`rash mashinasining texnologik sxemasi 8- rasmda ko`rsatilgan.



8-rasm Qayta o`rash dastgohining texnologik chizmasi.

Ishchi 1 kalavani 2 charx parragiga kiydiradi va undagi tugunchalarni, elimshaklarni tozalab tashlab, silliq (tekis) qilib qo`yadi. Ishchi ipning uchini qidirib topadi va u bilan 3 yo`naltiruvchi shisha chiviqchani yegadi, ipni 4 taqsimlovchi asbobning ko`zidan o`tkazadi va uni 8 urchuqqa o`tkazilgan 5 g`altakka biriktirib qo`yadi. Shundan keyin g`altak bilan birgalikda g`altak o`rnatilgan urchuq uyaga tushiriladi, shu payt 8 urchuqning 6 roligi 7 friktsion shkiv ustiga yotqiziladi, friktsion shkiv aylanib turadi va o`zi bilan urchuqli 5 g`altakni ham aylantirib yuboradi. G’altakka ip o`raladi. Urchuqsiz qayta o`rash mashinalarida g`altak ikki shpindel orasiga qisiladi, ulardan biri mashinining yon tarafidagi o`qi yordamida, o`qqa biriktirilgan friktsion shkiv orqali harakatga keladi.


G’altakdan chuvatilib qayta o`ralayotgan kimyoviy iplarning so`ngisi mashinalar tokchasiga o`rnatiladi. Bunday holda iplar qimirlamay (harakatlanmay) turgan g`altaklardan chuvatiladi.
Viskoza iplarni qayta o`rash mashinalaridagi kulichlardan qayta o`ralayotgan chog’da tirgovuchlar o`rnatiladi, kulichlarni ularga kiydirib qo`yiladi. Tirgovichlar kulichlardan iplarning chuvalishi (chiqishini) osonlashtiradi va jarayonni yaxshilaydi. Ba`zi bir mashinalarda o`rniga ancha murakkab maxsus jixozlar o`rnatiladi.



Download 473,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish