2022 O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi



Download 25,29 Mb.
bet4/51
Sana23.03.2022
Hajmi25,29 Mb.
#506199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
O\'.M.va S 2022 (3)umk YAKUBOVA (yangi)

Ibtidoiy tasviriy san’at.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o‘tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari topilgan. O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va O‘rta Osiyoning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng tarqalgan.
O‘lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.
Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo‘lib (Surxondaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. 18
Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G‘arbiy Tyanshandagi eng ko‘p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. Bu hudud bunday tarixiy yodgorliklarga juda boy bo‘lib, hozirgi vaqtda ularning soni 10 mingdan oshadi. Ular mavzularining turli-tmanligi, yuqori badiiy darajasi, manzaralarining originalligi va ajoyibligi bilan ajralib turadi.



Download 25,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish