Parchin. Temuriylardan oldingi davrda va XIV aerning 80-yillarigacha par-chinning bir necha turi mavjud edi. Bu-lar orasida keng tarkalganlaridan uch xilini ajratish mumkin.
Birinchisi — kup kumli aralashma bilan yorkin rang li nafis sopol taxtachada bajarilgan parchin. Uning ranglari bir-muncha yeyilib ketgan.
Temur va Temuriylar davrida feodal va inom qilishning
manbalariga ko‘rsatilgai suyurg‘ol degan turi keng tarqalgan edi.
Suyurg‘ol shag‘zoda va obro‘li bek va amirlarga berilar edi.
\ 101
Temur va temriylar davlati kuchli, boy bo‘lganligi uchun tarxon yorliqlarini berish keng rasm bo‘lgan. Yakubovskiy Yu.A takidlashicha amirlar, beklar, oddiy lashkar boshlari, amaldorlar, yuqori tabaqa ruxoniylarning namoyondalari bo‘lgan saoidlar, Saroy ichidagi amaldorlar tarxon yorliqlarini olganlar.
Amir Temur davridayoq Mavaunnaxr madaniyatining yuksalishi uchun ilk yutuqlar qo‘lga kiritildi. U o‘zi olib borgan xarbiy
yurishlarida ko‘pgina shaxar qurilishlari va suv inshoatlarini
barpo etish yo‘llarini ko‘rib kelgan shuni bilan chet ellarda olim,
faylasuf, musiqachilar, xunarmandlar va boshqalarni Samarqand imperiyasiga olib kelgan. un keng imkoniyatlar yaratib bergan.Ularning ijodlari va ish faolyatlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bergan.
Temur davrida birginaSamarqandning o‘zida xunarmandlarning ko‘plab maxallalari tashkil topgan. Masalan So‘zangaron (suzanachi), Oxangaron (toshyo‘nuvchi), Dergizchi (temirchilar) va boshqalar fikrimizni
isbotidir.
Samarqand Movorounnaxrning poytaxti, xamda Sharq
mamlakatlarning yirik savdo-xunarmandchilik markazi
sifatida duyonga tanildi.
Xindiston, Xitoy, Eron, Yevropa mamlakatlari bilan olib
borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalar Movorounnaxrning
ijtimoiy turmushiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Movorounaxrning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shosh, Kesh,
Nasaf, Termiz, Basand (Boysun), Navandaq (Qizil suv bo‘yida
Deiovdan shimolda) kabi shaxardari xunarmandchilikning ko‘plab
tarmoqlari vujudga kelgan. To‘qimachilik, metal ishlab chiqarish,
binokorlik va kulolchilik xunarmandchiligining muxim yetakchi
tarmoqlari sifatida shakllandi.
Samarqandda to‘qilgan matolar Dunyo bozoriga chiqarilgan. O‘rta
asr yozma manbalarida olacha, narcha, duboxa va boshqa matolar ko‘p
uchraydi. Samarqandda oddiy matolarni oxarlash va ularga gul
solish keng tarqaldi. Bu davrda shisha va chini idishlar, ko‘za,
qadax, dori-giyox saqlanadigan idishlar, lagan, likobcha tayyorlash
rasm buldi. Masalan: Ye.M. Masson fikriga ko‘ra, Gurii Amir
maqbarasi va Ulug‘bekning shaxar ichkarisiga xos saroyi maxsus
tayyorlangan rangli shisha yoki oynlar bilan bezatilgan.
Kulolchilikda taraqqiyot yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Oddiy sopol
idishlar chinni idishlar bilan tenglashdi. Ularning sifati va
bezagi betakrordir.
Movorounaxrning Buxoro, Samarqand, Kesh, Marv kabi
shaxarlarida yog‘och o‘ymakorligi xunarmandchilikning yuksak tamoni
sifatida shakllandn. Ustalar eshik, panjalar, ustunlarga sharqona
uslubda naqsh o‘yib tushirganlar. Bu naqshlariing bir —biriga
tuganmas uyg‘unligi kishilarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan.
102
Samarqand xaqiqatdan xam o‘z ishlab chiqarish va go‘zal
xunarmandchiligi bilan dunyoga mashxur bo‘lgan. Amir Temur
tasavurida bu shaxar dunyoning eng yirik va go‘zal shaxarlaridan
(maskanlaridan) biriga aylantirishkerak edi.
Shuning uchun Temur timsol sifati poytaxt atrofida barpo etilayotgan shaxar va qishloqlar xamda istiroxat bog‘larini dunyoning mashxur
shaxarlari nomi bilan atashni buyurgan. Masalan: Damashq, Misr, Bog‘dod, Matrit, Forish, Bog‘i shimol, bog‘i Eram kabilar xam
shular jumlasidandir.
Amir Temur boshlagan ko‘pgina qurilishlar Mirzo Ulug‘bek
davrida davom ettirildi. Turkistonning yasi shaxridagi Axmad
Yassaviy maqbarasi, Samarqanddagi Shoxi Zinda maqbarasi va
masjidi, nevarasi Sulton Muxammadga atalgan maqbara
(keyinchalik Gurii Amir), Bibixonim maqbarasi va madrasasi,
Samarqanddagi Kuk Saroy, Shaxrisabzdagi Oq Saroy qurilish
majmualari Temur va Temuriylar davri madaniyatidan darak
beradi.
Amir Temur «Oq Saroy peshtoqiga bizning buyukligimizga
shubxa qilsangiz bunyod ettirgan imoratlarimizga boqing» deb
yozdirganligining xaqiqatgo‘y amir, adolatli podsho, qattiq qo‘l
sarkarda ekanligin yana bir bor tasdiqlagan.
Amir Temur vafotidan so‘ng uning orqasidan qoladigan
vorislar orasida yirik feodal urishlari avj oldi. Temur asos
solgan buyuk imperiya xavf ostida qolgan edi. Chunki soxibqirondan
ilgarn to‘rtala o‘g‘lidan Jaxongir Mirzo, Mironshox, Umarshayx
Mirzo vafot etgan bo‘lib, faqat xurosan xokimi Shoxrux Mirzo
xayot edi. Samarqand taxtiga Temurning nabiralari Pirmuxammad,
Xalil Sulton, Muxammad Sulton va Mirzo Ulug‘beklar xam
davogarlik qilardilar.
Temur vasiyatiga ko‘ra, Samarqand taxtiga Jaxongir Mirzoning
o‘g‘li Pirmuxammad o‘tirishi kerak edi. Lekin maxalliy
feodallarning abjirligi bilan ikki og‘a-ini o‘rtasida urush
xolati paydo bo‘lib, Xalil Sulton bilan bir jangda Pirmuxammad
xalok bo‘ldi.
I406-I409 yillar Xalil sulton Movorounaxrda xukumronlik
qildi. Usha davrda Shoxrux Mirzo bilan 1407 yillarda sulx
tuzilib, Xuroson va Movorounnaxr chegaralari Amudaryo deb
belgilandi. Aynan shu davda Termiz shaxrining qalasi va shaxar
mudofa devorlari, xamda Al—Xakim At Terimiziy maqbaralari
taminlandi.
Bu fikrni o‘sha zamon tarixchisi xofizi Abru va keyinchalik
V.V.Bartold xamda Ye.M.Massonlar takidlab o‘tishgan.
Ammo bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi. Temuriy shaxzodalar
o‘rtasida taxt uchun kurash-kuchayib ketdi. Eron Turkman tomonda
qora-quyunli kuchlari, 103
Turkistonda Xudoydod va Nuriddin
singari yirik bek va amirlar Movorounnaxrning markazlashgan
davlatini tarqatib yuborish uchun asosiy kuch xisoblanardi.
Xudoydod boshchiligidagi kata qo‘shin Samarqandga bostirib
kirib, axolini talab, xonavayron qilib xatto Xalil Sultonni
asir qilib olib ketishga xam muvafaqt bo‘ldi. 1407— 1409 yillarda
feodal urishlarni Xuroson xokimi Shoxrux Mirzo bostirdi va
Samarqand taxtini o‘g‘li Mirzo Ulug‘bekni (1409—1449) tayin
etdi.
Mirzo Ulug‘bek rasman otasiga tobe podsho bo‘lsada, ammo
Movorounaxrni mustaql boshqarishga xarakat qildi. U Temurning
ko‘pgina xarbiy yurishlariga qatnashgan va xarbiy Mashqlariga
qiziqsa xam urishga Rag‘bati kam sarkarda bo‘lgan. Chunki u
tabiatan ilm marifatga ixlos qo‘ygan inson bo‘lgan. Amir Temur
boshlagan qurilishning ko‘pchiligi Ulug‘bek davrida oxiriga
yetkazildi. Jumladan Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi va
Shoxi 3indi qurilish majmualari qurib bitirildi.
Mirzo Ulug‘bek O‘rta asr Musulmon Sharqining eng go‘zal va yirik urilishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bekning ilm Fan va madanityaga bo‘lgan ixlosi uni
yana bir buyuk qurulish qilishga chorladi. Bu yodgorlik 1424—1428
yillarda Samarqandning shimolida Obiraxmon arig‘ining bo‘yida,
Kuxak teppaligida bunyod etilgan.
Ulug‘bek o‘ziing butun kuchini falakiyot (astronomiya), rioziyot
(matematika), xandasa (geometriya), fikx (xuquqshunoslik)
fanlarini rivojlantirishga baxshida etib, o‘z rasadxonasini
qurdirdi.
Samarqand rasadxonasini Sharqning buyuk allomasi Umar
Xayyomning Nishopurdagi rasadxonasidan xamda Nosiriddin Tusiy
rasadxonalaridan o‘zining zamonaviy va kattaligi bilan farq
qilsada, ammo ularning qurilishi asos qilib olingan edi.
Rasadxonaning doira aylana xajmi 46 metrni tashkil qiladi. U
silindr bo‘lib, uch oshiyonali binodan idorat bulgan. T.N.Kori
Niyoziyning takidlashicha, sakstant deb ataluvchi uskuna 2 metr
chuqurlikda tush chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilgan, oralig‘i 31 sm
keladigan 2 ta o‘zaro paralel yoy (formasi) shaklida bo‘lgan.
1908-yilda rasadxona ustida qazish ishlari olib borgan
arxiolog V.D.Vyatkin faxri sekstant (usturlob)ning yer osti
qismini topgan. Samarqand sekstanti o‘sha davrda Sharqdagi
malum bo‘lgan sekstlarning eig kattasi xisoblangan. Amir Temur
va Ulug‘bek davrida amalga oshirilgan ishlar Movorounaxr
104
Amir Temur siyosat bobida jaxongirlik qilgan bo‘lsa xam,
Movorounaxr ilm marifatini rivojlantirish uchun dunyoning
turli madaniy markazlaridan va o‘z vatanimiz xosiblarini,
xunarmandlari xullas fozilu — risolalarni ko‘chirib keltirdi.
Amir Temur davrida saroy amaldorlarniig ko‘pchiligini ilimli
kishilardan iborat bo‘lgan. Temur nabirasi Mirzo Ulug‘bekni
o‘qitish va tarbiyalash uchun Qozizoda Rumiydek olimlarni ko‘chirib
keltirib, ularga sharoit yaratib bergan. Bu esa Temurning ilm —
marifatta va madaniyatga ixlosi baland bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Amir Temur davrida asosan Fan va madaniyat markazi
vujudga keltirilgan bo‘lsa, Ulug‘bek davrida esa ilm va madaniyat
soxasida yirik yutuqlar qo‘lga kiritilgan.
Mi-rzo Ulug‘bek o‘z zamonasining eng yetuk allomalaridan bo‘lib
yetishdi. U o‘zi qurdirgan madrasalarda xam mudarislik qilgan.
Buyuk mutafakir Alisher Navoiy aytganidek, uning nazarida
osmon xam past bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek tashabusi bilan Samarqand
falakiyot maktabi ishlab turgan.
Ulug‘bek o‘z atrofida ilimga chanqoq kishilarni yiqqan va
ularni tarbiyalaganlar. Uning istedoddi shogirdlaridan biri Ali
Qushchi o‘z davrining «Ptolomeyi» degan nom bilan mashxur bo‘lgan.
Samarqandning ilmiy va adabiy muxit markazi sifatida shon —
shuxrati Sharqqa keng tarqalgan. Bu ilmiy muxitga shoirlar xam
ishtirok etib, Badaxshondan-Maxmud Badaxshoniy, Qarshidan —
Movlono Mir Qarshiy, Buxorodan — Ismoil Buxoriy,
Toshkenddan — Aloyi Shoshiy kabi olimlar kelib turganlar.
Samarqandda falakiyot maktabi kata yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘zlarining butun faoliyatining natijalari sifatida bir necha asarlar yaratdi. Ulardan «Ziji Ko‘ragoniy» asari o‘rta asirlar falakiyoti faning durdonasi xisoblanadi.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda boy kutubxona tashkil
etilib, unda 15 ming jildli kitob saqlaigan. Yuqorida qayd
etilgan asar xam Ulug‘bek vafotidan so‘ng Ali qushchi tomonidan
to‘ldiriladi va kengaytiriladi. Asarning saqlanib qolishi va
jaxonshumul axamiyatga ega bo‘lishida Ali Qushchining xizmati
kattadir.
Akademik Qori Niyoziy tasdiqlaganidek, Ulug‘bek va uning
maktabi erishgan ajoyib yutuq uchinchi darajali algebrik
tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash
bo‘ldi.
Ulug‘bekning «Zinji jadidi Ko‘ragoniy» asari Samarqand
rasadxonasyning samarali maxsuli bo‘lib, klassik falakiyotning
nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi.
105
Unda Arab, Yunon, Eron, Xitoy va uyg‘ur xarqlarining kelib
chiqishi xaqida to‘la malumot beriladi.
Ilmiy taqvimi, sana yoki yil. xisobi, deb yozgan edi. Qori —
Niyoziy tarix va falakiyotning muxim poydevorlaridan biridir.
Shuning uchun qadim zamonlardayoq falakshunoslarning eng muxim
vazifalaridan biri takvimni (kalendar) takomillashtirishdan
iborat bo‘lgan. Shuning uchun Ulug‘bekning jadvali shu
masalalardan boshlanadi.
Muqaddimaning ikkinchi qismida yudduzlarning balandligi va
ular o‘rtasidagi masofa, meridian chizig‘i, uzunlik va kenglikni
o‘lchash yo‘llari ko‘rsatiladi.
Uchinchi qismida quyosh va oyning xarakati bayon qilinadi. quyosh
va oy tugilishini oldindan aniqlanish masalalari ko‘rsatilgan.
Asarning jaxon falakiyotshunosligida tutgan o‘rni juda
muximdir. Ulug‘bekning falakiyot maktabi shu soxadagi muxim
kashfiyotlar uchun xam poydyovor bo‘lib xizmat qildi. XVI asrning
biriichi yarmida Konernikning va XVII asrning boshlarida
Keplerning falakiyot soxasidagi yutuqlari Ulug‘bek maktabining
tarixiy yutuqlari shubxasiz muxim rol o‘ynagan.
Temur va Temuriylar davrida Samarqand Movorounaxrning
Xirot, Xurosonning yirik madaniy markazlariga aylandi. Bu
davrda. Zamaxshariy, A.Jurjoniy, Muxammad Solix, Ali Shoshiy,
Ismoil Buxoriy, Abduraxmon Jomiy, Sakkokiy, Vosifiy kabi
zabardast olimlar va madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Ular
orasida buyuk alloma Alisher Navoiyning tutgan o‘rni muximdir.
Alisher Navoiy o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mumtoz mutafakkir
Foniy (o‘tkinchi) taxallusi bilan ijod qilib, Zulisonayn degan
nom bilan mashxur bo‘ldi.
Alisher Navoiyning mutafakirligi Sharq klassik adabiyotida
an’ana tusini olgan xamsachilikda o‘zini yaqqol namoyon qildi.
Uning 1483 yilda «Xamsa»ning birinchi dostoni «Xayrat ul —
Abror» (yaxshi kishilarning xayratlanishi), va keyingi 1484—1485
yillarda yozgan «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabai
Sayyor» (yetti sayyora), «Sadi Iskandariy» (Iskandar devori)
dostonlari jaxon adabiyotining shox asarlari qatoridan o‘rin
oldi. .
Alisher Navoiy 1488 — 1501 yillarda bir qancha ilmiy va
tarixiy asarlar yaratdi. Tarixiy manbalar va «Shoxnoma» kabi
asarlar asosida. «Tarixi mulki ajam» (Ajam podsholari tarixi)
asarini, shoir va marifatparvar Sayid Xasan Ardasher xaqida
«Xolati Alisher» nomi biografik — baddiy asar, «Risolai
muammo» asarini esa muammo janrida yozdi.
1491 yil XV asriing 400 dan shoirlarining faoliyatidan
namunalar olib, «Majalis ul —nafois» (go‘xal majlislar) nomli
asrni yozdi. U ustozi Abduraxmon Jomiyga atab,
106
«Xamsatul
mutaxayirin» (besh xayrat)ni, do‘sti Xusayn Bayqaro va
boshqalarga yozgan maktublarini to‘plab, «Munshoat» (Maktublar)ni
tuzdi. Aruz nazariyasi xaqida «Mezon ul —avzon» (Vaznlar o‘lchovi)
nomli asarni yozib qoldirgan.
Alisher Navoiy merosining kata qismini lirika tashkil
qiladi. U Sadi Sheroziy, Xofiz Sheroziy, Xusrav dexlaviy,
Nizomiy Ganjaviy kabi Sharqniig mumtoz — shoirlarini Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi o‘zbek
dunyoviy adabiyoti namoyondalarining adabiy ananalarining davom etiradi. Uzbek lirikasining jaxonga tanilib, qardosh
ozarbayjon, tojik, turkman va boshqa xalqlarning sheriyatiga
samarali ta.sir ko‘rsatdi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, mustaql O‘zbekiston
xalqining madaniy qadriyatlari tiklanayotgan bir davrda Temur va
Temuriylar davri madaniyati jaxon xalqlari madaniyatining
taraqiyotiga gullab — yashnagan yaqin va o‘rta Sharqning madaniy
davri deb kiritiladi. Temur va Temuriylar davlatining o‘sha
davridagi iqtisodiy taraqqiyoti, xududiy birlig, Dunyoqarashning
yaqinligi, til birligi kabi umuminsoniy — madaniy
xususiyatlariga shunday xulosa keltirishni taqazo yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |