Qayta o`rash jarayonida ipning taranglanishi
Qayta o`rash chog`ida ipning tarang tortilishi uning ham fizik-mexanik xususiyatiga, ham o`ralishning texnik-iqtisodiy jihatiga va keyingi bo`ladigan jarayonlarga katta ta`sir qiladi. Qayta o`rash mashinalarida taranglashish natijasida so`nggi o`ramda kerakli bo`lgan o`ralish zichligi hosil bo`ladi. Bo`sh yumshoq o`ralish oqibatida iplarning eshilish pishitish jarayonida ma`lum qiyinchiliklar yuz beradi. Binobarin, qayta o`rash chog`ida iplarning juda tarang tortilishi ularning yelastik xususiyati ko`rsatkichlarini pasaytirish mumkin, bu esa eshilgan iplarning xususiyatiga
va ulardan tayyorlanadigan maxsulotlarga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari, taranglash me`yoridan oshsa, qayta o`rash paytida iplar ko`p uzilishi mumkin, oqibatda qayta
o`rash mashinasining unumdorligi pasayadi va iplardagi nuqsonlar ko`payadi.
Qayta o`rash paytida ipga bir qancha omillar o`z ta`sirini o`tkazadi. Ulardan asosiysi - chuvatilayotgan o`ramning, g`altakning, kulichning shakli va tuzilishidir, hamda chuvatilayotgan ipning (qimirlamay turgan yoki aylanib turgan o`ramga ko`ra) chuvalish usuli (xususiyati).
Ipak-xom ashyo ipak yeshish fabrikalariga kalava holida kelib tushadi. Aylanib turgan charx parragi orqali kalavalardagi iplar g`altaklarga o`raladi. Aylanib turgan ramadan ipni chuvatilayotgan ipga ta`sir qiluvchi kuch ustida G.S. Dvornitskiy va M.D. Talizinlarning ilmiy ishlarida birmuncha to`liq analiz berilgan.
Aylanib turgan o`ramdan ipni chuvatilayotgan paytda uning tarangligi-o`ramni aylantirayotganda uning enggan qarshilik miqdoriga bog`liq. Bunday qarshiliklar - charx parragi tomonidan charx parragi massasi tomonidan, kalava va tormozlovchi yukcha tomonidan doimiy ravishda ta`sir qiluvchi qarshilik kuchidan hosil bo`lgan statik taranglikdan hamda kalava ipni ko`pqirrali charx parragidan chuvatish paytida paydo bo`ladigan inertsiya kuchidan hosil bo`lgan dinamik tarangliklardan tashkil topadi.
Chuvatish paytida hosil bo`lgan taranglik sapfaning (o`q val bo`yining) charx parragi uyachalarida (tuynukchalarda) ishqalanishi oqibatida hosil bo`lgan qarshilikni yengadi, va moment kattaligiga ko`ra doimiy bo`lib ifodalash mumkin.
(9)
bu yerda Q - charx parragi (motovilo) og`irliklarining yig`indisi g1, kalava g2 va tormoz yukchasi g3; f - charx parragi uyachalarda (tuynukchalarda) sapfaning ishqalanish koyeffitsiyenti; sapfa radiusi.
Statik taranglanishi Fs topish uchun, 8-rasmda ko`rsatilgan sxema foydalanib charx parragining (motoviloning) statik muvozanat shartini yozish zarur.
Ms-FsRcos=0
Q-Fccos=0
bu yerda: - gorizantal o`qqa tegishli charx parragining (motovillaning) qayrilish burchagi. R - charx radiusi.
9-rasm. Kalavalarni chuvatish paytida ipning tarangligini aniqlash sxemasi.
Binobarin,
(10)
(30) formula ishqalanishning kuch momenti F(F=Qf) uning yelkasi sapfa radiusiga teng, maxraj esa - ipning charx parragidan chiqish nuqtasida kalava radiusi - charx parragining aylanish me`yori bo`yicha R0 dan (ya`ni ko`pqirrali charx parragi ichiga chizilgan tevarak radiusidan to R gacha (ya`ni ko`pqirrali charx parragi yaqinida tasvirlangan tevarak) radiusigacha o`zgaradi.
Statik taranglik ishqalanish kuchigagina bog`liq yemas, chunki ishqalanish kuchi ipning charx parragidan chuvatilish me`yoriga ko`ra kamayadi, biroq yana burchakka bog`liq bo`lgan kalava radiusiga ham bog`liq burchak 0 dan to 0/2 gacha o`zgaradi, charx parragining bir-biriga yaqin bo`lgani ikki kegay (spitsa) orasidagi burchak =0 tarzida ya`ni, ipning charx parragi qirrasidan chiqarilish paytida kalavaning radiusi maksimal holatda /R0=R/ bo`ladi, statik taranglik esa minimal holatda bo`ladi.
(11)
=0/2 tarzida kalava radiusi juda kichrayadi, statik taranglik - maksimal (eng katta) holda bo`ladi.
(12)
Burchak 0 charx parragidagi kegay n-soniga bog`liq.
bo`lar ekan, formula 1.13 ni boshqacha yozish ham mumkin:
(13)
Binobarin, charx parragida kegay (spitsa) soni qancha bo`lsa maksimal statik taranglik shuncha kam bo`ladi, chunki bunday holda kattalashadi. Kegayning soni ko`payishi bilan va orasidagi farq kamayadi, charx parragining turli nuqtalaridan iplarning chiqayotgandagi tarangligi muntazam kattalikka yaqinlasha borib birmuncha tekislashadi. Dumaloq charx parragida Fs miqdori doimiylikka ega.
bilan larning o`zaro farqini charx parragidagi (motoviladagi) kegaylar (spitsalar) soniga ko`ra aniqlab chiqamiz:
(14)
va qiymatini qo`yib, quyidagi formulani olamiz.
Olti qirrali charx uchun
Unda
Sakkiz qirrali charx uchun , Fs=8% ga teng.
Shunday qilib, ipning statik tarangligi kalavalar taqilgan charx parragining miqdoriga va sapfadagi ishqalanish kuchiga bog`liq va bu burchakning o`zgarishi bilan o`zgaradi.
Urchuqning doimiy chastotali aylanishida ipning g`altakka o`ralgandagi diametrining ortish me`yoriga qarab ip harakatining tezligi ham ortadi. Charx parragining o`zgaruvchan radiusiga bog`liq holda charx parragining aylanish chastotasi ham ortib boradi. Ip harakatining tezligi sekinlik bilan ko`payadi, shuning uchun qisqa vaqt mobaynida harakat tezligini muntazam, o`zgarmagan hajmda qabul qilish mumkin, ya`ni:
(15)
Do'stlaringiz bilan baham: |