|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI
|
«ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYA »
FANIDAN
”KALTAMINOR MADANIYATI ” mavzusidan
Yozgan
MUSTAQIL ISHi
\
Bajardi: 4-6TARS-22 guruh talabasi
AHMADOV RAXMATILLO
Tekshirdi: Muxammedjanova I.P
|
|
Buxoro-2022
Mavzu: Kalta minor madaniyati.
Reja:
1.Kaltaminor madaniyati -Oʻzbekistonda neolit davriga oid ilk topilgan arxeologik madaniyat.
2. Kaltaminor madaniyati 3 davrga boʻlinadi.
3.Muhammad Aminxon davrida qurilish.
Xulosa.
KALTAMINOR MADANIYATI — Oʻzbekistonda neolit davriga oid birinchi topilgan arxeologik madaniyat (mil. av. 7—3-ming yillik). Kaltaminor koʻli yonidan topilgan. 1939—40 va 1945-y. lar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Kaltaminor madaniyati Amudaryoning qad. Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori Oʻzboy, Mohondaryo, Orolning shim.-sharqiy boʻylarida, Qozogʻiston va sharqiy Kaspiy, yaʼni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas, bu yerlarda bir-biriga yaqin boʻlgan qabilalar yashagan deyish toʻgʻri boʻladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida oʻxshashlik farqlar esa sopol idishlarda, yaʼni uning bezaklarida — bezak buyumlarda, taqinchoqlarda koʻrinadi. Asosiy qurollarining oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu vohalarda birbiriga oʻxshash, bir xil turmush tarziga ega boʻlgan urugʻlar boʻlganligini koʻrsatadi. Bular Oqchadaryo, quyi Zarafshon, Lavlakon, yuqori Oʻzboy, Ustyurt guruhlaridan iborat. Shu hududlarda yaщagan neolit odamlari 7—3-ming yillikda yashab ovchilik, temirchilik va baliqchilik bilan tirikchilik oʻtkazishgan. Ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr hisoblanadi. Qirgʻichlar, kesuvchi, teshuvchi qurollar, oʻq-yoylar, kamon oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr hisoblanadi. Mikrolit qurollarining paydo boʻlishi, suyakdan va yogʻochdan yana ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Arxeologlar, asosan, shu mikrolitlar va oʻqyoyni yasalishiga asoslanib neolit davrini davrlarga ajratganlar. Kaltaminor madaniyatini ham 3 davrga boʻlib oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining ilk davri 7—5 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga xos yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimida, Qizilqumning Lavlakon va Karakata, jan.-sharqiy Ustyurtda topilgan va oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining oʻrta davri 6—5-ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun Qizilqum va unga yaqin boʻlgan hududlardan topilgan. Kaltaminor madaniyatining oxirgi davri 4—3 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga Qozogʻiston hududlaridagi manzilgoxlar kiradi.
Kaltaminor madaniyatini tavsiflab berish, uni davrlarga ajratish ham, asosan, sopol idishlarni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun Kaltaminor madaniyatiga oid sopol idishlar qoʻlda ishlangan boʻlib, bezaklar, sopol idishlar hali loyligida yogʻoch bilan chizib, daryo va dengiz toʻlqiniga, archa ignalariga oʻxshash bezak berilgan, keyin olovda pishirilgan. Idishlarning shakli kosasimon yoki qozonsimon boʻlib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi boʻlmasdan, qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan. Sopol idishni ixtiro qilinishi Kaltaminor madaniyatiga mansub aholining ovqat pishirishini osonlashtirdi. Endi qozonning tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tugʻildi. Odamlar chaylalarda yashab, oʻchoqlar qurib oʻchoqlarda, sopol qozonlarda ovqat pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan boʻlishdi. Bu juda katta ixtiro boʻlib, kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. Neolit davrida bulardan tashqari tikuvchilik, kemasozlik ham yuksaldi. Kaltaminor madaniyatiga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayligicha qabul qilganlar. I. ch. iqtisodiyotiga oʻta olmaganlar, yaʼni chorvachilik yoki dehqonchilik bilan shugʻullana olmaganlar.
Bugungi kunda Ko‘hna Xiva shahrini bu me'moriy yodgorlik obidasiz tasavvur etish qiyin. Kalta minor shahar ramziy belgisi sifatida tan olingan. Uning o‘lchami va noyob bezaklari har bir shaxsni hayratga solmasdan qo‘ymaydi. Minora poydevori 15 metr chuqurlikda, uning diametr asosi 14,5 metrni, balandligi 29 metrni tashkil topadi.
Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida bo‘lib hozirni o‘zida ham haybatli ko‘rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, bitganidan so‘ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo‘lib O‘rta Osiyoda eng katta va baland minora bo‘lishi mumkin edi. Minoraga tushgan insolyatsiya (quyosh nurlarini tushushi va sinishi)ga qaraydigan bo‘lsak minoradagi koshinlarning rangi o‘zgarmaydi. Chunki quyosh nuri har qanday jismni rangini o‘zgartiradi, ya'ni oqartiradi yoki ochiq tusga kirgizadi. Bu holat minorada sezilmaydi. Mana qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minorada asosan geometrik naqshlar (gireh) ko‘p qo‘llanilgan minoraga ikkinchi qavatdan ko‘tarilish mumkin, ya'ni minoraga yog‘och zinapoya orqali chiqiladi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.
Lekin uning balandligi yana 70 metrga qad rostlashi kerak edi. Ba'zi bir manbalarda 110 metrga yetkazilishi qayd etilgan. Me'mor rejasiga ko‘ra, faqat kengligini mustahkamlab, balandligi kuchli toraytirilgan. Ammo bu minoraning qurilishi oxiriga yetkazilmagan u xuddi bahaybat sirli bochkaga o‘xshab qolgan. Shunga ko‘ra unga "Kalta minora" deb nom berilgan.
Kaltaminor madaniyati Kaltaminor madaniyati - Oʻzbekistonda neolit davriga oid birinchi topilgan arxeologik madaniyat (mil. av. 7— 3-ming yillik). Kaltaminor koʻli yonidan topilgan. 1939—40 va 1945 y.lar Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan. K.m. Amudaryoning qad. Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori Oʻzboy, Mohondaryo, Orolning shim.-sharqiy boʻylarida, Qozogʻiston va sharqiy Kaspiy, yaʼni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas, bu yerlarda bir- biriga yaqin boʻlgan qabilalar yashagan deyish toʻgʻri boʻladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida oʻxshashlik farqlar esa sopol idishlarda, yaʼni uning bezaklarida — bezak buyumlarda, taqinchoqlarda koʻrinadi. Asosiy qurollarining oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu vohalarda birbiriga oʻxshash, bir xil turmush tarziga ega boʻlgan urugʻlar boʻlganligini koʻrsatadi. Bular Oqchadaryo, quyi Zarafshon, Lavlakon, yuqori Oʻzboy, Ustyurt guruhlaridan iborat. Shu hududlarda yashagan neolit odamlari 7—3- ming yillikda yashab ovchilik, temirchilik va baliqchilik bilan tirikchilik oʻtkazishgan. Ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr hisoblanadi. Qirgʻichlar, kesuvchi, teshuvchi qurollar, oʻq- yoylar, kamon oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr hisoblanadi. Mikrolit qurollarining paydo boʻlishi, suyakdan va yogʻochdan yana ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Arxeologlar, asosan, shu mikrolitlar va oʻqyoyni yasalishiga asoslanib neolit davrini davrlarga ajratganlar. K.m.ni ham 3 davrga boʻlib oʻrganilgan. K.m.ning ilk davri 7—5 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga xos yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimida, Qizilqumning Lavlakon va Karakata, jan.-sharqiy Ustyurtda topilgan va oʻrganilgan. K.m.ning oʻrta davri 6— 5-ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun Qizilqum va unga yaqin boʻlgan hududlardan topilgan. K.m.ning oxirgi davri 4—3 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga Qozogʻiston hududlaridagi manzilgoxlar kiradi. K.m. ni tavsiflab berish, uni davrlarga ajratish ham, asosan, sopol idishlarni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun K. m.ga oid sopol idishlar qoʻlda ishlangan boʻlib, bezaklar, sopol idishlar hali loyligida yogʻoch bilan chizib, daryo va dengiz toʻlqiniga, archa ignalariga oʻxshash bezak berilgan, keyin olovda pishirilgan. Idishlarning shakli kosasimon yoki qozonsimon boʻlib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi boʻlmasdan, qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan. Sopol idishni ixtiro qilinishi K.m.ga mansub aholining ovqat pishirishini osonlashtirdi. Endi qozonning tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tugʻildi. Odamlar chaylalarda yashab, oʻchoqlar qurib oʻchoqlarda, sopol qozonlarda ovqat pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan boʻlishdi. Bu juda katta ixtiro boʻlib, kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. Neolit davrida bulardan tashqari tikuvchilik, kemasozlik ham yuksaldi. K.m.ga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayligicha qabul qilganlar. I.ch. iqtisodiyotiga oʻta olmaganlar, yaʼni chorvachilik yoki dehqonchilik bilan shugʻullana olmaganlar. O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning keng hududlarida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan. Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar qadimda ko’l va daryolar bo’ylarida, qamishzorlar yonida yashagan. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra, Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mevali daraxtlar ko’p bo’lgani uchun ham ularning ho’jalik hayotlarida termachilik ham katta o’rin egallagan. Kaltaminor qabilalari ho’jaligida qisman chorvachilik ho’jaligi ham bo’lgan. Kaltaminor madaniyatini arxeolog S.P.Tolstov o’rgangan. Kaltaminor madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo o’zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan. Arxeologlar Jonbos-4 manzilgohini o’rganish jarayonida yarim yerto’la shaklidagi kulba (chaylaga) duch keladilar. Kulbaning markaziy qismida katta o’choq qoldig’i topiladi. Bu o’choq atrofida yuzga yaqin mayda o’choq qoldiqlari joylashgan. Arxeolog S.P. Tolstov katta o’choqni muqaqqas olov saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi o’choqlar esa oilalarning o’choqlari bo’lgan degan fikrni aytadi. Jonbos-4 makonida topilgan kulbaning maydoni 300 m2 bo’lib, bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan. U katta urug’ jamoasining makoni bo’lgan. Kaltaminor madaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishga usta bo’lgan. Sopol yasashda ham kulolchilik charxidan foydalanish o’zlashtirilmagan bo’lsa-da, qurollar sopol buyumlar yasashning ibtidoiy usullarini ko’nikma sifatida egallaganlar. Kaltaminorliklar idishlar yasash uchun tayyorlangan loyga yantoq va qamishning toza kulidan qo’shishgan. Sopol qozon loylariga esa maydalangan tosh qo’shishgan. Bu qo’shilmalar sopol idishlarning mustahkam chiqishini, olovga tushganda o’zida issiqlikni uzoq vaqt saqlab qolishini ta’minlagan. Sopol buyumlarning sirtiga odatda naqsh berilgan. Naqshlar chizma uslubda ishlangan. Ular turli geometrik shakllarda o’z aksini topgan. Asosan naqshlar uchi uchli yog’och yoki suyak pichoq yordamida ilon izi, romb, uchbuchak, egri chiziq va boshqa shakllar chizilgan. Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichiga kelganda ba’zi sopollarning gardishiga rangli gul-naqshlar chizilgan. Kaltaminor madaniyatining dastlabki bosqichida sopol buyumlar aksariyat hollarda tuxumsimon shaklda bo’lgan. Ammo so’nggi bosqich (O’zboy) da tuxumsimon, tosh dumaloq idishlar o’rnini tuvaksimon, osti tekis idishlar egallaydi. Agar dastlab idishlar mato xalta qoliplarida tayyorlangan bo’lsa, endi loy lentalarda qo’lda yasalgan. Idishlarda jo’mraklar paydo bo’lgan. Ular bir qavatli humdonlarda pishirilgan. Kaltaminor madaniyati urug’ jamoalari tabiat kuchlari oldida ojiz edi. Ular suv orqasidan, ov orqasidan ergashib yurganlar. Ularning kulbalari qurib borayotgan daryo yoqalarida, ko’l bo’ylarida qumlar ustida qad ko’targan. Daryo va ko’l suvlarining o’zgarishi bilan Kaltaminorliklar jamoasi ham o’z manzilgohlarini o’zgartirganlar. Kaltaminor madaniyati taraqqyotida 3 bosqich kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |