Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari:
• tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi;
• har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi.
• tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllan- ganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi.
• tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rgana- dilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar;
• shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |