Umumsinf tarbiyaviy mashg‘ulotni tayyorlash. Faraz qilaylik, algoritmik muvofiq bolalar jamoasini o‘rganish bosqichi tugal- langan va pedagog mashg‘ulotning mana shu shaklini tanlagan. Birinchi navbatda, mashg‘ulotning mazmuni belgilanadi, unga muvofiq mazkur sinf uchun dolzarb bo‘lgan mashg‘ulot mav- zusi tanlanadi va mashg‘ulot g‘oyasi ifodalanadi. Pedagog o‘zidan fikran shunday deb so‘rashi kerak: „Mazkur mavzuni ochib borish orqali bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijasida ni- maga ega bo‘lishni istayman?“ Umumsinf tarbiyaviy mashg‘u- lotining mazmuni rivojlantirish, to‘g‘rilash, shakllantirish vazi- falarini aks ettirishi kerak. Ta’lim berish vazifasi umumiy vazi- falardan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda „... haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish“ tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi bo‘lishi mumkin emas (vazifa- lardan biri bo‘lishi mumkin). Pedagog sinfdan tashqari mashg‘u- lotning maqsadi va vazifalarini qanchalik aniq ifodalasa, uning istalgan natijalar haqidagi tasavvuri ham aniq bo‘ladi. Faqat shundan keyingina mashg‘ulotning mazmunini, metodlarni, vositalarni tanlashga kirishish mumkin. Mashg‘ulotning mavzu- si, mazmuniga alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifoda- lashga normal yondashadigan yoki uni e’tibordan chetda qoldira- digan pedagoglar noto‘g‘ri ish yuritadilar. Bunday holda tarbiyaviy ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va tizimliligi yo‘qoladi.
Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari umumsinf tarbiyaviy mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagi tuzilishda bo‘ladi:
1) mashg‘ulotning nomi;
2) maqsadi va vazifalari;
3) jihozlanishi;
4) o‘tkazish shakli;
5) mashg‘ulotning borishi.
Mashg‘ulotning nomida sinfdan tashqari mashg‘ulotning mavzusi aks ettiriladi. U faqat aks etib qolmay, shakl bo‘yicha lo‘nda qilib ifodalangan, jozibali bo‘lishi lozim.
Vazifalar juda aniq bo‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi kerak. Ular universal xarakterda bo‘lmasligi lozim. Masalan, „Jonajon shahriga muhabbat uyg‘otish“ vazifasi o‘rniga „Shahar tarixiga qiziqishni oshirish“, „Bolalarda shahar yubileyiga tay- yorgarlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shish istagini uyg‘otish“, „Bolalarda shaharning o‘tmishdagi mashhur kishilariga nisbatan hurmat hissi shakllanishiga yordam berish“ kabi vazifalarni qo‘- yish yaxshi natija beradi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotning jihozlanishiga turli vosita- lar: qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, videofilmlar, diapozitivlar, ada- biyotlar va boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas, balki uning muallifi, nashr etilgan joyi va yili ko‘rsatilishi kerak.
Sinf mashg‘ulotlari ekskursiya, viktorina, konkrus, spek- takl va hokazo shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday holda mash- g‘ulot rejasida uni o‘tkazish shakli „Matematik viktorina“, „Fan- taziyachilar konkursi“, „Hayvonot bog‘iga ekskursiya“ kabi nomlar bilan birlashtiriladi. Agar sinf mashg‘uloti o‘zida birorta o‘tkazish shakllarini birlashtirsa, unda bolalarni joylashtirish usuli ko‘rsatiladi: aylana, jamoalar va hokazo.
Mashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari tavsif etiladi va pedagogning mashg‘ulotni birinchi shaxs nomi- dan batafsil, izchillik bilan bayon qilishidan iborat bo‘lishi mumkin yoki (pedagogning shaxsiga qarab) asosiy mazmuni kartochkalarda ifodalangan tezisli plandan tashkil topishi mumkin. Mashg‘ulotning borishini modellashtirishda uning davomiy-
ligi va strukturasini hisobga olish zarur. Sinf tarbiyaviy mashg‘u- loti olti yoshlilar uchun 15 — 20 daqiqadan o‘n-o‘n bir yosh- lilar uchun 1 — 2 soatgacha davom etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan sinf mash- g‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida uning asosiy to‘rt bos- qichdan iborat bo‘lishiga amal qilish ma’qul:
1. Tashkiliy qism (0,5 — 3 daqiqa).
Do'stlaringiz bilan baham: |