Pedagogik maqsad: bolalarni o‘quv faoliyatidan faoliyatning boshqa turiga ko‘chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqtirish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otish.
Tipik xatolar: darsning boshlanishini aynan takrorlash, uning vaqt jihatidan uzoq davom etishi.
Tavsiyalar: tashkiliy qismda kutilmagan holatni yuzaga keltirish, ya’ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o‘yin mo- menti, tovush yozuvlari va hokazolardan foydalanish; bolalarni uyushtirish shakllarini o‘zgartirish; bolalarni boshqa xonaga, binoga (biologiya, fizika, musiqa sinflariga, kutubxonaga, maktab muzeyiga) o‘tkazish yoki ularni sinfda gilamcha, aylana shaklda joylashtirish bolalarning darsdan tashqari faoliyati samarali ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak mashg‘ulotga qiziqish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
2. Kirish qismi (butun mashg‘ulot vaqtining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |