Butun va qism. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko’z oldimizda bir butun, yaxlitlik sifatida gavdalanadi, ular qismlardan, bo’laklardan komponentlardan, elementlardan iboratligini ko’ramiz. Bu qismlar bo’laklar, komponentlar, elementlar o’zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun narsani, hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalaming ma’lum bir guruhi o’zaro birikib, biron-bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo’lib, muayyan elementlardan iborat boMadi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o’zaro dialektik birlikda, bog’lanish va aloqadorlikda mavjud bo’ladi.
Xo’sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun — o’zaro dialektik aloqadorlikda boMgan qismlar, bo’laklar, tomonlar,
elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo’lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni o’rab turgan olam bir butundir.
Qism esa, shu butunni tashkil qilgan uning tarkibidagi ma’Ium bo’lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
Butun va qism o’zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumiy tabiati uni tashkil qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism butunning o’ziga xos xususiyatini, ma’Ium darajada ifodalaydi. Lekin, butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo’laklari sifatida ko’rinadi. Unda butunga xos ma’Ium xususiyat qismlarga ham xos bo’lishi mum kin. Shuningdek, butun tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo’lishidan tashqari ular bilan o’zaro ziddiyatda, qarama- qarshilikda bo’lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar, qismlarsiz butun yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, ular faqat o’zaro aloqadorlikda, birlikda, birgalikda, bir-birini taqozo qilgan holda mavjud bo’ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qismlar ham o’zaro bir-birlari bilan ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Butun va qismlarning bu o’zaro ta’sir va aks ta’sir qilib turishlari natijasida butun va qismlarning o’zgarishi va rivojlanishi sodir bo’ladi. Bundan tashqari, har bir butun va qismlar obektiv reallikdagi boshqa butunlik va qismlar bilan ham muayyan aloqadorlikda va bog’lanishda bo’Iadi.
Butun bilan qism aloqadorligining uch tipinifarq qilish mumkin:
Butunning biror qismi uning tarkibidan chiqarib tashlansa, yoki bu qism yana qaytadan butun tarkibiga kiritilsa, bunda butun sifat jihatdan o’zgarmaydi.
Butunning qismlaridan biri butun tarkibidan chiqarilishi yoki bu qism qayta butun tarkibiga kiritilishi bilan butun butunlay yoki qisman o’zgaradi.
Butunning qismlari o’zgarishi bilan butun ham yoki butunning o’zgarishi bilan uning qismlari ham o’zgaradi.
,,Butun“ va ,,qism“ kategoriyalari inson tomonidan borliqni bilish va olzlashtirishning ma’Ium shakllari sifatida dunyoning birligi muammosini ilmiy hal qilishda muhim rol oynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |