2-Mavzu: OLIY O'QUV YURTIDAGI O'QISH JARAYONINI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI. OLIY O'QUV YURTLARIDA O'QITISHNING ASOSIY SHAKLLARI.
Reja:
Xorijiy davlatlardagi kredit ta’lim tizimlari.
Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jixdtlari.
Kredit tizimi asosida ta’lim jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish va uning sifatini ta’minlashning innovatsion metodlari.
Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati.
Tayanch tushunchalar: Bolonya jarayoni, ECTS, USCS, CATS, UCTS, kredit, bakalavriat, magistratura, doktorantura, ikki bossichli bakalavriat, ta’lim dasturi, utsuv dasturi, sillabus, utsuv kursi, lektor, tyutor, utsuv rejasi, akademik kalendar, majburiy va tanlov fanlari, fanning tsissa mazmuni, GER, Office Hours, kredit-soat, fanlarga yozilish, Registrator ofisi, GPA, transkript, edvayzer, talabaning shaxsiy utsuv rejasi, ishchi utsuv reja, kurs siyosati, ma’lumotnoma-kursatkich, utsituvchi raubarligidagi talabaning mustatsil ishi, talabaning mustatsil ta’limi, fan kodi, "teaching"va "learninq"ta’lim formati,.
Xorijiy davlatlardagi kredit ta’lim tizimlari.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiklangan “2017-2021-yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xdrakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning rakobatbardoshligi va umumjaxrn amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini uzaro tan olishga, ukituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga kumaklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga kushilish masalasini kurib chikish belgilab kuyilgan.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF- 5847-son Farmoni bilan tasdiklangan “Uzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga rakamli texnologiyalar va zamonaviy ukitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga karshi kurashish, muxdndislik-texnik ta’lim yunalishlarida tax,sil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, ukuv rejalarida amaliy kunikmalarni oshirishga karatilgan mutaxassislik fanlari buyicha amaliy mashgulotlar ulushini oshirish buyicha anik
vazifalar belgilab berilgan.
Uzbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yullagan murojaatnomasida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va rakamli iktisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishning taklif etilishi, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan kamrab olish darajasini boskichma-boskich oshirib borish, ta’lim yunalishlari va ukitiladigan fanlarni kayta kurib chikish, mutaxassislikka alokasi bulmagan fanlar sonini 2 barobar kiskartirish, oliy ta’limda ukuv jarayoni kredit-modul tizimiga utkazish, kator oliy ta’lim muassasalarini uzini uzi moliyaviy ta’minlashga utkazish, ta’lim soxasini tulik rakamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini ta’lim soxasiga xam keng tatbik etish masalalari shu kunning dolzarb masalalari ekanligi ta’kidlab utilgan.
Ushbu murojaatnomada birinchi uringa xalkning bilim darajasini oshirish masalasi kuyilgan, bu esa millatning rakobatbardoshligini belgilovchi omil xisoblanadi. Shu sababli, tabiiyki, ushbu xujjatda zamonaviy talablar va jaxon standartlariga javob beradigan milliy ta’lim tizimini yaratish muammosining elementlari xam uz aksini topgan.
1999 yilda 29 ta davlat tomonidan Bolonyada yagona ta’lim muxitini yaratish jarayonida ishtirok etish xakidagi Deklaratsiya imzolandi. Uning maksadi takkoslanadigan darajalar tizimini kabul kilish, akademik va kasbiy tan olishni yengillashtirish va bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashga karatildi. Bolonya jarayoni barcha davlatlar uchun ochik bulib, bugungi kunga kelib ishtirokchi davlatlar soni 50 ga yakinlashib koldi.
Bolonya deklaratsiyasini imzolagan barcha davlatlar oliy ta’limning ikki boskichli (bakalavriat - 3-4 yil, magistratura - 1-2 yil) tizimiga utishgan. Oliy ta’limdan keyin doktor (3-4 yil) darajasini olishga imkon yaratiladi.
Xorijda ECTS (European Credit Transfer System) tizimi ta’lim tizimining muxim tarkibiy kismi xisoblanadi. X,ar bir ukuv faniga yuklama xajmidan, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muximligidan kelib chikib kredit bali belgilanadi. Talaba xar bir fanni muvaffakiyatli uzlashtirgan takdirda belgilangan kreditlarni oladi va bu kreditlar yigindisi unga mos bulgan bakalavr yoki magistrlik darajasini olishga. imkon beradi.
Xush, kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi? Bugungi kunda ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun dunyo tajribasida kredit tizimi deb nomlangan amaliyotdan keng foydalaniladi. Kredit tizimi uz ichiga ta’lim va uning uchun sarflanadigan umumiy mexnat xarajatlari mikdorini kamrab oladi. Jaxon amaliyotida Amerika Kushma Shtatlari kredit tizimi (USCS), Kreditlarning tuplash va utkazishning Britaniya tizim (CATS), Yevropa kredit tizimi (ECTS), Universitet kreditlarini utkazishning Osiyo - tinch okeani tizimi (UCTS) eng keng tarkalgan tizimlar xisoblanadi.
“Kredit soat” tizimi dastlab AKDTda. paydo bulgan va takomillashgan. 1869 yilda Garvard universiteti Prezidenti, Amerika ta’limining atokli namoyandasi Charlz Eliot birinchi bulib “kredit-soat” tushunchasini kiritdi va 1870-1880 yillar davomida fan xajmini kredit-soatlarda ulchashga imkon beruvchi tizimni joriy kildi. 1892 yildan “kredit-soat” tizimini joriy kilishning ikkinchi boskichi boshlandi. Bunda A^Sh milliy ta’lim kumitasi “kollej-maktab” buginini yaxshilash, urta maktablarda ukuv dasturlarini standartlash maksadida nafakat kollejlarda, balki urta maktablar uchun xam “kredit” tushunchasini joriy kildi va keyinchalik bakalavriat dasturlari mazmunini baxolashning kredit tizimini magistratura va doktorlik ta’lim boskichlarigacha kengaytirdi.
Bakalavr darajasini (Bachelor of Arts - BA yoki Bachelor of Science - BSc) olish 4 yil ukishni nazarda tutadi. Bu davr ichida talaba urtacha xar biri 3 kreditlik 40 tacha fanni uzlashtirishi zarur buladi. Birinchi va ikkinchi yil tayanch bilimlarni olish uchun ajratiladi (ta’minan, 60-68 kredit) va u oralik daraja (Associates) bilan yakunlanadi, uchinchi va turtinchi yillar mutaxassislik fanlarini jadal urganishga bagishlanadi va bu jarayon malakaviy imtixon bilan tugallanadi.
Oliy ta’limning ikkinchi boskichi (Graduate Level) - bu urta xisobda ikki yillik ukish natijasida magistr darajasini (Master of Arts - MA yoki Master of Science - MSc) olish uchun muljallangan magistrlik dasturlaridir.
Yukori malakali mutaxassislar tayyorlashning ikkinchi boskichi va uchinchi pogonasi - doktorlik dasturlari buyicha ukish bulib, u tor mutaxassislikga ukish va mustakil ilmiy izlanuvchilikga yunaltilgandir.
Darajani olish uchun talaba belgilangan mikdordagi kredit-soatlarni tuplashi zarur. ^KSh da kabul kilingan USCS (US Credit System) tizimida kredit-soat - bu ukish vaktiga asoslangan ulchovdir. Masalan, bakalavriatda 1 kredit-soat talabaning semestr davomida xar xaftadagi 1 akademik soat auditoriya ishiga teng. Bundan tashkari xar bir auditoriya mashgulotiga 2 soat (100 minut) mustakil ish kushib beriladi. Magistraturada, va ayniksa doktoranturada bu mexnat xajmida mustakil ishning xissasi kupayib borishi nazarda tutiladi.
AKSh da bakalavr darajasini olish uchun 4 yilda kamida 120 kredit- soat, magistr uchun 1-2 yilda mos ravishda 30-60 kredit-soat, doktorlik dasturlarida esa 3-4 yilda mos ravishda 60-90 kredit-soat tuplash talab etiladi.
Oliy ta’lim tizimida kredit-soat tushunchasi dars jadvalini tuzish, GPA urtacha ballini xisoblash, kafedralar, ukituvchilar va talabalarning yuklamasini anikdash uchun asos xisoblanadi.
USCS tizimi Amerika talabalarining mobilligini oshiradi, chunki bir universitetda olingan kreditlar boshkalarida xam xisobga olinadi va talabalar ukishlarini bir oliy ukuv yurtidan boshkasiga sinov birliklarini sakdagan xolda kuchirishlari mumkin. Bunday amaliyot koldirilgan ukish va ukishga tiklash jarayonlarini uzaro boglash uchun xam kullaniladi.
Ispaniyada universitet ta’limi kup pogonali bulib kuyidagi davrlarni uz ichiga oladi:
birinchi ta’lim davri: u kamida 3 yil davom etadi va 180-270 ispan kreditlariga teng buladi;
birlashtirilgan birinchi va ikkinchi davrlar: 4-5 yilga muljallangan bulib (tibbiyot mutaxassisliklari uchun 6 yil), birinchi davr
2-3 yil, ikkinchisi - 2 yil davom etadi. Kursatilgan 4,5 va 6 yilda talabalar 300-500 kredit tuplashadi.
ikkinchi davr - yakka tartibda;
uchinchi davr - doktorantura.
Birinchi davr yakunida talabalarga Diplomado, Arquitecto Tecnico va Ingeniero Tecnico kabi akademik darajalar berilishi mumkin. Ikkinchi davr yakunida esa - Licenciado, Arquitecto yoki Ingeniero Superior darajalari berilishi mumkin. Doktorlik darajasi uchinchi davrda ukishni yakunlagan va dissertatsiyani muvaffakiyatli ximoya kilgan talabalarga beriladi.
Ispaniyada “kredit”ni aniklashga uzgacha yondashiladi - xar bir kredit 10 soat auditoriya mashgulotlariga mos keladi, tuplangan kreditlar yigindisiga karab talabaning uzlashtirishi baxolanadi. Talabalar tomonidan nazariy va amaliy mashgulotlar buyicha aloxida kreditlar tuplanadi, ularni xatto auditoriya mashgulotlaridan tashkari boshka ukuv ishlarini bajarib xam olish mumkin.
Shvetsiyada 1 shved krediti universitetda 1 xafta ukishga teng deb kabul kilingan. Bu tizim ukuv rejalarini tuzishni va talabalarning bajargan ukuv soatlarini xisoblashni yengillashtirish uchun joriy etilgan. Shvetsiya universitetlarida ukuv yili 40 xafta davom etadi va kuzgi xamda baxorgi semestrlardan iborat buladi. Shunday kilib, talaba ukuv yili davomida ma’ruza, yakka tartibdagi ishlar va boshka ishlarni xam kushib xisoblaganda 40 kredit tuplaydi.
Bakalavr darajasini olish uchun 3 yillik ukish davomida 120 kredit olish kerak. Magistraturada ukish 1-1,5 yil (60 kredit), doktoranturada esa
Shvetsiya kreditlarini Yevropa ECTS kreditlari bilan takkoslash uchun ular 1,5 ga kupaytiriladi. Masalan bakalavriatdagi 120 Shvetsiya krediti 180 ECTS kreditiga, magistraturadagi 60 Shvetsiya krediti - 90 ECTS kreditiga teng buladi.
Shvetsiya universitetlarida ta’lim jarayonlari ma’ruzalar, seminarlar, baxs-munozaralar (ukituvchi ishtirokida yoki ishtirokisiz) shaklida tashkil kilinadi. X,ar bir kurs yakunida imtixon seminarlari, auditoriyada topshiriklarni bajarish va yozish kurinishidagi imtixonlarni topshirish nazarda tutiladi.
Belgiyada kredit ta’lim tizimi Yevropa ECTS kredit tizimlariga moslashtirilgan va xalkaro xamkorlik doirasida kullaniladigan kurinishda takdim etilgan.
Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi Birlashgan Kirollikning CATS (Credit Accumulation and Transfer Scheme/System - Kreditlarni tuplash va kuchirish sxemasi/tizimi) tizimiga asoslangan bulib, uning maksadi kup sonli malaka xujjatlari tizimini xar bir tur uchun aloxida kreditlar belgilash orkali tartibga solish va yagonalashtirishdir. CATS tizimi Birlashgan Kirollikda, Janubiy Afrikada va Yangi Zellandiyada keng tarkalgan.
CATS buyicha akademik yil 1200 shartli ukuv soatlari yoki 120 kreditni uz ichiga oladi, 1 britaniya krediti 10 shartli ukuv soatlariga teng. Shartli ukuv vakti deyilganda, talaba fanni uzlashtirishi uchun sarflaydigan soatlar mikdori tushuniladi. Shartli vakt auditoriya mashgulotlari, asosiy amaliy ishlar, loyixa ustida ishlash, mustakil ta’lim mashgulotlarini, imtixonlarga tayyorgarlik va ularni topshirish kabi faoliyatlarni, ya’ni barcha turdagi uzlashtirish uchun zarur bulgan ukuv faoliyatlarini uz ichiga kamrab oladi.
Britaniya universitetlarida bakalavr darajasini olish uchun 3 yil davomida 360 britaniya kreditlarini kulga kiritish kerak. Turtinchi yil talabalarga “imtiyozli bakalavr” (Bachelor with Honours) darajasini olishga imkon beriladi.
20-asrning sunggi un yilliklarida Yevropada oliy ukuv yurtlarining xalkaro ta’lim dasturlaridagi ishtiroki muxim masalaga aylandi, oliy ta’lim ukuv dasturlarini internatsionallashtirish tarakkiyotning dolzarb yunalishlaridan biri bulib koldi. 1987 yilda Yevropa Ittifoki asos solgan talabalar almashishning ERASMUS (Eigoreap Community Action Scheme for Mobility of Shguyegeyu Students) ta’lim dasturi eng namunali deb topilib asos sifatida kabul kilindi va Yevropaning 12 ta davlatida joriy etildi. Tuplangan tajribalar kayta ishlanib barcha yosh guruxlari ta’limiga ixtisoslashgan yangi SOCRATES dasturi uchun asos sifatida kabul kilindi. Bu dastur 2006 yilgacha rejalashtirildi va 31 davlatda amal kildi. Bulardan tashkari, Yevropada talabalar almashish dasturi buyicha Yevropaning ilm-fan va universitetlar beshigi sifatidagi mavkeini mustaxkamlashga yunaltirilgan Leonagdo Da Vinci va Tetrsh-Tasis ta’lim dasturlari amalga oshirildi.
Bu dasturlarni amalga oshirishda Yevropada turli xillik va uzaro mos kelmaslik xolatlari yuzaga chikdi, umumlashtirishda kiyinchiliklar paydo buldi. Shunday instrument ishlab chikish zarur edi, u milliy ta’lim tizimlarini amalda yakinlashtirishi, moslashuvchan va shaffof kilishi, ta’limdagi xujjatlar esa - oson takkoslanadigan bulishi kerak edi. Bunday tizim sifatida ERASMUS dasturining tajriba loyixasi sifatida yuzaga kelgan va 1989-1995 yillarda 6 yil davomida eksperimental tekshiruvdan utgan ECTS (Eigoreap Credit Tgansfeg System) tizimi tan olindi. Unda Yevropaning 145 ta oliy ukuv yurti ishtirok etdi.
1999 yilning iyunida 29 ta Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Bolonya deklaratsiyasini imzolashdi, unda asosiy e’tibor ECTS va umumevropa diplom ilovasiga karatildi. Bunda ECTS ning vazifasi etib 2010 yilda yagonalashtirilgan oliy ta’lim tizimini yaratish emas, balki xalkaro “shaffoflik” ka erishish va mavjud ta’lim tizimlarini va malakalarini davlatlar va oliy ukuv yurtlarining ta’lim siyosati soxasidagi avtonomligini saklab kolgan xolda moslashtirish belgilandi. Xrzirgi kungacha deyarli barcha Yevropa davlatlari uz milliy oliy ta’lim tizimlarida isloxotlar utkazishdi, kredit ta’lim tizimini joriy kilishdi. Birok, ular milliy ijtimoiy-iktisodiy masalalar yechimiga karatilganligi sababli uzaro jiddiy fark kilishadi. X,ar bir davlat uzining noyob ta’lim tizimini, milliy, tarixiy va madaniy an’analarini sakdab kolishga xarakat kilgan.
Shunday kilib, Yevropada mantikan rad etib bulmaydigan, maksimal darajada yakinlashish va milliy tizimlarning baxolash shkalalarini umumevropa andozasi buyicha tenglashtirish uchun zarur bulgan ECTS tizimi paydo buldi. Unga kura Yevropa krediti - tyutor va talaba kontakt soatlari xajmining shartli birligi xisoblanadi. Urta xisobda bir ukuv yilida
talaba 60 Yevropa kreditlarini tuplashi shart.
Evropa, Amerika va Britaniya sinov birliklari tizimi bilan bir katorda Osiyo-Tinch Okeani regioni uchun UCTS (University Credit Transfer System) universitet kreditlarini utkazish tizimi xam mavjud. Bu tizimga regionning yirik davlatlari, masalan, Yaponiya va Xitoy umuman kushilishmagan. Bu loyixaning tajriba sxemasi 5 yilga (1999-2004 yy.) muljallangan edi. Uning maksadi UMAP (Osiyo-Tinch okeani regionida universitetlar mobilligi) tashkiloti tomonidan regionda va UMAP faoliyat soxasiga kiruvchi xududlarda va dunyoning boshka regionlaridagi davlatlar bilan birgalikda xorijiy oliy ukuv yurtlaridagi olingan kreditlarni kafolatli tan olish orkali talabalar almashinuvini samarali yulga kuyishga yordam kursatish edi.
UCTS kreditlar shkalasi xuddi ECTS niki kabi bir akademik yil uchun 60 kreditni tashkil kiladi (semestrda - 30). UCTS kreditlar shkalasi fakat konvertatsiyalash shkalasi sifatida ishlatiladi. U kabul kiluvchi va ukishga junatuvchi oliy ukuv yurtlaridagi mavjud kreditlar tizimini (yoki ukuv yuklamasini ulchashning boshka turlarini) almashtirish uchun muljallanmagan.
UCTS tizimi, akademik yil uchun 60 kredit va ECTS baxolash shkalasi joriy etilganligi sababli ECTS modeliga asoslangan bulib, u ECTS modelining soddalashtirilgan varianti xisoblanadi. UCTS tizimi institutlar urtasida fakat talabalarning yuklamalari va baxolarini tan olish va utkazish maksadida ishlab chikilgan, u muayyan institutdagi mavjud tizimni almashtirishni nazarda tutmaydi. UCTS tizimida fakultet vakili fakat UCTS dan foydalanish buyicha umumiy tavsiyalar beradi va oliy ukuv yurtlari urtasida mulokot yurituvchi shaxs xisoblanadi. Talabaning uzi shaxsiy xorijiy ta’lim dasturini tuzadi. Talaba dasturni tuzib bulganidan sung ukishga junatuvchi va kabul kiluvchi institutlar muayyan dasturdagi fanlarni urganish uchun talabaga beriladigan kreditlarga nisbatan uzlarining roziliklarini ma’lum kilishadi.
UMAP talabalar almashinuvi shartlari batafsil ifodalangan ikki tomonlama kelishuvlarni tuzishda universitetlarga yordam beradi va ularni kullab-kuvvatlaydi.
Xuddi ECTS dagi kabi UCTS da xam, asosiy maksad talabaning xorijda olgan kreditlarini ukishga junatuvchi institut tomonidan kayta kabul kilinishini kafolatlash va shu orkali UMAP ning samarasini oshirish xamda talabalarning mobilligini oshirishga karatilgan.
Yaponiya sinov birliklari tizimi amerikaning USCS tizimi asosiga kurilgan bulib, uning fakat bitta farkli jixati - “kredit-soat” tushunchasi “sinov birliklari” (units) atamasi bilan almashtirilganligidir. Shuni ta’kidlash joizki, AKSh ning bir nechta universitetlari, xususan Massachuset texnika universiteti xam ushbu atamadan foydalanadi. Yaponiyalik talaba bakalavr darajasini olishi uchun universitetda 4 yil ukishi kerak, undan 2 yili - keng umumta’lim tayyorgarlik, keyingi 2 yil - mutaxassislik buyicha ta’lim. Fanlar majburiy va tanlov fanlariga bulinadi.
Shunday kilib, Yaponiyada bir sinov birligi talaba semestr davomida biror fanni xar xaftada bir soat ukishini va bakalavr darajasini olishi uchun 146 sinov birligi tuplashi zarurligini anglatadi.
Yaponiyada oliy ta’limdan keyingi ta’lim ikki boskichdan iborat: "master course" - 2 yil davom etadi va magistrlik darajasini olish bilan yakunlanadi va "doctor course" - 3 yil davom etadi va doktor darajasini olish bilan yakunlanadi.
Magistr darajasini olish uchun talaba 30 sinov birligi tuplashi (bunda tanlov fanlari ilmiy raxbar bilan kelishib olinadi) va diplom ishini yozishi kerak. Doktorlik darajasini olishi uchun magistrlik darajasini olgandan sung 3 yil davomida ilmiy raxbari nazoratida ilmiy ish bilan shugullanishi, bitiruv imtixonlarini topshirishi va doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilishi zarur.
Xitoy ta’lim tizimini Chinxua universiteti, Pekin davlat universiteti, Pekin texnika universiteti, Jilian universitetlari misolida urganish shuni kursatadiki, Xitoy Xalk Respublikasida Amerika ta’lim tizimiga uxshash uch darajali ta’lim tizimi kabul kilingan. Bakalavr darajasini olish uchun 120 kreditni, magistr darajasini olish uchun - 30-60 kreditni kulga kiritish kerak. Ukuv yili ikki semestrga ajratilgan va 1-sentyabrdan boshlanadi. Birok, semestr davomiyligi Amerika tizimidan fark kilib 20 xaftani tashkil kiladi. Universitetlarda ukish 4-5 yil, tabbiyot universitetlarida - 7-8 yil va kasbiy-texnik maktablarda - 2-3 yilni tashkil etadi.
Shunday kilib, yukorida keltirilganlardan kurish mumkinki, nafakat davlatlarning ta’lim tizimlarida, balki “kredit” atamasini tushunish va uni talkin kilishda xam sezilarli farklar mavjud. Agar Yevropa krediti uz xajmi buyicha barcha auditoriyadagi kontakt soatlarni va undan tashkaridagi soatlarni aks ettirsa, Amerika kredit soati kat’iy ravishda fakat auditoriyadagi kontakt soatlarni uzida ifodalaydi va talaba ikki barobar kuprok mustakil shugullanishini, shu jumladan ukituvchi raxbarligi ostida xam mustakil shugullanishini nazarda tutadi.
Evropa kreditlarida doim talaba kancha vakt auditoriyada shugullanishi xakidagi masala ochik koladi, va bu rakam fan, ukituvchi yoki universitetga karab uzgarishi mumkin. 2004 yilning aprelida Ednet ta’lim tarmogi tomonidan utkazilgan “Ta’lim bozorini globallashtirish: Markaziy Osiyo universitetlari reformalari” mavzusidagi 4-Xalkaro anjumanda 1 ECTS krediti - auditoriya mashgulotlari, kollokviumlar, anjumanlar, kutubxonalardagi baxs-munozaralar, tashki tadbirlar va shu kabida katnashishni, ya’ni barcha turdagi kontakt mashgulotlarini xam xisobga olgan xolda 24-36 ish soatlariga teng degan xulosaga kelingan. ECTS tizimida taxminan 60 kredit - bir akademik yil, 30 kredit - bir semestr, 20 kredit - bir trimestrdagi ta’limga mos keladi. Amerika krediti (bir semestrda auditoriyadagi 12-18 soat mashgulotga teng) bilan takkoslash uchun aytish mumkinki, Yevropa davlatlarida talabalar taxminan xuddi shuncha mikdorda auditoriyada shugullanishadi, kolgan vaktni ukituvchi raxbarligidagi mustakil ish deb xisoblash mumkin. ECTS kredit - fanning ukuv yuklamalarini uzlashtirish uchun mexnat sarfini ifodalaydi, ish soatlari deganda esa - barcha turdagi kontakt soatlar tushuniladi, deb aytish mumkin.
Kredit tizimlarining yuzaga kelgan keng kamrovli diversifikatsiyasi sharoitida ECTS tizimi kup millatli Yevropa an’analarini inobatga olgan xolda turli ta’lim tizimlarini yakinlashtiradi. Uzbekistonda kredit ta’lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chikishda, Yevropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuklarini inobatga olgan xolda yukori ta’lim sifatini va dunyo ta’lim jarayonlariga integratsiyalashish uchun ishonchli asosni tanlash maksadga muvofikdir.
Yukorida keltirilgan dunyo ta’lim tizimlari taxlilidan kelib chikib Amerika kreditlari (USCS) ni Yevropa (ECTS) va Osiyo-Tinch Okeani (UCTS) kreditlariga aylantirish ancha oson: 1 Amerika kredit-soati = 1 Xitoy krediti = 1 Yapon sinov birligi = 2 Yevropa krediti = 2 Osiyo-Tinch Okeani krediti = 4 Britaniya krediti.
Kredit ta’lim tizimini urganish va taxlil kilish shuni kursatadiki, dunyoning turli davlatlarida u uziga xos xususiyatlarga ega. Shunga karamasdan, kredit ta’lim tizimining samarasi va maksadga muvofikligi uning kuplab dunyo davlatlari ta’lim tizimlarida kuprok tarkalganligi bilan asoslaniladi, chunki ta’lim dasturlarining talabalarda mustakil ishlash kunikmalarini rivojlantirishga karatilishi ijodiy faollikni va bilim olishga uzini safarbar kilishga, oxir-okibat ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi.
Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jix,atlari.
Kredit-modul tizimiga utishda bir kator muammoli jixatlarga e’tiborimizni karatishimiz va bu tizimning afzallik jixatlariga urgu berish maksadga muvofikdir.
Ma’lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustakil ta’lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta’lim tizimida auditoriya yuklamalariga katta e’tibor karatilib kelinmokda, lekin mustakil ish turlari xali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustakil ishiga jiddiy e’tibor karatiladi.
Kredit bu baxo emas, balki ish xajmi xisoblanadi. Masalan, talaba 5 kreditlik fanni uzlashtirgan bulsa, u 5 kredit xajmidagi ishni bajargan xisoblanadi, ya’ni u ushbu fanning ma’ruzalarida, amaliy va laboratoriya mashgulotlarida katnashgan, mustakil ish topshiriklarini bajargan xisoblanadi. Demak, bu fanni uzlashtirgan talaba uni kanday baxoga uzlashtirganidan kat’iy nazar u 5 kreditni kulga kiritadi.
Kredit-modul tizimining mazmun-moxiyatini ochib berishda uni fakat “kredit” va “modul” atamalari orkali izoxlash yetarli bulmaydi. Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun kullanilgan, xolos. Biz kredit-modul tizimining moxiyatini boshkacha usulda ochib bermokchimiz. Ya’ni, asosiy tamoyillar, kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan fark kiluvchi jixatlari xakida tuxtalib utamiz.
Avval ta’kidlab utilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari kisman Uzbekiston oliy ta’lim tizimiga tatbik kilingan. Shunday ekan, biz bu yerda kredit-modul tizimining fakat biz uchun yangi bulgan va amaldagi ta’lim tizimida mavjud bulmagan kuyidagi 10 ta muammoli jixati va afzalliklari xakida fikr yuritamiz va zarur joylarda amalga oshirishning imkoni bulgan takliflarimizni keltirib utamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |