2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari



Download 144,4 Kb.
bet14/15
Sana23.01.2022
Hajmi144,4 Kb.
#402846
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ishi TIM

Pedagogik maqsad: mashg‘ulotning asosiy g‘oyasini amalga oshirish.

Tipik xatolar: bolalarning qisman yoki butunlay passivligida pedagogning faolligi. Metodlarning bir xilligi — faqat hikoya yoki suhbat. Ko‘rgazmalilikning yo‘qligi, foydalaniladigan tarbiya vo- sitalarining juda ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining xulq-atvorni shakllantirish metodlaridan ustunligi. Darsning o‘quv muhiti yaratilishi. Ibratlilik, o‘rgatish, nasihatgo‘ylik qilish.

Metodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakl- lantiruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotda bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rnilaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi. Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida „to‘g‘ri“, „balli“, „ofarin“ deb baholaydigan fikrlarning bo‘lmasligi, ba- holar o‘rniga xayrixohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuy- g‘ularini ifodalovchi, qoyil qolish bilan aytilgan „Ha“, „Juda qiziqarli“, „Yangi xabaring uchun rahmat“, „Shundaymi?“, „Buni qarang-a!“ kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi.

Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan iloji boricha ko‘p foydalansa, vaziyatni, o‘yinni tarbiyalovchi mashqlar, o‘rgatish, topshiriqlar berish, mash- g‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat, ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, samaradorligi shuncha oshib boradi. Pedagog turli faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni jamoalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muo- malada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni ba- jarish uchun vaqt berishda jamoaga uni bajarishni muhokama qilishiga bir necha daqiqa vaqt ajratish va jamoa vakilidan tay-

yorligini so‘rash lozim. Shunday qilingan taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi.

Ongni shakllantarish metodlari bolalarda e’tiqodning, ama- liy-axloqiy tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi ke­rak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti, ma’ruzasi tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi.

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim:

a) shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlay- dilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlash- tirish va bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak;

b) munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir;

d) haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki dalillar yordamida qidirish zarur;

e) so‘zlovchini avval hurmat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtayi nazarini bildirish lozim.

4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi.


Download 144,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish