2-mavzu. Borliq falsafasi (ontologiya)



Download 98,16 Kb.
bet6/14
Sana02.07.2022
Hajmi98,16 Kb.
#733339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-мавзага Борлик фалсафаси

Plyuralizm (lotincha — plyural ko’plik degani) — dunyoning asosida ko’p narsalar yotadi, deyuvchi ta’limot nuqtayi nazaricha, dunyoning asosini yakka bir narsa emas, balki ko’p narsalar tashkil qiladi. Dunyodagi butun mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bodmagan ko’pdan-ko’p, har xil asoslardan tashkil topgandir.
Ilmiy-falsafiy ta’limotlar va hozirgi zamon fanlari erishgan ma’lumotlarga ko’ra, moddiy borliq, doimiy harakatda bo’lgan materiyaning turli shakldagi ko’rinishidir. ‘
Materiya — dunyoning moddiy birligini ifodalovchi falsafiy kategoriyadir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasawurlarning rivojlanishiga sabab bo’ldi. ,,Materiya“ „moddiy unsur“ga, ,,atomar“ga, „pramateriya“ga nisbatan ham kengroq, umumiyroq bo’lib, borliqning obektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.
Haqiqatan ham, „materiya“ tushunchasi abstraksiya, fikrning mahsulidir, chunki, olamda „umuman materiya“ yo’q, balki materiyaning konkret obektlar ko’rinishlari mavjud. Aniqroq qilib aytganda, materiya, hamma vaqt konkret obektlar ko’rinishida uchraydi.
Materiyaning uchta muhim falsafiy jihati bor. Bular: birinchidan, ,,materiya“ tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligi, ikkinchidan, bu kategoriya obektiv reallikni, moddiy voqelikni ifoda etishi, uchinchidan, materiyani bilish mumkinligining ta’kidlanishidir. Materiyaning bu falsafiy tushunchasi materiyaning muayyan ko’rinishlarini, uning tuzilishi va xossalarini o’rganishda metodologik ahamiyat kasb etadi.
Materiya o’zining mavjudligini behisob xossalari, xususiyatlari orqali namoyish qiladi. Turli xil fanlar bu xususiyatlarni tadqiq etadi. Materiyaning eng umumiy xossa va xususiyatlarini falsafa fani o’rganadi. Buning uchun esa, atrofimizni o’rab turgan moddiy obektlarning tuzilishi va xossalarini bilishimiz kerak bo’ladi.
Borliqning mavjudligi undagi o’zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o’zgarish bo’lmasa, borliqning bor yoki yo’qligi noma’lumligicha qolardi. Har qanday o’zgarish harakatdir. O’zgarishlar na faqat moddiy ob’ektlarga, balki ma’naviy, g’oyaviy ob’ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g’oyaviy) ob’ektning mavjudligi undagi harakat va o’zgarishlar tufayli namoyon bo’ladi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko’rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug’likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat
(hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo’lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan ideal, g’oyaviy, ma’naviy ko’rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo’lib, uning manbai tashqi ta’sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil konsepsiyalarni ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Ioniya maktabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning yo’qligini o’zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o’qi» kabi mashhur aporiya (yunon. aporia ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo’qligini isbotlashga uringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib yetdi. Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash mumkinligini ta’kidlagan.
Fazo va vaqt borliqning umumiy yashash shakllari bo’lib, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o’zaro joylashish tartibi, ko’lami va miqyosini ifoda etadi, vaqt esa dunyoda sodir bo’luvchi hodisa va jarayonlarning roy berish ketmaketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi. O’zbek tilidagi adabiyotlarda arab tilidan kirgan makon va zamon atamalari ham ishlatiladi. Fazo va vaqtning tabiati va mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarlarni ilgari surib kelishadi. Ularni umumlashtirib, ikki yirik konsepsiyaga ajratish mumkin. Bu konsepsiyalar substansial va relyasion konsepsiyalar deb ataladi.
Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning absolyut jihatlari, relyasion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari absolyutlashtiriladi. Substansial konsepsiya tarafdorlari (Demokrit, Aflotun, Eronshahri, Zakariyo ar Roziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler, Mopertyui va boshqalar) fikricha, fazo materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan mustaqil substansiyadir; fazo moddiy ob’ektlar uchun joylashish makoni, u absolyutdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta’sir ko’rsatadi; vaqt munosabatlari absolyutdir, ya’ni vaqt hamma hisob sistemalarida bir xilda o’tadi. Fazo va vaqtni ular mustaqil substansiya deb hisoblaganliklari tufayli bunday yondashuv substansial konsepsiya deb fanga kirgan.

Download 98,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish