miqdori ko’p bo`lgan joydan miqdori kam bo`lgan joyga o`tadi). Oqsillar yuz va ming
martalab tezroq aralashadigan oddiy molekulalarga nisbatan chegaralangan diffuziya
tezligiga ega. Oqsillarning diffuziya tezligi molekula og`irligi va ko`proq
molekulaning shakliga bog`liq. Globulyar oqsillar suvli
eritmalarda fibrillyar
oqsillarga nisbatan harakatchan bo`ladi.
Oqsillarning diffuziyasi hujayraning me’yorda ishlashi uchun katta ahamiyatga
ega. Agar diffuziya bo`lmasa, hujayraning ribosomalar joylashgan qismida
sintezlangan oqsillar yig`ilib qolishi mumkin edi. Chunki oqsillarning hujayra ichida
taqsimlanishi diffuziya yo`li bilan amalga oshiriladi. Oqsillarning diffuziyasi sekin
borishi tufayli diffuziyalanuvchi oqsillarning vazifalariga bog`liq jarayonlar ma’lum
darajada chegaralanadi.
3) Oqsillarning osmotik xossalari. Oqsillar yuqori molekula og`irligiga ega
bo`lganligi sababli past molekulali moddalar o`ta oladigan yarim o`tkazgich
membranalardan o`ta olmaydi. Oqsilning bunday xususiyatidan amaliyotda ularning
eritmalarini past molekulali aralashmalardan tozalashda foydalaniladi.
Bunday
tozalash jarayoniga dializ deb aytiladi.
Biologik membranalar ham oqsillar uchun o`ta olmaydigan zona hisoblanadi.
Shu sababli oqsillar yuzaga keltiradigan osmotik bosim
uning hujayra ichidagi va
tashqarisidagi miqdoriga bog`liq. Hujayrada oqsillar hosil qiladigan osmotik bosimga
onkotik bosim deb aytiladi.
4) Eritmaning yuqori darajada yopishqoqligi. Yuqori darajadagi yopishqoqlik
faqatgina oqsillar uchun emas, balki umuman yuqori molekulali birikmalarning
eritmalari uchun xos hisoblanadi. Oqsilning miqdori oshishi bilan ularning
molekulalari orasidagi birlashish kuchi ham oshganligi
sababli eritmaning
yopishqoqligi ham oshadi. Yopishqoqlik molekulaning shakliga bog`liq. Fibrillyar
oqsillarning eritmalari har doim globulyar oqsillarning eritmalariga qaraganda
yopishqoqroq bo`ladi. Eritmaning yopishqoqligiga harorat va elektrolitlar kuchli
ta’sir etadi. Harorat ko`tarilishi bilan oqsil eritmalarining yopishqoqligi pasayadi.
Ba’zi
tuzlarning, masalan kaltsiyning qo`shilishi kaltsiy ko’prikchalari yordamida
molekulalarning bog`lanishini ko’paytirish hisobiga yopishqoqlikni oshiradi. Ayrim
o’ollarda oqsil eritmasining yopishqoqligi juda oshib ketishi natijasida u oquvchanlik
xususiyatini yo`qotib, gel hosil qilish holatiga o`tadi.
5) Oqsillarning gel hosil qilish qobiliyati. Eritmadagi oqsil molekulalari o`zaro
ta’sirlashib, yopishishi tufayli g`ovak struktura hosil qilib, uning oralari erituvchi
modda (suv molekulalari) bilan to`ladi. Natijada jemga o`xshash qattiq, lekin asosan
suv va oqsil molekulalaridan iborat dirildoq struktura hosil bo`ladi. Bunday
sistemalarga gel deb aytiladi. Hujayra protoplazmasining oqsili gel hosil qilish
holatiga o`tadi. Mushak oqsillari, teri, hujayra membranalari mana shunday gel
tuzilishiga ega. Gel hosil bo`lganda ozgina oqsil molekulasidan tashkil topgan g`ovak
orasida juda ko’p suv tutilishi mumkin, masalan meduzalarning tanasi 99% suv tutsa
ham ular ma’lum shaklni saqlaydi.
Gel hosil qilish xususiyati fibrillyar oqsillar
eritmalarida oson boradi, chunki
ularning tayoqchasimon shakli makromolekulalarning uchki qismlari bog`lanishi
uchun qulay hisoblanadi. Ovqat gellari tarkibida ko’p miqdorda fibrillyar oqsillar
saqlagan mahsulotlar – suyak, pay va go`shtlardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: