2-mavzu. Borliq falsafasi (ontologiya)


Borliqdagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriyalari



Download 98,16 Kb.
bet7/14
Sana02.07.2022
Hajmi98,16 Kb.
#733339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2-мавзага Борлик фалсафаси

Borliqdagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriyalari.


Yakkalik, xususiylik va umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o’rtasidagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo’lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa va hodisalami ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko’pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bodgan, o’zaro o’xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko’pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo’lgan umumiy belgi va
xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarning hammasiga oid belgi yoki xususiyatni ifodalaydi. Chunki, borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan, albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi „xususiylik" kategoriyasida ifodalanadi. ,,Xususiylik“ kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o’rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo’lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo’lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo’lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Axmad —> odam —> tirik mavjudot, nihoyat —> materiya borliq. ,,Borliq“ tushunchasi bu yerda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o’zaro dialektik munosabatda boiadi. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog’langan bo’lib, ular o’zaro aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan bog’laydi, umumiylik esa, yakkaliklardan ajralgan holdabolmaydi, balki yakkaliklarning umumiy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog’lanishlari shaklida har bir yakkalikning o’zida mavjud boiadi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, maium sharoitda yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o’tishi mumkin. Obektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo boiib, so’ngra u o’sib, rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin, bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o’taverar ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo’lishi uchun har bir yakkalik, xususiylik va umumiylik taraqqiyotning asosiy tendensiyasiga mos kelishi shart. Yakkalik, xususiylik va umumiyliklarning o’zaro bog’lanishlarini dialektik nuqtayi nazardan tushunish obektiv voqelikni to’g’ri bilish uchun juda muhimdir. Chunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan umumiylikka borishdan iboratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni ularda ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab yetamiz.

Download 98,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish