2022 O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi



Download 25,29 Mb.
bet2/51
Sana23.03.2022
Hajmi25,29 Mb.
#506199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
O\'.M.va S 2022 (3)umk YAKUBOVA (yangi)

3
Ma’ruzalar kursi
Mavzu: O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining mohiyati .
Asosiy savollar:

  1. Fanning tadkikot ob’ekti va vazifalari

  2. madaniyat va san’at tushunchasi ularning turlari va asosiy belgilari.

  3. Madaniyat va san’atning jamiyat xayotidagi funksiyalari

  4. Fani urganishda milliylik va tarixiylikning urni.

Tayanch tushuncha va iboralar: Madaniyat, san’at, turlari, maqsad va vazifalari, mustaqillik, qadriyatlar, tiklanish, madaniyat funksiyalari, uning ahamiyati.
Darsning maqsadi:O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti va uning ahamiyatini, hamda madaniyatning turlari va san’at taraqqiyotidagi tarixiy bosqichlarini o‘rganish, madaniyatning asosiy funksiyalari orqali yosh avlodni tarbiyalash masalalari ilgari suriladi.
Madaniyatning bilish funksiyasi bilan axborot (informatsiya) funksiyasi uzviy bog‘liqdir. Madaniyatning axborot funksiyasini mazmuni to‘plangan ijtimoiy tajriba, bilim malakani uzatishda ko‘rinadi. Bu tajribada, bilim ma’lum bir rivoyatlar, fan, adabiyot, san’at asarlari orqali ya’ni avlod tomonidan qabul qilib olinadi, o‘zlashtiriladi. Bunday o‘zlatish «vertikal ya’ni o‘tmish avlodlardan Yangi avlodlarga va gorizontal, ya’ni bir tarixiy davrda kishilardan-kishilarga, bir xalqdan ikkinchi xalqqa o‘tish ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.»
Go‘zal hayotga qadam qo‘yar ekan, avvalo o‘zini bevosita o‘rab turgan kishilar ota-ona, aka-opalari yordamida insoniyat to‘plangan tajribani o‘rganib boradi. Keyinchalik bu doira kengayib borib unga ma’orif, Oli y o‘quv yurtlari tizimi, fan, adabiyot, san’at asarlari kelib qo‘shiladi va inson endi ular yordamida o‘tilishida to‘plangan tajribalarni o‘rganib boradi. Bu tajriba bilim esa unga har bir kuzatilayotgan xodisani o‘z tanasida his qilish, sinab ko‘rish, tekshirish zaruriyatidan xolos qilishdan oldin erishilgan natijalarni faoliyat dasturi sifatida qabul qilishga olib keladi.
Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan tajribani «gorizontal shaklda uzatishning moxiyati» tushunib olinganda yanada yaqinroq ochiladi. Agar tajribaning o‘zgarishning shunday shakli bo‘lmaganda edi, har bir xalq aytaylik velosipedni, muzlatkich va boshqa narsalarni o‘zicha yangitdan yaratgan bo‘laverar edi. Hayotda esa bunday emas. Bir xalq madaniyatida erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylantiriladi Ko‘rinib turibdiki, madaniyatning axborot funksiyasi muhim ahamiyatga ega. Agar madaniyatning bu funksiyasi bo‘lmaganda edi har bir avlod o‘z hayotini «noldan boshlashga majbur bo‘lar, insoniyat taraqqiyoti madaniyatining boyishi» haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.
4
Madaniyatning axborot funksiyasi kishilar ustida muomala, muloqat, o‘zaro ta’sir bo‘lganida yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning axborot (informativ) funksiyasi uning aloqa (komunikativ) funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Madaniyat muloqat orqali mavjuddir. Yangi paytda madaniyat inson muloqati sohasining kengayishiga xizmat qiladi, kishilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqat o‘tish avlodlariga mansub kishilar, shuningdek, bizga tanish bo‘lmagan zamondoshlarimiz bilan bevosita muloqat bilan to‘ldiriladi. Biz Farobiy, Beruniy, Ibn Sino meroslarini Lutfiy, Navoiy g‘azallarini va xakozalarni asarlardan o‘qib ularni dunyoqarashlari bilan tanishamiz, oshno bo‘lamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bevosita va bilvosita muloqat ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta’sir ko‘rsatavermaydi. Ayrim muloqat shaxs rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, unda zararli odatlar, xarakterli xususiyatlarni keltirib chiqarsa, boshqa xollarda shaxsning ma’naviy kamolati uchsun xizmat qiladi. Ayni paytda muloqat shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin. Hozirgi ilmiy texnika inqilobi asrida ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio, televidiniya ta’sirida bilvosita muloqatning doirasi nihoyatda kengayib borayapti. Shuning uchun ommaviy axborot vositalaridan faoliyati doimo jamiyat nazorati ostida bo‘lmog‘i lozim.
Bu demokratik o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirayotgan respublikamiz hayoti uchun juda muhim va zarurdir. Chunki demokratiya, so‘z erkinligi bayrog‘i ostida ko‘pgina davlatlarda, ayniqsa g‘arb mamlakatlarida chuqur ildiz otgan faxm, zo‘ravonlik, giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi san’at, adabiyot, kino asarlari, teleko‘rsatuvlarni kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday milliy qadriyatlarimizga, xayot tarzimizga zid bo‘lgan asarlardan kirib kelishi jamiyatning ma’naviy negiziga bolta urgan bo‘lar edi.
Madaniyat bir tomondan kishilar ustidagi bevosita va bilvosita muloqatni tartibga solsa, boshqa tomondan muloqatning o‘zi madaniy xodisa sifatida baholanadi va biz bunday xillarda «muloqat madaniyati» degan tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o‘rtasida muloqat turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir millatning o‘z tili bor. Ayni paytda har bir millat muloqatning rangbarangligi, mazmundorligini ta’minlaydigan o‘ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa xulq-odob normalari tiliga xam ega. Shosh maqomini «Munojotni», «Tannavorni» tinglab, tomosha qilib, jafokash xalqimiz tarixi, xis tuyg‘ulari, kechinmalari, dardi, umidlarini dil-dildan xis qilamiz, xalqimiz odob ahloq normalariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insonning mehr-muxabbati, xurmat va ulug‘vorlikni qalbdan yozamiz.
Milliy tarixiy va psixologiyani aks ettiruvchi milliy til bilan bir qatorda hamma uchun barii bir va tushunarli bo‘lgan, millatlararo muloqatda va ilm Fan yutuqlarining tez tarqalishiga muhim rol uynaydigan internatsional til, Fan-tili, uning tushunchalar va formulalar tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni paytda XX asrda tor bo‘lsada, «fortrani» kabi tillari yaratilgan.
5
Madaniyat nafaqat kishilar o‘rtasida muloqatni amalga oshirishga yordam beradi, balki kishilarning faoliyatini va ular o‘rtasidagi munosabatni tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniyatning tartibga solish (regulyativ) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Madaniyatning regulyativ funksiyasi kishilarning jamiyatdagi sharoitiga muvaffaqiyatli ko‘nikish uchun xizmat qiladigan turli normalarda namoyon bo‘ladi.
Axloqiy, diniy, siyosiy, xuquqiy normalar Yana shular jumlasidandir. Madaniyatning tartibga solish funksiyasi marosimlar, urf odatlarda ham erkin ko‘rinadi. Albatta har qanday madaniyat normasi kishining ichki e’tiqodiga aylangan paytdagina uning faoliyatini tartibga soluvchi omil bo‘la oladi. Shuning uchun ham bir kishining madaniyati qay darajada o‘zlashtirganliklarini ularning turli sharoitda o‘zlarini qanday to‘xtatishlariga qarab bilib olamiz.
Demak, inson faoliyatini tartibga solish, hayot tarzini shakllantirish madaniyatining muhim funksiyalaridan biridir. Bu funksiya tufayli madaniyat kishilarning muloqatini ishlab chiqarish va turmushdagi munosabatlarni ma’lum normalarga buysundiradi. Va nihoyat, madaniyatga baholash (aksiaologik) funksiyasi ham xosdir. Har bir madaniy qadriyatga biz o‘zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda ijobiy yoki salbiy, chiroyli yoki xunik, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Baholash paytida albatta, har bir shaxsning o‘z qarashlari qadriyatlar tizimi muhim rol uynaydi. Lekin aksariyat xollarda baholanayotgan xodisa o‘zga madaniyatga tegishli bo‘lsa, o‘zimizga mansub bo‘lgan madaniyat ruximizga sindirgan qadriyatlar tizimi ustivor bo‘ladi va butun buy basti bilan o‘zligini namayon qiladi.
Ko‘rinib turibdiki shakllangan barqaror qadriyatlar sistemasi bir tomondan ijobiy xodisalarni qabul qilish madaniyatining boyishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan o‘ziga zid bo‘lgan xodisalarning ular xox o‘tmishda, xox xozirgi zamonda yaratilgan bo‘lsin, kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Demak madaniyatning baholash funksiyasi tufayli tanlash sodir bo‘ladi, madaniyatdagi barqarorlik, og‘ir bir davrdagi aytaylik, o‘ziga xoslik Ayni paytda, davomiylik vorislikni ta’minlaydi.



Download 25,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish