2022 O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi


Badiiy san’at va moddiy madaniyat



Download 25,29 Mb.
bet14/51
Sana23.03.2022
Hajmi25,29 Mb.
#506199
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
O\'.M.va S 2022 (3)umk YAKUBOVA (yangi)

Badiiy san’at va moddiy madaniyat. Kushon podsholigi hukmronligi davrida o‘zining takrorlanmas san’at namunalariga va qurilish uslubiga ega Baqtriya badiiy maktabi shakllandi. Bu badiiy maktabning shakllanishida Kushon davrida vohada istiqomat qilgan aholining o‘ziga xos o‘rni bor. Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Eski Termiz va uning atrofidagi yodgorliklardan topilgan haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir, toshtaroshlik va zargarlik namunalari bunga misol bo‘la oladi.2 
Xolchayon haykallari tadqiqotchilar tomonidan "sulolaviy san’at" deb, nomlangan Kushon davr haykaltaroshlik san’atining ilk namunasidir. Bu joydagi saroyning ayvon qismi va zallarida joylashgan haykallarning asosiy qismida, G.A.Pugachenkova fikricha Kushon podsholigiga asos solgan Guyshuan-Kushon, qabila boshlig‘i Geray va uning xonadoni vakillarining qiyofalari tasvirlangan.
Kushon davriga xos badiiy san’atdagi bu yo‘nalish hukmdorlar siymolari, saroy a’yonlari haykallaridan iborat Dalvarzintepa san’ati orqali davom ettirilgan. Oq toshga o‘yib ishlangan Ayrimtom piromoni, jumladan, arfa, ud va nog‘ora kabi musiqa asboblarini ijro etayotgan haykallar, Qoratepa va Fayoztepa topilmalari kabi buddaviylik yo‘nalishi bilan bog‘liq.
Mo‘jaz san’at namunalari ham mahobatli san’atturlari kabi diniy va dunyoviy yo‘nalishlarda yaratilgan. Bular buddaning chordona qurib o‘tirgan holatdagi tasvirlari (Oqqo‘rg‘on, Hayitobodtepa), Baqtriya ma’budaning taxtga o‘tirgan holatlari (Tumanqo‘rgon, Dalvarzintepa), chavandozlar yoki musiqa asboblarini mohirona ijro etayotgan ayollar tasvir (Dalvarzintepa va h.k.) laridir. Ayniqsa, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Zartepa singari shaharlarda, Mirzaqultepa, Sho‘rtepa va Oqqo‘rg‘on kabi qishloqlardan topilgan terrakot haykalchalarda o‘lkaning boy hayvonot dunyosi tasvirlari o‘z aksini topgan.
Bu davrda fil suyagidan ham xilma-xil buyumlar ishlangan. Bular tepa qismida panja va musht shakllari o‘yib ishlangan bigizlar, shohmot donalari singarilardir. Ayritom va Dalvarzintepadan topilgan milodiy I-II asrlarga mansub shohmot donalari bu qadimiy o‘yinning paydo bo‘lishini qariyb ikki asrga qadimiylashtirdi. Dalvarzintepa oltin buyumlar xazinasi (bilakuzuglar; sanskrit alifbosida yozuvlar bitilgan quyma yombilar) zargarlik taraqqiyotidan nishonadir.
Kushon davri hunarmandchilikning ommaviy turlaridan biri kulolchilikning ham yuksak taraqqiy etgan davridir. Kushonlar hukmronligida Shimoliy Baqgriya aholisi madaniy hayotning barcha jabhasida yuksaklikka erishadilar. Bu yutuqlar ilk o‘rta asrlarda Shimoli-G‘arbiy Tohariston madaniyatining shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.
Nazorat savollari :

  1. Kushon podsholigi davri san’at namunalarini sanab bering?

  2. Kushon davri budda ibodatxonalarini aytib bering?




Download 25,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish