5. Oqsillarning eruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Oqsillarning –
gidrofil, suvsevar kolloidlar qatoriga kiradi. Agar quruq oqsil suvda eritiladigan
bo`lsa, u barcha gidrofil yuqori molekulali birikmalar singari bo`kadi, keyin esa oqsil
molekulalari sekinlik bilan eritmaga o`ta boshlaydi. Bo`kish davomida suv
molekulalari oqsilning ichiga o`tadi va uning qutbli guruhlari bilan bog`lanadi.
polipeptid zanjirining mustahkam taxlami shishadi. Bo`kkan oqsilni qaytar eritma deb
hisoblash mumkin, ya’ni yuqori molekulali modda – oqsilda suv molekulalarining
eritmalarini bo`lishi. Suvni yanada shimilishi oqsil molekulasining umumiy massadan
ajralishi va erishiga olib keladi. Lekin bo`kish har doim ham erishga olib kelmaydi;
ayrim oqsillar, masalan, kollagen ko’p suv yutsa ham bo`kkan holatda qolaveradi.
Erish hodisasi oqsillarning gidratatsiyasi, ya’ni suv molekulalarining oqsillar
bilan bog`lanishi asosida yuzaga keladi. Gidratlangan oqsil suv molekulasi bilan
mustahkam bog`langan bo`lib, uni uzish judayam qiyin. Bu esa oddiygina adsorbtsiya
emas, balki manfiy zaryad tutuvchi kislotali aminokislotalar va musbat zaryad
tutuvchi asosli aminokislotalarning qutbli guruhlari bilan suv molekulalarining
elektrostatik bog`lanishini ko`rsatadi.
Lekin gidratlangan oqsilning bir qismi vodorod bog`lari yordamida suv molekulalari
bilan bog`langan peptid guruhlari bilan bog`lanadi. Masalan, qutbsiz yon zanjirga
ega bo`lgan oqsillar ham suv bilan bog`lanib, bo`kadi. Kollagen tarkibida qutbsiz
aminokislotalar ko’p saqlagan xolda ko’p miqdordagi suvni bog`lashini bunga misol
keltirishimiz mumkin. peptid guruhlari bilan bog`langan suv cho`zilgan polipeptid
zanjirini suradi. Ammo zanjirlar orasidagi bog`lar (ko’priklar) oqsil molekulasining
bir-biridan uzilishiga va eritmaga o`tishiga yo`l qo`ymaydi. Tarkibida kollagen
saqlovchi mahsulot qizdirilganda kollagen tolalaridagi zanjirlararo bog`lar uziladi va
ajralgan polipeptid zanjir eritmaga o`tadi. Bunday holatdagi qisman gidrolizlangan
eritmali kollagenga jelatina deb aytiladi. Jelatina kimyoviy tarkibi bo`yicha
kollagenga yaqin bo`lib, oson bo`kadi va suvda yopishqoq eritma hosil qiladi. Gel
hosil qilish jelatinaning asosiy xususiyati hisoblanadi. Jelatinaning suvli eritmalari
amaliy tibbiyotda plazmani o`rnini bosuvchi va qon to`xtatuvchi modda sifatida, gel
hosil qilishidan esa farmatsevtika amaliyotida ka’sula tayyorlashda foydalaniladi.
Oqsilning erishiga ta’sir etuvchi omillar. Turli oqsillarning erishi ulardagi
aminokislotalarning tarkibiga (qutbli aminokislotalar qutbsiz aminokislotalarga
qaraganda yaxshiroq eriydi), tuzilish xususiyatlariga (globulyar oqsillar fibrillyar
oqsillarga nisbatan yaxshiroq eriydi) va erituvchining xususiyatlariga bog`liq.
Masalan, o`simlik oqsillari – prolaminlar 60-80% li spirtda, albuminlar – suvda va
tuzlarning kuchsiz eritmalarida eriydi; kollagen va keratin esako’pchilik
erituvchilarda erimaydi.
Oqsillarning eritmalaridagi turg`unligi oqsil molekulasi zaryadi va gidratlangan
qobig`iga bog`liq. Oqsil zaryadi bilan yoki undagi qutbli aminokislotalar soni bilan
gidratatsiya o`rtasida uzviy bog`liqliklar bor: oqsilda qutbli aminokislotalar qancha
ko’p bo`lsa, shuncha ko’p suv bog`lanadi ( 1g oqsil hisobida). Ba’zi o’ollarda
oqsilning gidratlangan qobig`i kattalashib ketadi va gidratlangan suv uning
og`irligining 1/5 qismigacha etishi mumkin.
Ayrim oqsillar kuchli gidratlanadi, lekin yomon eriydi. Masalan, kollagen boshqa
yaxshi eriydigan globulyar oqsillarga nisbatan ko’p suv bog`laydi, ammo erimaydi.
Uning erishiga struktura xususiyatlari – polipeptid zanjirlar o`rtasidagi ko`ndalang
bog`lar xalal beradi.
Oqsilning eruvchanligi ularning molekulasidagi gidrofil guruhlarning soniga,
molekulalarining o`lchamiga, shakliga va yig`indi zaryadining miqdoriga bog`liq.
Oqsillarning eruvchanligi izoelektrik nuqtada kam bo`ladi. Chunki molekulalar
o`rtasida ularni bir-biridan itaradigan elektrostatik kuch bo`lmaydi.
Neytral tuzlarning ta’siri. Kam miqdordagi neytral tuzlar o’attoki toza suvda
erimaydigan oqsillar, masalan, evglobulinlarning ham eruvchanligini oshiradi.
Bunday holat tuz ionlarining oqsilni qarama-qarshi zaryadlangan molekulalari bilan
o`zaro ta’sirlashib, oqsil molekulalari orasidagi tuzli ko’priklarni buzishi natijasi deb
qaraladi. Tuz miqdorining oshirilishi (eritmaning ion kuchining ortishi) qarshi ta’sir
ko`rsatadi.
Muhit RNK ining ta’siri. Muhitning RNK i oqsilning zaryadiga, shu bilan birga
uning erishiga ham ta’sir etadi. Oqsil o`zining izoelektrik nuqtasida, ya’ni
zaryadlarining yig`indisi nolga teng bo`lganda barqaror bo`lmaydi. Zaryadning
yo`qolishi oqsil molekulalari yaqinlashishi, yopishishi va cho`kmaga tushishini
osonlashtiradi. Demak, oqsilning eruvchanligi va turg`unligi uning izoelektrik
nuqtasidagi muhit RNKida eng kam darajada bo`ladi.
Haroratning ta’siri. Oqsilning eruvchanligi bilan
harorat o`rtasida qattiq
bog`lanish yo`q. Ammo globulin, pepsin, mushak fosforilazasi kabi oqsillar suvda va
tuzli eritmalarda harorat oshirilishi bilan yaxshi; mushak aldolazasi, gemoglobin kabi
oqsillar esa yomon eriydi.
Har xil zaryadlangan oqsillarning ta’siri. Agar polianion - kislotali oqsillarga
polikation – asosli oqsillar qo`sxilsa, agregatlar hosil bo`ladi. Bunday o’ollarda
zaryadlarning neytrallanishi natijasida turg`unlik yo`qoladi va oqsillar cho`kmaga
tushadi.
Ba’zi vaqtlarda bu xususiyatdan oqsillar aralashmasidagi kerakli oqsilni ajratib
olishda foydalaniladi.
Tuzlanish. Oqsil eritmalariga turli tuzlar qo`sxilganda uning cho`kmaga
tushishi tuzlanish deyiladi. Bu jarayonda oqsil molekulalari unga turg`unlik beruvchi
gidrat qobig`idan opoli bo`lib, bir-biri bilan oson qo`sxiladi va yirik agregatlar hosil
qiladi. Tuzlanish oqsilning nativ (boshlang`ich, tabiiy) holatini ko’pincha
o`zgartirmaydi, cho`kmadan tuz ionlari dializ yo`li bilan ajratilganda oqsil qaytadan
eritmaga o`tadi. Shuning uchun ham ammoniy sulfat va natriy sulfat bilan tuzlash
usuli oqsillarni buzmay ajratib olishda keng qo`llaniladi. Har xil oqsil eritmasi tuz
bilan turli darajada to`yintirilganda cho`kmaga tushadi. Shuning uchun ammoniy
sulfatning kontsentrlangan eritmasi bilan oqsillar aralashmasidan iborat bo`lgan
eritmani to`yintirib, ayrim oqsillarni alohida-alohida cho`ktirish mumkin. Masalan,
qon zardobi ammoniy sulfat bilan chala to`yintirilganda undan globulinlar ajralib
chiqadi, globulinlar cho`kmasini filtrlab, eritma to`la to`yinguncha tuz kukuni
qo`sxilsa, albuminlar cho`kadi.
Og`ir metall (mis, simob, rux, kumush, qo`rg`oshin) tuzlari oqsil eritmalariga
butunlay boshqacha ta’sir etib, ularni kam miqdorda ham cho`ktiradi. Ular oqsil
molekulasidagi muhim guruhlar, birinchi navbatda, sulfgidril guruh –SH bilan
kompleks hosil qilib, oqsil molekulasining strukturasini o`zgartiradi. Og`ir metall
tuzlari bilan cho`ktirish ko’pincha qaytmaydigan jarayondir, ya’ni cho`kkan oqsilni
qaytadan eritma opoliga keltirib bo`lmaydi. Oqsillarni suvga aralashadigan spirt,
atseton, metanol kabi organik erituvchilar bilan cho`ktirish oqsil molekulasiga
bog`langan suvni tortib olishiga bog`liq. Oqsillar ayniqsa suvli eritmada organik
erituvchilarga juda sezgir bo`lganligidan ularni cho`ktirish 0° da olib borilib,
cho`kma eritmadan tez ajratib olinadi. Agar cho`kma spirt bilan uzoq vaqt birga qolsa,
oqsilning nativ holati yo`qolib, u suvda erimaydigan holatga o`tadi. Oqsillar organik
kislotalar ajratadigan anionlar bilan ham birikadi. ‘ikrat kislota, sulfosalitsilat kislota,
trixloratsetat kislota oqsillar bilan erimaydigan cho`kma hosil qiladi. Bu reaktivlardan
biri – trixloratsetat kislota eritmalardan oqsillarni ajratish, ya’ni deproteinlash uchun
juda keng qo`llaniladi.
Tuzlash oqsillarni ajratish va tozalash uchun ko’p qo`llaniladigan usul
hisoblanadi, chunki ko’p oqsillar gidrat qobig`ining o`lchami va zaryadi bilan farq
qiladi. Tuzlashda ularning har biri uchun o`zini degidratlovchi va cho`kmaga
tushiruvchi tuz miqdori bo`ladi. Tuzlovchi agent ajratib olingandan keyin oqsil
hamma tabiiy xususiyatlari va vazifalarini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |