IX-XP ASRLARDA URTA OSIE XALQLARINING
MADANIYaTI ShARQ UYG‘ONISh DAVRI MADANIYaTINING
BIRINChI VA IKKINChI BOSKIChLARI
(IX — XV asrlar)
Asosiy savollar:
1. Uyg‘onish davri madaniyatiiing asosiy belgilari va uning
o‘ziga xos xususiyatlari
2. Islom va maxalliy xalqlar madaniyatining o‘zaro
yaqinlashuvi
3. Samoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va
Xorazmshoxlar madaniy rivoji
4
Tayanch so‘zlar va iboralar: Rivojlangan o‘rta asrlar, uyg‘onish davri, madaniyat va san’at taraqqiyoti, islom dini va nazariyasi, somoniylar, qorahoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviyalar davrida madaniyat va san’at, Temur va Temuriylar davrida yuksalishi.
Darsning maqsadi:Uyg‘onish davrida madaniyat va san’atning taraqqiyotidagi asosiy xususiyatlar, o‘rta Osiyodagi arxitektura, me’morchilik, kulolchilik va hunarmandchilikning boshqa sohalaridagi yutuqlar va tajribalar ko‘rsatiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarishtng uyg‘onish davri madaniyati jaxon
xalqlari madaniyati taraqqiyotida «oltin davr» yoki xalqlarimiz
madaniyatining «Gultoji» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu davr
maadniyati nafaqat O‘rta Osiyo balki Sharq va G‘arb xalqlarining
qadimgi madaniyatini o‘zgartirishta bo‘lgan qiziqish va extiyoj
yuksak yutuqlarning muxim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Uygonish davrining moxiyati va tushunchasi butun dunyo xalqlari
madaniyatini mushtarakligi ularning bir —birlari bilan uzviy
bog‘lanishini xamda madaniyatning uyg‘unlashuv jarayonlarini
o‘zida ifoda etadi. Uyg‘onish davri jaxon xaqlari madaniyati
taraqqyotida eng‘ muxim: bosqichlarddn biri bo‘lib kishilik
jamiyatining qadimgi madaniyatini qayta o‘rnatish evaziga qo‘lga
qiritalgan yutuq tajriba va bilimlarni o‘zida mujjasam etadi.
Bu davrning asosiy xususiyatlari kishilarning qadimgi
madaniyatiga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi ishlab chiqarish
uslubining yagonaligi til, yozuv, dunyoqarashlar birligi, diniy
tasavurlarnint keng tarqalishi va uning ilm soxasida erishilgan
yutuqlari jamiyatda inson aql idroki tafakkuri, ijodiy kuchi
namuna etib ko‘rsatilib inson omili va insonparvarlik g‘oyalari
ilgari suriladi. Uyg‘onish davri zamonaviy fanlarning asoslari
paydo bo‘lib ularning soxalari aniq namoyon bo‘ldi.
Shark uyg‘onish davri madaniyati taraqqiyotida o‘z aksini topdi.
Kishilarning manaviy va iqtisodiy turmushidagi yuksalish
turg‘unlanib ketdi.
74
Bu davrda dexqonchilik madaiiyatining yuksak natijada
kishilarning moddiy va manaviy turmushida muxim o‘rin
egallaydi. Xunarmandchilikning turli soxalari axolining ichki
qatlamlari uchun turmush extiyojiga aylandi. Sharq va G‘arb
xalqlari orasida iqtisodiy va manaviy aloqalarning
mustaxkamlanishida muxim axamiyatga ega bo‘lgan.
«Buyuk ipak yo‘li» va uniig tarmoqlari kuchayib boradi.
Mazkur savdo karvon yo‘llarining atroflarida uyg‘onish davrining shaxar va qishloqlari barpo etildi. Buyuk ipak
yo‘lining faoliyati bilan o‘tra Osiyo qadimgi Sharq va G‘arb
xalqlari madaniyatidan baxramand bo‘ldi.
Kadimgi madaniyatning o‘rganilishi natijasida O‘rta Osiyoda
ikki dunyo-madaniyati uyg‘unlashadi. Sharq uyg‘onish davri g‘arbiy
Yevropa xalqlari uyg‘onish davriga nisbatan rosa 400 yil ilgari
boshlandi. Bu davr madaniyati ko‘chmanchi arab bosqinchilarining
yoki boshqa tashqi kuchning tasiri natijasida emas, balki O‘rta
Osiyo xalqlarinint iqtisodiy va madaniy xayotida ortirilgan
tajriba yutuqlar xamda bilimlar xisobiga yaratilgan.
Sharq va G‘arb uyg‘onish davri madaniyatining o‘xshashligi
iqtisodiy va manaviy tufmushdagi yuksalish shajaralarining
vujudga kelishi, ishlab chiqarish va fan soxasidagi yutuqlar
dunyoni bilish xaqida tasavurning boyishi, tabiatshunoslik va
ijtimoiy fanlar soxasida erishilgan yutuq va tajribilarning
barchasi tabiat, jamiyat va inson tafakkuri, aql idrokini
o‘rganishga qaratilgan edi.
Sharq uyg‘onish davrida qo‘lga kiritilgan yutuq va tajribilardan G‘arbiy Yevropa foydalanishdi xamda ishlab chiqarishda ular joriy etilib rivojlantiriddi.
O‘rta Osnyolik muttafakirlardan Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali
Ibn Sino, Muxammad Muso al Xorazmiy, Farobiy, Axmad
Farg‘oniy, Ibn Rushid, Ulug‘bek Mirzolarning ilm fanda erishgan
yutuqlarida n foydalanganlar.
Chunki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy shart sharoit sharqda
g‘arbdagiga nisbatan ertaroq yuzaga keldi. Mana shu moddiy turmush
siyosiy iqtisodiy barqarorlik madaniyatning yuksalishi uchun
muxim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Maxalliy feodal davlatlarning o‘zaro urushlarga qaramay
me’morchilik qurilish ishlari, xunarmandchilik, obodonchilik,
madaniy-aloqalar xamda xam tez surat bilan avj oldi.
Madaniyatning turli soxalaridagi bunday yuksalish avvalo arab
mustamlakasidan ko‘chirish yerli mustaqil davlatlarning vujudga
kelishi bois madaniy ananalarning tiklanishi bilan xam bog‘liq
edi. Shu bilan birga O‘rta Osiyoning katta mintaqadagi musulmon
sharq davlatlari bilan din va til asosida madaniy aloqalarning
kuchayishi xamda bu madaniy yuksalishida muxim sabablardan biri
bo‘lib xisoblanadi. Malumki g‘arb adabiyotida Yevropa mamlakatlarida keekin madaniy yuksalishga olib kelgan. 75
XIII-XVI asrlarda Renessans—uyg‘onish davri nomi bilan
yuritilib Sharqda shunday jarayon oldinroq bo‘lganligidan ko‘z
yumadilar. Bu davr Yevropadagidek yangi siyosiy iqtisodiy jarayon
yani kagshtalistik munosabatlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq
bo‘lsada madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldiradi va Yevropa
Renessansning vujudga kelishiga katta tasir ko‘rsatadi. Shuning
uchun IX—XII asrlarda madaniy yuksalishida uyg‘onish davri deb
ataladi.
Bu yerda Yevropa xalqlaridan farqli o‘laroq xalqlarimizning
mustaqilligi uchun kurashi kuchayib ular bu mintaqada davlat
xokimiyati turli sulola vakllari qo‘liga o‘tib tursada madaniyat
o‘zining ananaviy va vorislik qonunlari bilan taraqqiy etib
bordi. Ammo bu jarayon Sharqdan yopirilib kelayotgan mo‘g‘illar
istelosi bilan o‘z yo‘nalishini yo‘qottan.
150 yil mobaynida davom ettan bu inqiroz buyuk soxibqiron
Amur Temurning mustaqil davlatni barpo etilishi bilan yana o‘z
iziga tushdi. Demak, O‘rta Osiyo xalqlarining uyg‘onish davri
madaniyatning zig muxim tomonlaridan biri mustaqilligimiz
ning mustaxkam poydevori xam o‘shanda barpo etidgan. Uning
ildizlari qadimiy va tarixiy xususiyatlarga ega ekanligi bilan
ajralib turadi.
Biz mazkur davr tarixiy davr jarayoii ustida qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz. Malumki Movorounnaxr istilo etilib xalifalikka
qo‘shib, olingach, O‘rta Osiyoda xam faqat islomgina emas, balki arab
tili va uning imlosi xam yashrin etilgan.
Arab tilini bilgan va uni o‘rganganlarga etibor kuchaygan.
Chunki bu til xam mafkura xam din uchun yagona til edi. Shuning
uchun bu sirli va m:uqaddas tilga aylandi.
Shu boisdai qadimiy madaniyat ananalariga boy Ajam (Iroq —
Eron) va Movaraunnaxrda ko‘p jixatdan arab tilining moxiyati
oshib o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish kuchayib bordi. Arablar
tomonidan maxalliy Xorazm, Sug‘d, toxa — baqtriya yozuvlari
taqiqlandi. Chunki busiz O‘rta Osiyo xalqlariniig idora qilish
mumkin emas edi. Shuning uchun xalqning etiqodi, yozuvi, tili, urf
odatiga bo‘lgan tajavuz ortib bordi.
Abu Rayxon Beruniy o‘zining qadimgi xalqlaridan qolgan
yodgorliklar nomlari asarida Qutayda Ibn Muslim boshchiligidagi
arab bosqinchilari Xorazm tili yozuvining yo‘qotish uchun nafaqat
kitoblarii yoqqan, balki bilimli kishilarni, mudarislarni,
tarbiyachilarni xam qatl etganligini, etiqot qilinadigan barcha
narsalarni kulini ko‘kka sovurganligini qayt etib o‘tgan.
Davlat boshqaruvida bilimli kishilarga extiyoj sezgan
Abbosiylar Damashq, Qoxira, Bog‘dod, Kusra va Bastara ilm
dargoxlarining ochishga majbur bo‘ldilar, quvg‘inlikda yurgan
barcha olimlar va ilm soxiblarni mazkur shaxarlarda taxsil
oladilar. 76
Bu davrda sharqning yirik madaniy markazi sifatida
Bog‘dod shaxri mashxur edi. VIII asr oxirida bu shaxarda «Baytul
xikmat» (Doiishmandlar uyi) Islom sharqining fanlar
akademiyasi tashkil etilgan. Bu yerda katta kutubxona labaratoriya,
astronomik kuzatuvlar olib borilgan rasadxonalar mavjud
bo‘lgan. Bu ilm dargoxiga jalb etilgan ilmu toliblar ilmiy
tadqiqotlar bilan bir qatordagi Yunon va xind olimlarining
ilmiy merosini o‘rganish va asrlarini arab tiliga tarjima
qilish bilan xam shug‘ullngan. «Bayt —ul xikmat»da Axmad
Farobiy, Muxammad Ibn Muso Xorazmiy, Axmad Ibn Abdullox
Marvoziy, kabi o‘nlab asr ilim darajalari ijod qilib jaxon
faniga katta xissa qo‘shganlar,
IX asrda yashab ijod qilgan Axmad Farobiy o‘z davrining
zabardas olimi astranom, m:atematik geografi bo‘lgan uning to‘liq
ismi Abul Abbos Axmat ibn Muxammad ibn Kassir Al —
Farg‘oniydir. U yoshligidan ilmga chanqoqliga uchun xalifa Xorun
Ar Rashidning o‘g‘li (bo‘lajak xalifa Mamun)ning Marv
saroyidagi olimlari orasida joy olgan 806 yildan boshlab
Xalifaligining Marvdagi olim bo‘lgan.
Xozirgi vaqtda uniig 8 ta asari malum ularning aksariyati
qo‘lyozma xolatida bo‘lib o‘rganilgan Al Farg‘oniy asosi
as.traiomik asari. Samoviy xarakatlar va umumiy nujum kitobi
XIII asrdayoq Yevroda tillariga tarjima qilinib lotinchaga
«Alfraganus” nomi bilan keng tarqalgan. Farg‘oniy asarlarida
Yevropa uyg‘onish davri olimlaridan golland matematik va
arabshunosi Yakab Gomus Avstriya va Italiya universitetining
olimi Regimiontan (XV asr) Dante va Shiller o‘z maruzalarida
foydalanganlar.
Axmad Farg‘oniyning «Usturilob yasash xaqida kitob»
qo‘lyozmalari Berlin, London, Mashxad, Parij va Texron
kutubxonalarida «Astrilob bilan amal qilish xaqida kitob»
birgina qo‘lyozmasi Rampura (Xindiston), «Al~Farg‘oniy
jadvallari» qo‘lyozmasi Patila (Xindiston)da, «Oyning yer osti va
ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash xaqida risola» qo‘lyozmalari
Geta va Qoxira, «Quyosh soatining yasash xaqida kitob» qo‘lyozmalari
Xalab va Qoxirada saqlanadi.
Axmad Farg‘oniyning «Al Farganus» nomi bilan g‘arbda mashxur
bo‘lgan asari astronomiyada eng sodda darslik bo‘lib unda murrakab
geometrik shakllari va matematika formulalari, xisoblash
keltirilmagan bu esa astronomiya boshlang‘ich malumotlarini
o‘zlashtirinshi ancha osonlashtirgan.
Al Farg‘oniy Xalifa Xorun Ar Rashid topshirig‘i bilan Bog‘dod
yaqinida Rakok-nomli rasadxona qurulishiga boshchilik qilgan.
Rasadxonada uning raxbarligida astronomiya maktabi tashkil
etiladi. 77
«Alfraganus» asarining geografiya bo‘limi dunyoning
etnik iqlimini tarifi va tavsifi berilgan. Al Farg‘oniy
qoldirgan buyuk merosning O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti farmoni va Vazirlar Maxkamasining maxsus
qarorlariga ko‘ra 1998 yil 24 oktabrda Al—Farg‘oniyning 1200
yillik to‘yi munosib nishonlandi. Farg‘ona viloyatining Kuvf
shaxridan uyg‘onish davriga va undan xam qadimiyroq shaxar
madainy qatlamlariniig topilishi Al Farg‘oniy to‘yiga xamoxang
bayramga aylangan. Axmad Farg‘oniy tug‘ilgan maktab va u yashab
ijod qilgan o‘lkaning madaniy taraqiyoti jaxondagi xalqaro
ilmiy jamoatchiligini o‘ziga qaratdi. Xozirgi vaqtda ulug‘
allomaning asarlari, qo‘lyozmalari qaytadan o‘rganilmoqda.
Muso Al Xorazmiy (783 — 850) o‘rta asrlarda butun musulmon
sharqi uyg‘onish davrining buyuk mutafakiridir. Muxammad Ibn
Muso Al Xorazmiy iomiga al majusiy va al — Qutubrubbiy
atamalari qo‘shib aytiladi. Birinchisi, u Xorazmlik. maxalliy
otashparaslardan bo‘lganligi (arabcha maxsus — otashparas) berilgan.
Xorazmiy Mo‘ysafitlik paytida Dajla daryosi bo‘yidagi al—
Kutrubbul doxasida yashatanligi ikkinchi nom berilgan.
Xorazmiy yashagan yurtida arablar madaniyati yuksak bo‘lib
qishloq xo‘jaligi sug‘orma dexqonchilikka asoslangan bu o‘z
navbatida astranomik tavqimlar tizimini va (xromologik)
yo‘lnoma xisoblash usullarini rivojlantirishni yaratishni
taqazo etadi. Al Xorazmiy xind, Yunon va eron tili
astronomiyasini xamda qadimgi ilmiy yutuqlarni yaxshi egallagan.
Al — Xorazmiy xam Bog‘doddagi «Bayt —ul xikmat»da taqsil oldi,
ijod qildi. Xorazmiyning 10 dan ortiq asarlari bizgacha yetib
kelgan. Ulardan «Kitob aljabr va — l mukobal» (Tenglama va
qarshilantirish) xaqida kitob asarining yozib matematika
tarixida birinchi bo‘lib algebraga asos soldi. Xorazmiyning nomi
esa matematika faniga algoritm bo‘lib kirdi. Uning «Xindlar
xisobi xaqida kitob», «zich», (astronomik jadval), «Kitob surat ul
arz» (Yer surati), «Ustublar» yasash xaqida kitob, «Asturlob»
yordamida azimutni aniqlash xaqida «Kitob ar —ruxo», «Kitob ar —
tasiri», «Yaxudiylarning taqvimi va bayramlarni aniqlash
xaqida risola» kabi asarlari mavjud. Xorazmiyning arifmetik
risolasi qochon yozilganligi nomalum. Bu risola XII asrda
Ispaniyada lotii tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV
asrda ko‘chirilgan nusxasi Kembrej universitetida saqlanadi.
Risola «Diksat Algorizm» yani «Al Xorazmiy aytdi» deb
boshlanadi. Asarda Xorazmiy 9 ta xind raqamining sonlarini
ifodalashdagi afzalliklari aytadi. Mutafakir takidlab shunday
degan:
78
Men arifmetikaning oddiy va murakab masalarini o‘z
ichiga oluvchi «Aljabr val mukobala xisobi xaqida qisqacha
kitobni» taklif qildim, chunki meros taqvim qilishda
vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda
xar qanday bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchash, kanallar qazishda,
amaliy geometriya va shunga o‘xshash turlicha ishlarga kishilar uchun
bu zarurdir.
Al Xorazmiyning yana bir mashxur asari «Zij» (avstronomik
jadval)dir. U 37 bob, 116 jadvallardan iborat. Asarning besh bobi
xristian eralaridagi «tufon», «iskadar», «safar» kabi
sanalarni xijriy eraga ko‘chirish qoidalariga bag‘shlangan. 6 bobda esa aylana — 12 burjga, burj — 30 darajaga daraja-60 daqiqaga,
daqiqa 60 soniyaga va xakazo mayda bo‘laklarga bo‘linishi bayon
etilgan, 7—22 boblarda quyosh, oy va besh sayyora xarakatlari,
qadimti va ilk o‘rta asrlardagi xind eron va Yunon astronomik
malumorlaridan foydalanish yo‘llari xamda ptolomeyning
giomarkaz sistemaeiga asoslaiib planetalar xarakatini bayon
ettirgan.
25 — 27 boblarida geografik joylarining uzunlik va kengliklarni aniqlash va bu koordinatalarning o‘zgarishi
quyoshning yillik xarakatida ekliptik, ekvatirial, koordinatarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Keyingi boblarida planetalar xarakatining tezligini aniqlash,
oy va. quyosh ko‘rinmas qo‘lchalarning o‘lchami munnajimlik
masalalari, Quyosh va oy tutilishi parallaks (yoritqichlik
ko‘rinish fikri) trogonometrik masalalarga murojat qilib
tangens, katangens tushunsalarini kiritdi.
Al Xorazmiy o‘zining «Zij» asari bilan buyuk matematik,
astronom geograf ekanligini ko‘rsatdi. Uning bu asariga ko‘ra,
xozirgi Xindistonning Ujayn shaxridan o‘tgan meridian chizig‘i
tanlangan. XIII asrla Rojer Byuker Byukon, Buyuk Albert xam
mazkur meridian g‘oyasining tarafdorlari bo‘lgan. Asardan Ayyalik
Pyotr (Fransiya), Xristofor Kolumb foydalangan. Xorazmiy o‘z
asari bilan vatanimizni butun jaxonga mashxur qilgan.
Mugafakir -qo‘lga kiritgan yutuqlardan xozirgi vaqtda xam dunyo
ilmiy jamoatchiligi keng foydalanib kelmoqda.
Sharqning buyuk olimi, Al — Muallim As —sonli (ikkinchi
mualdim) nomiga sazovor bo‘lgan faylasufi Abu Nosir
Farobiydir, (873 — 950). Turli nomi Abu Nasr Muxammad ibn Ulug‘
Tarxon bo‘lib, jaxon madaniyatiga katta xissa qo‘shgan qomusiy
olimdir.
Farobiy turkiy qabilalardan bo‘lgan xarbiy xizmatchi oilasida
tug‘ilgan.
79
Farobiy o‘rta asr davri tabbiy ilmiy va ijtimoiy
bo‘limlarning qariyib barcha soxalarida 160 dan ortiq asar
yaratgan. U turli bilimlarniyag nazariy tomonlari, falsafiy
mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarini ikki
guruxga ajratish mumkin:
1. Yupon fanlasuflari, tabiatshunoslarning ilmiy
merosini izohlash, tartib qilish va o‘rganishga
bag‘ishlangan asarlar.
2. . Fanning turli soxalariga oid mavzulardagi asarlar
Farobiy qadigi Yunon mutafakirlari Platon, Aristotel, Evkmid, Aristotelning «Metafizika», «Etika», «Ritorika»,
«Sofishtika» va boshqa asarlarini sharxlab qiyin jarayoni
tushuntirib bera olgan, kamchiliglarni ko‘rsatgan, ularning
mazmunini ochib beruvchi asarlar yaratgan.
1, falsafaning umumiy masalalariga yani bilimning
umumiy xususitlari, qonuniyatlari va turli
kategorilariga bag‘ishlangan asarlar. «Subetansiya xaqida
so‘z», «Masalalar manbai», «Qonunlar xaqida kitob»,
«Falak xaqida», «Xarakatning doimiyligi xaqida»
kitoblaridan iborat,
2. Inson bilish faoliyatiiing falsafiy, tomonlariga
bag‘ishlagan, yani bilishning shakllari bosqichlari,
usullari xaqidagi asarlar
Mantiqning turli muammolariga doir asarlar xam shunga
kiradi: «Katalarning aql xaqida so‘z», «Yoshlarning aql xaqida
kitob», .«Mantiq xa.qida katta qisqartma kitob», «mantiqqa kirish
kitobi», «Isbot kitobi», «Jon (rux)ning moxiyati xaqida risola»
va boshqalardan iborat.
3. falsafa va tabbiy fanlarning Fan sifatidagi mazmuni, matematika xaqidagi asarlar, «Ilimlarning kelib chiqishi va tasviri», «Falsafa tushinchasining manosi xaqida so‘z», «Falsafaning o‘rganishdan oldin nimani bilishi kerakligi xaqida kitob», «Falsafa izoxlari».
moddaning miqdori, fazoviy va xajviy munosabatlarini
o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar: «Xajm va miqdor xaqida
so‘z», «Fazo geometriyasiga kirish xaqidagi qisqartma
kitob» va boshqalar.
Modda xossalari va turlarini iorganik tabiatning,
xayvonlar va inson organizmining, xususiyatlarini
o‘rganuvchi asarlar «Fizika usullyari xaqida kitob»,
«Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etiluvchilariga rodiya xaqida maqola», «Inson azolari xaqida risola»,80
«Xayvon azolari xaqida so‘z» va boshqalar kiradi.
6. Tilshunos, sheriyat, yutuqli sanati, xattotlikka oid asarlari: «Sher va qofiyalar xaqida so‘z», «Ritorika
xaqida kitob», «Lug‘atlar xaqida kitob», «Xattotlik xaqida kitob» va boshqalardan iborat.
7. Ijtimoyy — siyosiy xayot, davlatni boshqaraish masalariga,
axloq, tarbiyaga bag‘shlangan asarlar: «Baxt saodatga erishuv
xaqida risola»., «Shaxarni boshqarish», «Urush va tinch turmush xaqida kitob», «Fazilatli xulqlar» va boshqa
asarlardan iborat.
Farobiyning falsafiy talimoti xaqida gapirilganda, moxiyat
etibori bildi ananaviy iloxiyat komidan tubdan farq qilib,
ilmiy g‘oyal.ar bilan sug‘orilgan talimot namoyon bo‘lganini guvoxi
bo‘lamiz. Uning talymotiga ko‘ra, olam yagona bo‘lib, azaliy vujud
biriggchi arab xamda vujudi muayayn yaratilgan, kelib chiqqan
vujudlar iatijalaridan iboratdir. Yani azaliy vujud barcha
narsalar, vujudlar undan pog‘onama — pog‘ona jaralib chiqadilar.
So‘ngra pog‘ona ajralib moddadir, deb takidlaydi.
Farobiy borliqning to‘rta ibtidosi suv, olov, tuproq, xavo
kabi umirlarning birlashuvidan jisimlar paydo' bo‘lgan, deb
uqtirgan.
Insonning bilimli, ruxiy qobiliyatlarini miya boshqarmasi,
yurak esa barcha ruxiy «quvvatlar», jumladan, bilish qobiliyati
muayan azoga bog‘liq, ekanljgiii takidlaydi.
Farobiyiing aql, umuman bilish xaqidagi talimoti mantiq
ylmida muxim o‘rin tutadi. Uning1 fikriga ko‘ra, mantiq sanati
kishiga shunday qonunlar xaqyda malumot beradiki, bu qonunlar
vositasida. aql chekinady, inson sog‘lom fikir yuriishga o‘rganadi.
Farobiy mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasida mushtaraklik
qayt etib, mantiqning aqlga munosabati kabidir. Grammatika
odamlar nutqining tarbiyalashgani kabi mantiq ilmi xam tafakurni
xaqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab turishni
takidlaydi.
Farobiy o‘ziniig «fozil odamlar shaxri» risolasida fozil
jamoa xaqidagi talimotini yaratgan. Uning talimoti komil
inson xaqidagi fikirlar bilan uzviy bog‘liq keladi. Fozil
jamoada inson vujudga keladi.
Uning fozil jamiyati, komil insonni baxt saodat, o‘zaro yordam
dono boshljq, teng‘lik xaqidagi fikirlari o‘z davri uchun xayoliy
bo‘lgan, lekin insonning manaviy ozod etishga, uning
81
imkoniyatlarini ochishga insonparvarlik yo‘nalishini asoslashga
ko‘tarilgan ilg‘or ijtimoiy tafakkur taraqiyotiga buyuk xissa
bo‘lib qo‘shildi.
Bu davrning buyuk mutafakirlaridan biri Abu Ali Ibi Sino
edi. U 980 yilda. Buxoroninng Afshona qishlog‘ida' tug‘ilgan.
U
ustozi Aba Abdullox an — Najimiydan mantiq, falsafa, riyozat va
fikx o‘rganta.i Ibv: Sino Pipyukrat va Golen kabi qadimgi, Abu
Ba.kr ar — roziy kabi o‘rta asr sharqning buyuk xokimi va
mutafakirlaryning asarlarini suxta egallaydi.
Ibn sino arab va fors tillarida fanning turli soxalarida 300
dan ortiq asarlar yaratgdi,
Uning «Al— qonun fit —tib», «kitob ush —mifo»,
«Donishnoma», «Salomat ibsal», «Risolat at — Tayor», asarlari
shular jumlasidandir. Uning tabiatiga doir asarlarida
kasalushklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, toshqin,
muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va ularning xususiyatlari,
parxez, inson salomatligi uchun jiemoniy tarbiyaning axamiyati
kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muxim masalalariga aloxidi etibor
berilgan.
Ibn Sinoniig dunyo qarashi Farobiy asarlari ta’sirida
shakllandi. U ijtimoiy-falsafiy masalalarida Farobiy
qarashlarini davom etirdi. Uning fikriga ko‘ra olamda barcha
mavjud narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi botib)
va imkoniy vujud (vujudi mumkin) zaruriy vujud xech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil etib, eng irodali, dono
tangridir, zaruriy vujudga kelib chiqadi. Vujudi vojib va
vujudi mumkin sabab va oqibat munasabatlaridadir. Bu jarayon
emanatsiya tarzida, yani chiqayotgan nur shaklida asta sekin amalga
oshiradi. Avval tog‘u —toshlar, so‘ng o‘simlik, xayvon va
taraqqiyotning yakuni sifatida imon vujudga kelgan. Inson boshqa
xayvonot olamidan so‘zi — tili va aqli, tafakur qilishi bilan
farq qiladi.
Real xodisalarni chuqur bilish fan bilan shug‘ullanish
insoniyatga xosdir, deb takidlaydi.
O‘rta asrlarning buyuk qomusi olimi Abu Rayxon Muxammad ibn
Axmad Beruniy (973—1048) astronomiya, fizika, matematika,
geodeziya, geologiya, minerologiya, tarix falsafa saxnalariga katta
yutuqlarga erishgan. U mazkur soxalarda 160 dan ortiq asarlar
yaratgan Beruniyning «Qadimgi xalqdardan kelgan yodgorlik»,
«Xorazmning mashxur kishilari», «Geodeziya», «Munajimlik
sanatidan boshlang‘ich tushunchalar», «Xindiston», «Masud
qonuni», «Minerologiya», «Dorivor o‘simliklar xaqida kitob»
82
«Foydali savollar va turli javoblar», «Farg‘oniy elementiga
tuzatishlar», «Turklar tomonidan extiyotkorlik», «Oq kiyimlar va
karmatlar xaqida malumotlar», «Sherlar to‘plami», «Al Mukanna
xaqida malumotlar tarjimasi», «Ibn Sino bilan yozishmalar»
shular jumlasidandir.
Beruniy o‘z ilmiy asarlarida duyoning tuzilishi masalasida
Ptolomey sistemasiga suyansa xam, yerning xarakati xaqida, yerning
xarakatsizligi masalasi astronomiya fanining asosiy
masalalaridan biri bo‘lib bu xaqda yuz beradigan shubxalarni
yechish qiyin deb takidlagan. Osmon jisimlarini geometrik
tushintirish asosida Beruniy bir necha asr avval yerning
koinotning- markazi deb o‘rganuvchi ilotsentrik tizimi keng kuchga
ega degan xulosa keladi.
Beruniy yer yuzasining xar bir qismi o‘zining yurak
taraqqiyotiga ega ekanligini, Amudaryo vodiysining geologik
rivojlanishini birinchi jiddiy o‘rganishga xarakat qilib, Orol
dengiziniig paydo bo‘lipti xaqida aniq fikirlarni bildirgan. U
«dengizlar quruqlikka, quruqlik esa dengizga aylanadi» degan
nazariyaga suyangan.
Beruniyning jamiyat va tarix soxasida yuritilgan,
«sabablariing sababi» inson va insoniyat jamiyati yuzaga kelishi masalasida chiqargan xuqumlar diqqatga sazovordir. «Qadimgi
tarixlarning eng qadimgisi va eng mashxur bashariyotning
boshlanishidir», bu yerda biz Beruniy kishilik jamiyatining
paydo bo‘lishi xaqida ratsionalizm pozitsiyasiga turganligini
ko‘ramiz.
Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshoga xizmat
qilmay, podshox jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan.
«Idora qilish va boshqarishning moxiyati balki boshliq
zolimlardan aziyat chekkanlarning xuquqlarini ximoya qilish,
birodarning tinchlik yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishdir».
«Tabiatdan boshqa ishga moiyl» bo‘lgan xakim o‘z fikri va
qarorlariga qatiy bo‘lishi kerak, o‘z ishlarini amalga oshirishda
faylasuflarning qonunlariga, Aleksandr Makedonskiy
Armetotelning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo‘y
sunishi lozim: shoxning o‘zi xam «yaratuvchilik ongiga» ega bo‘lmog‘i
ayniqsa dexqonlar to‘g‘risida ko‘proq g‘am yeyishi kerak.
«Podshoxning dexqonchiliksiz yashay olmaydi, odil xokimiyatning
vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida
tengligi, adolat o‘rnatishdan iboratdir» deb takidlaydi.
Beruniyning tabiat va jamiyat qonunlari xaqidagi fikirlari
xozirgi kunda xam mustaqil kuchli demokratik davlat va jamiyat
barpo etishda. xam muxim dastur bo‘lishi mumkin. O‘rta asrlar
83
Shuning uchun Beruniy ijodini X.M.Abdullaev, M.M.Mo‘minov,
V.Yu.Zokirov, T.G.Gulamov, U.Karimov, S.A.Bklakov kabi bir qator
o‘zbek olimlari o‘rganganlar. Toshkentda 1973 yil Beruniyning 1000 yilligi munosabati bilan xalqaro koferensiya o‘tkazib uning
«Qadimgi yodgorliklar», «Xindiston», «Masud qonuni»,
«Geodoziya», «Saydona» kabi asarlarini biriktiruvchi ko‘p tomli
saylanma asarlari nashr etirildi. Fan soxasiga Beruniy nomiga
davlat mukofoti tasis etildd.
Bu davrda Movorounnaxr, Shosh, Frg‘ona, Yettisuv va Sharqiy
Turkistonda turkiy xalklarning qadim davom etib kelayotgan
og‘zaki adabiyot yuzaga keladi. Aynan shu davrda qator didadik
poemalar bitilgan. Ulardai eng nodiri Yusuf Xos Xojib
Balosog‘uniy «Qutadg‘u bilik» (Saodatga boshlovchi asar) nomli
asaridir. Asarda mavzular qarovi juda keng bo‘lib ularda inson
va uniig ijtimoiy moxiyati, xayotdagi o‘rni va vazifasi xar
tonlama taxlil qilinadi: «Qutadg‘u bilik» oddiy xalq mexnatkash
insonni xurmat extirom bilan qo‘llaydi. Yusuf xos xojib
dexqonlar, chorvadorlar, xunarmandlar va savdogarlar iliq mexr
bilan tilga oladilar. Dexqonlarni xammadan yuqori ko‘rib, turli
tabaqalar bilan xokimiyatni qanday munosabatda bo‘lishini
uqtiradi. Dexqonlar zarur kishilardir, xama uz yeyish ichishini ulardan oladi deb takydlaqdi. Asarda axloq odob ilm ma’rifatga
doir ko‘pgina pand nasixatlar keltirilgan.
Muallif rostgo‘ylik, xalollik, odob sadoqat va sevgi xaqida
masalalar to‘g‘risida xikmatli so‘zlar aytganlar. U ilm
marifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun u
asarini «Qutadg‘u bilik» deb atadi. Unda ilm va marifat targ‘ib
qilinib olimlar ulug‘lanib, davlat boshliqlarini ilm Fan
axloqlaridan talim olishga va ularning maslaxatlari bilan ish
ko‘rishga da’vat etadi. XIV asrda turkiy tilda ijod qilgan shoir
va mutafakirlardan biri Axmad, Yugnakiy o‘zining «Xibatul—
xakoniy» (Xaqiqatlar tuxvasi) asari bilan jaxonga mashxur
bo‘lgan. Asarda ilim va marifat xamda uning soxiblari
ulug‘langan. Uning saodat yo‘li bilim bilan bilinadi, bilim egasi
bo‘lgan ayol kishini erkak qatorida, bilimsiz erkakni ayoldan xam
zaif deb bilishi, ilm kishining eng boy zeb ziynati ekanligini
bilim olishi targ‘ib qilishi uning ta’limotida ta’lim tarbiya,
marmfat olg‘a surilganligini tasdiqlaydi. Shunday qilib o‘rta
Osiyolik mutafakirlar «oltin meroslar” bilan nafaqat Sharq
dunyosini balki jaxon madaniyati taraqiyotiga ulkan xissa qo‘shib
o‘chmas iz qoldiradilar. Bu davrda dunyoviy ilim fan marifat
bilan bir qatorda diniy ilim va tasavvur xam o‘z taraqiyotida
yuksak darajaga yetdi.
84
IX —XII asr manaviy xayotida islom dini
Arab
bosqinchilarining zulmi ostida o‘z yozuvi, tili, e’tiqodidan
ajralgan xalqlar, arab tili va yozuvini dini va shariyat
axkomlarini o‘rganib bajarishga majbur bo‘lanlar. Ko‘p vaqt o‘tmay
arab imlosida xat savod chiqarganlar. Mudarislar masjid va
xonakolarda imom va mutavallilar uztozi mutakallining
vazifasini bajarganlar. Bu davrda arablar xat savodli
kishilarga extiyoj sezganliklari uchun dunyoviy va diniy ilimlar
o‘rganadigan maktablar tashkil etishga majbur edilar. Bu yurtda
ilim va marifatga qiziqqan ilimga chanqoq kishilar ko‘p bo‘lib
ularniig orasidan islom talimotiga o‘zining ulkan xissasini qo‘shgan mutafakirlar yetishib chiqdi. Ulardan Imom Buxoriy, Iso
Termiziy, Burxoniddin, Marg‘iyoniy kabilar islom talimotida
yorqin yulduzga aylangan fozil kishilar bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning markaziy shaxarlarida madrasa va masjidlar qat ko‘targan.
Birinchi madrasa X asrda Buxoroda kovushdo‘zlar rastasi yaqinida barpo etilgan. XII asrda Buxoroning darvoza maxallasi yaqinidaqonunshunoslar uchun «Fikixlar madrasasi» qurilgan. Islom dini
talimoti va ravnaqi kengayishida Buxoro shaxri muxim rol
uynagan.Muxammad Narshaxiy ma’lumotlariga ko‘ra, Abu Xofiz, Kabr Buxoriy isimli mashhur fikixshunoslar olimning xizmati bilan Buxoro “Qubatul islom”, ya’ni “Islom dining gumbazi yopilgan” degan nomga sazavor bo‘lgan.
Bu davrda xadis ilmining o‘rganishga ulkan xissa qo‘shgan
muxaddislar yetishib chiqqan. Ulardan Abu Abdullox Muxummad ibn
Islomiy al—Buxoryy (810 — 870), Imom Muslim Ibn al — Xojone
(819-874), Lbu Iso Muxammad Ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Axmad al—Nassoniy ibn Yazid ibn Moshsha (824 — 886) kabi
siymolar O‘rta Osiyolik. mutafakrlardir.
Imom al-Buxoriy yozishlaridan ilimga chanqoq, zexni o‘tkir,
kuchli mantiq ilimga berilgan olim bo‘lgan.
U Damashq, Qoxira, Boira Bog‘dod kabi shaxarlarda yashab,
joylarda mashxur olimlardan xadis bilan bir qatorda fikir
ilmini xam o‘rgangan. Uning ustozdari soni 90 dan ko‘proq bo‘lgan.
Imom-Buxoriy nafaqat yirik olim balki, o‘zining go‘zal hulq
atvori, odam oxunligi, muruvatligi, ximmatli va beqiyos saxovati
manbalarida aytnlishicha, Al —Buxoriy 600 mingga yaqin xadisni
yoddan bilgan.
U yaratgan asarlar 20 dan ortiqdir. Ulardan «Al — jomii as —
saxix», «Ul-adab al-Muffad», «At —tarix al—sag‘iy», «Kitob
al —ilal», «Asomi usaxo» kabilarni ko‘rsatish bilan qiyofalansa bo‘ladi. Uning muxim, mashxur asari «Al-jomin as-saxix»
asarida alloma ibn Salloxning aytishicha asarda taktorlanadigan
85
xadislar bnlan 7275 ta, takrorlanmaydigan xadislar xolda 4000
xadis mavjud.
Imom al — Buxoriy faqat islomning umumiy qonun qoidalarni
aks ettirish bilan chega.ralanib qolmaydi. Ular mexr — muxabbat,
saxiylik, ochiq ko‘ngillik, ota-ona, ayol va kattalarga xurmat,
muxabbat, mexnatsevarlik va xalollikka davat etish kabi umumiy
soniy fazilatlarni targ‘ibot yetuvchi majmuadir.
Bu asarning yaratilganiga 1200 yil bo‘lsada, shu davrgacha islom
ta’limotida qurondan ikkinchi o‘rinda turadigan birorta xam uni
o‘rnini bosadigan asar yaratilmagan, unda nima yaxshi-yu, nima
yomon, nimani qilish kerak, nimadan o‘zini tutish lozimligi
xaqida xozirgi jamiyatimiz ongli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta
tarbiyaviy axamiyatga ega yo‘l yo‘riqlar, pand —nasixat va o‘gitlar
aks ettirilgan. O‘zining jaxonshumul axamiyatiga ega bo‘lgan asarlari bilan mashxur bo‘lgan xadis olim Abu Iso Muxammad at —Temiziydir. U
Imom Buxoriyni xam shogirdi, xam zamondoshi bo‘lgan. Ular ko‘p
baxs-munozaralar o‘tkazib, asarlar yaratishda g‘ayri tabiiy
xususiyatlarni namoyon etganlar. Imom Buxoriy, Iso At — Termiziy bilan uchrashganlarida «Men sendan ko‘rgan foyda sen
mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq» deb unga xurmat bildirgan.
Uning «Aljomiy» (Jamlovchi), «Ash shamoli an —nabavsha»
(payg‘ambarning aloxida fazilatlari), «Al —ilal fil xadiysi»
(xadisdagi og‘ishlar), «Risola fil —xilof va —l jadal»
(xadislardagi ixtilof va baxslar xaqida risola), «At —tarix»,
«Kitob az — Zuxd» (taqvo xaqida kitob), «Kitob ul —aslo va —l
kuna» (isimlar va laqablar xaqida kitob) kabi ko‘plab asarlari
mavjud.
At Termiziy asarlarining mashxuri «Al Jomiy» bo‘lib,
payg‘ambar alayxisolomga doir oltita ishonchli xadislar
to‘plamlaridan biridir. Ular «Kata to‘plam», «Ishonchli to‘plam»,
«Termiziy to‘plami», «Termiziy sultonlari» deb ataladi.
Uning «At-tamomli an-navabita» asarida xam payg‘ambarning
shaxsiy xayoti ijobiy fazilatlari, odatlariga oid 408 ta xadisni
ichiga qamrab oladi.
Imom At Termiziy merosi xali to‘liq o‘rganilmagan. 1990 yil
Muxammadning 1200 yillik to‘yi munosabati bilan maqbarasi
qaytadan tiklanib, asarlarini o‘rganishga va chop etishga
kirishgan.
O‘rta Osiyolik yana bir buyuk olim, fikx islom xuquqshunosi
Burxonuddin al-Marg‘iloniydir (1123—1197). U quron xadis
ilimlarini bilganligi uchun fikx ilmida chuqur nazariy
talimot yaratdi 86
Uniig «Bidoyat al-muntaxiy» (Boshlovchilar uchun dastlabki
talim), «Kifoyat al-muntaxiy» (yakunlovchilar uchun tugal talim),
«Nashr ul-mazlab» (mazlabning yoyilishi), «Kitob ul—mazid»
(ilimni Ziyoda qiluvchi kitob), «Manolik Ul Xaj» (Xaj
marosimlari), «Majma ul —Nozil» (Nozil bilan narsalar
to‘plami), «Kitob ul— fozil» (farzlar kitobi) va boshqalar.
Burxonuddin Marg‘iloniy eng mashxur asari 1178 yil
Samarqandda yozilgan «Xidoyat» asaridir.
Asarda xuquqiy masalalarni yechish dastab yirik fikx —
olimlarining fikrlarining bayoni va boshqa mualliflar
e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izxor etish yo‘li bilan berilgan.
«Xidoyat» to‘rt juz (bob yoki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi
juzg‘a iborat masalalari kiritlgan, bular taxorat, namoz, ro‘za,
zakot va xaj kitoblaridir.
Ikkinchi. juzga nikox emizish, tadoq qo‘llarini ozod qilish,
topib olingan bolaning nasabiny aniqlash, topib olingan narsa,
qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar tirikchilik va vaqf
mulki nasalalari kiritilgan.
Uchinchi juzga oldi—sotdi, pul muomalasi, kafolat pulni
birovga o‘tkazish qozilarnimg vazifalari, guvoxlik bergan
guvoxliqdan qaytish, vakolad, davo, iqror bo‘lish, sulx, bir ishda
pul bilan yirik bo‘lish, pulni saqlashga berish, sovg‘a, ijara,
muayyan shart asosida cheklangan ozoddik berilgan qullar vodiylik,
majbur qilish, xomiylik va bosqinchilik masalalariga kiritilgan.
To‘rtinchi juzda: torat, meros taqsimlash, dexqonchilik xamda
bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzot
xaqida xariyatga zi:d yomon narsalar xaqida, tashlandiq ularni
o‘zlashtirish xaqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida,
xun xaqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritildi.
«Xidoyat» asari necha asrlar davomida ko‘p musulmon
davlatlari, jumlasidan O‘rta Osiyoda xam xuquqshunoslik bo‘yicha
qo‘llanma xisoblanib kelingan, Sobiq sho‘rolar tuzimida bekor
qilinib, shariat qozilari quvg‘in qilingan. Xozirgi davrda islom
shariatiga asoslang‘an musilmon davlatlari bu asardan keng
foydalanadilar.
Bu davrning muxim xususiyatlaridan biri kishilar
dunyoqarashidagi o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Mafkuraning barcha soxalari islomga tobe qilindi. Zardushtiylik
buddizm e’tiqodlarining qoldiqlariga qarshi ayovsiz kurash olib
borilgai.
Mexnatkash axolii ustidan jabr —zulum kuchayib, xar qanday
xurfikirlik takib qilindi, zaxmatkash xalqning azobi,
uqubati ortib, xayoti og‘irlashdi.
Mana shunday sharoitda xalqning dardu — amaliga malxam bo‘luvchi tasavvur O‘rta Osiyoga keng tarqala boshladi. 87
Tasavvuf yani so‘fiylik, cheklangan, soxib taqvodorlik
manosini anglatuvchi xalqparvar tariqat bo‘lib u O‘rta asrlar
sharqida keng tarqalgan. Bu oqim dastlabki IX asrlarda Iroqda
Jabrdiyda ommaning zulmi va nochorlikka qarshi noroziligini
ifodolovchi oqim sifatida yuzaga kelgan. Bu oqim Movorounnaxrga
Eron orqali kirib keldi.
O‘rta Osiyodagi tasavvuf, so‘fiylik talimotining tarqalish
O‘rta asr mutafakrlari xakim at-Termiziy, Abu Xamid G‘ozzoliy,
Yusuf Xamdaniy, Abduxoliq G‘ijdivoniy va Axmad Yassaviylarning
nomlari bilan bog‘liqdir.
Tasavvufning tariqot yo‘llariga juda keng bo‘lib, Movoroun
naxr va Turkistonning turli- voxalarida xar yil yo‘llanishlari
vujudga keldi. Masalan: Surxon voxasida Xakimiya, Turkistonda
Yassaviya, Xorazmda Kubroviya, Buxoroda Naqshbandiya tariqotlar
vujudga kelgan.
XII asrda Movaraunnaxrda keng tarqalgan Yassaviya tariqatiga
Axmad Yassaviy (1041 — 1167) asos soldi. Bu tariqotning barcha
aqidalari Yassaviyning asosiy asari «Xikmatda» bayon etilgan.
Unda poklik, xalollik to‘g‘rilik, mexr — shavqat, o‘z ko‘l kuchi,
peshona teri va xalol mexnati bilan kun kechirish, Allox taolo
visoliga yetish yulida insonni botinon va zaxiron xar tomonlama
takomillashtirish kabi ilg‘or umum insoniy qadriyatlar ifoda
etilgan.
Yassaviy o‘z davrining ijtimoiy tartiblari, dexqon chorvador
va xunarmandlar xayotining bilimdoni bo‘lganligi uchun islom
dinining qonun — qoidalari, urf — odatlarining mazmun —
shariatini tasavuf malagi — tariqotni, kamolat asosiy —
marifatni va unga erishmoq yo‘li xaqiqatni targ‘ib qiladi.
Uning fikricha, shariatsiz tariqot, tariqotsiz kamolat bo‘la
olmaydi, Ularning xar biri ikkinchisini to‘ldiradi. Bu kamalot
yo‘li asari to‘rt bosqich bo‘lib, inson xayoti va faoliyatining asl
moxiyatini tashkil etadi.
Yassaviy suluxinint asosida kamolotga uzlat va taraqqiy
dunyochilik orqali yetishish g‘oyasi ilgari suriladi. Unga faqat
o‘tkinchi dunyoi roxat —farog‘atdan voz kechgan, uzlatda taobat va
ibodat yo‘lida zaxmat kechirgan, mashaqatli mexnat qilgan
kishigina yetib boradi, deb etirof etadi.
Bundan tashqari inson zoti xamma mol — dunyo va davlatdan ustun
turuvchi zoti Sharif deb ulug‘langan. Yassaviy talimoti ko‘pchilik
kambag‘al nochor kishilarning manfaat va extiyojlarini o‘ziga aks
etirdi. Xalq unga mexr — muruvvat va xurmat, ishonch bildirib
uning she’riy pandu nasixatlariga oshno bo‘ldi. 88
Tasavvuf talimotining yana bir yirik namoyondasi Najmiddin
Kubro (1145—1121) edi. U Xorazm so‘fiylikni kubroriya
tariqotiga asos solgan. Uning jamolining muttarlari va
kamolatning egalari, «O‘rta qonunlar va Qoidalar» nomli
risolalari mavjud. Kubroviya suluxining asosini «tavba», «zuxr»
(mol dunyodan yuz kechish), «Tavakal», «Ollox yo‘li» , «Qanoat»,
«Uzlat», «Zikir», «Tavajux», «Sabr», «Murakab», «Kafolat
topish», «Rido», (xalqqa yetilish) kabi o‘nta qonun qoidalari
ifodalanadi.
Yassaviy tariqotidan farqli o‘laroq tarki dunyochilik tark
etiladi. Unda kamolat yo‘lini olib boriladigan mashaqatli mexnat
jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan baxramand bo‘lishi
lozimligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubroviya talimotida xalqqa va
vatanga bo‘lgan muxabbat, eng og‘ir damlarda xam xalq bilan birga
bo‘lishi, vatanni va uning mustaqilligini ximoya qilish kabi
muqaddas g‘oyalar ilgari suriladi.
1221 yil Chingizxon Xorazmni qamal qilganida. Najmiddin
Kubro xam o‘z mamlakdoshlari, shogirdlari bilan o‘z vatanini
ximoya qilish paytida shaxid bo‘lgan.
Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya talimotida yanada
rivojlantirildi. Naqshbandiya taraqiyotiga buxorolik Muxammad
ibi — Burxoniddin al — Buxoriy asos solgan. U Buxoroning qasri
Xinduvav qishlog‘ida matolar naqshgul bosuvchi xunarmand oilasida
dunyoga kelib, o‘zi xam xunarmaid naqqosh bo‘lgan. Shuning uchun
uning tariqoti «Naqshbandiya» nomi bilan mashxur bo‘ldi. U o‘z
davrining buyuk shayxlari xoja Muxammad Samyaiy, Amir Sayid
kulol va boshqalarda taqsil oldi.
Baxovuddin Naqshbandiyning «Xiyonatnoma», «Damil-ul-
oshikin» nomli asarlari mavjud. Uning tariqotida toat ibodat va
mexnat bilan kamol topib Allox visoliga yetishish, manaviy —
axloqiy kamolotta yetishish yo‘llari asosiy g‘oya bilan olingan.
Insonlarning xalol va pok bo‘lishiga o‘z mexnati bilan kun kechirishga, muxtojlarga xayr exson berishga, sofdil va kamtar
bo‘lishga undaydi, Uning «Dilba yoru dast bakor» yani «Alloxning
yor bilginu ammo mexnatini qilishni unutma», degan xikmati
tariqatnint asosiy mexnatini ifodalaydi. Naqshbandiy xam
tarkidunyochilikni rad etib, mexnatsevarlik, odillik,
bilimdonlikni targ‘ib etadi. Uning talimotining keyingi
asrlarda Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Xo‘ja Axror kabi
allomalar rivojlantirilgan va uni davomchilari sifatida faolit
ko‘rsatishgan. Shunday qilib, Tasavuv O‘rta Osiyo axolisining
manaviy xayoti bilan chambarchas bog‘langan talimot bo‘lib, O‘rta
89
va u orqali ommani ziyoli, xamda marifatli shuni bilan birga
xunarmand, vatanga sadoqatli kishilarga intilganlar.
Rivojlangan O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning madaniy taraqiyotida
nafaqat manaviy xayot balki moddiy turmushda ishlab chiqarishda
xam yuksak yutuqlar qo‘lga kiritildi.
X-XII asrlarda O‘rta Osiyoda memorchilik va sanat taraqiyoti
o‘zygning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Xayotning xamma soxalariga
kuchli ta’sir ko‘rsatgan islom dini mafkurasi bu soxada xam kuchli
ta’sir qilib U11 asrda yuz bergan tushkunlikdan obodonlashib
bordi.
Xalqimizni tarixdn meros bo‘lib qolgan ananalari tasirida
shxslarlarga memorchilik ishlari rivojlana boshladi. O‘rta
Osiyoning shaxarlaridan binolar qurilishda xam g‘isht va paja
bilan bir qatorda pishiq g‘isht va turli xil ganch va oxakli
Qurulish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli va
ko‘rinishini ko‘rkamlashgan.
O‘rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Urganch va Marv kabi
shaxarlarda saroy, masjid, madrasa, minora, xonaka, maqbara va
karvonsaroylar qurildi. Masalan: Buxoro shaxridagi Ismoil
Samoniy, Zirabuloq yaqinida joylashgan Tish qishlog‘idagi Arabo,
Ko‘rmanasi Mirsayid, Baxrom maqbaralari, Termizdagi Al —
Xakim- at Termiziy, Sultoni saodat, Sheroboddagi Iso —at
Temiziy maqbaralari, Buxoradagi Namozgox, Minorai Kalon,
Bobkent, Termix (chor — usti), Jarqurg‘on minoralari va boshqa
minoralar o‘sha davr memorchiligining yorqin namunalari
xisoblanadi. Binolar baland peshtoqli va chorboqli, tosh gumbazli,
masjidlar chiroyli mexrobli, chuqur tokchali qilib qurilgan.
g‘ishtin o‘ymakorlik ustunlari yozuvlari ganchush panjalar bilan
bezatilgan. Bu davrda monutental binolardan tashqari, suv
omborlari band va to‘g‘onlar, suv ayirg‘ichlar, ko‘priklar sardobalar
va korizlar xam qurilgan.
Sug‘orish inshoatlarini qurish obikor yerlarni o‘zlashtirishda
suvny taqsimlash va tejash imkonini beradi. Barpo etilgan
inshoatlarning o‘lchami matematik jixatdan juda puxta ishlangan.
Inshoatlarni qurulishda (geometrik) va rioziyot ilmiga xamda
asrni mirobchilyk tajribalaridan keng foydalanganlar.
X-asrda Nurotaning Posttog‘ tagi to‘silib, 1,5 mln Lar kub suv
to‘planadigan Xonbandn suv ombori barpo etilgan. To‘gon granit
toshi va suvga chidamli qorishmadan qurilgan. Malum bo‘lishicha,
inshoatni barpo etishda muxandislar suvning vertikal va
ag‘daruvchi kuchlarnigina emas, balki vaqti — vaqti bilan zil—
zilani xam xisobga olganlar.
90
IX-XII asrlarda sirli sopol idishlar ishlab chiqarish, ularni nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigar rang bo‘yoqli naqshlar bilan bezash, sirtiga yupqa rangsiz sir yugurtirish sanati keng
tarqaldi. Masalai: Xakim at-Termiziy maqbarasi atrofidan
topilgan sopol idishlarda xam shu xususiyat namoyon bo‘lgan.
Idishlarni yoni granik, naqsh arabcha «xati — kufiy»da bitilgan maqolalar, xikmatli so‘zlar, tilaklar yozish bezak berishda kata o‘rin tutgan.
IX-XII asrlarda Musiqa sanati yaxshi taraqiy yetgan soxa
bo‘ldi. Maxmud Qoshqariyning «Devoni Lug‘ati turk» asarida davr
sozandalarining rud, tanbur, kubuz, nay, surnay, qushnay, tabl,
barbot, daf, kus taburak, zir, chag‘ona, shaynur, argunun, konun kabi
xilma — xil zarblar, torli, puflab chalinadigan sozlari bo‘lgan.
Bu davrda Yangi sozlar ixtiro qiliigan. Rudakiyning
zamondoshi Abu Xifz Sug‘diy nayga monond shoxrux nomli
torli soz yaratgan.
Bu davrda xalq kuylari asosida jik va o‘zbek xalqlarining
klassik yo‘li «Shoshmaqom» uchun xos bo‘lgan «Rost», «Xusravoniy»,
«Boda», «Umshoq», «Zerafkonda», «Bo‘shliq», «Sinoxon», «Navo»,
«Basta», «Tarotta» kabi yangi kuylar yaratildi. Musiqashunoslik
ilmi taraqqiy etib, Abu Nasr — al Farobiy va Abu Ali ibn Sinolar
ko‘p mashxur musiqashunos sifatida nodir asarlar yaratgan.
Shunday qilib rivojlangan o‘rta asrlarda uyg‘onish davrining
ilk bosqichi O‘rta Osiyo xalqlari xatining moddiy va manaviy
soxalarga, yutuqlarga bilish tajribalarga boy bir davr bo‘ldiki
uning yutuqlari nafaqat O‘rta Osiyo xalqlari manfaatlarini o‘ziga aks ettirib, jaxon madaniyatining taraqqiyoti uchun yetarli
kuchlardan biriga aylandi.
O‘rta Osiyo xududida yashovchi turkiy va forsiy zabon xalqlar
qadimda yonma-yon yashab bir ota-onaning egizak farzandlari
bo‘lib ular urf odat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or, sanat, musiqa va
baddiy adabiyot soxasida mushtarak moddiy va manaviy madaniyat
yaratdilar. Ularning bu qadimgi merosi jaxon xalqlari madaniyati
xazinasiga kata xissa bo‘lib qo‘shildi.
Temur va temuriylar davrida Movorounaxr madaniyatini
o‘rganish uchun vujudga kelgan tarixiy sharoitni o‘rganmog‘i
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |