«Borliq»kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Moddiyvag’oyaviyborliq.Atrofimizni o’rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan reallik ob’ektivreallikdeyiladi. Bu
tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma’noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog’liq bo’lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi sub’ektivreallikdeyiladi. Ob’ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub’ektiv reallik esa borliqning g’oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g’oyaviy shakli moddiy shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g’oyaviylikning ijodi yoki g’oyaviylikning namoyon bo’lish shaklidir.
Aktualvapotensialborliq.Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo’lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o’tmishga aylanib, uning o’rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo’ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.
Realvavirtualborliq.Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtualesehtimol) borliq deyiladi.
Tabiiyvaijtimoiyborliq.Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig’i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo’lgan. Buni birlamchitabiatdeb ham atashadi; ikkinchisi inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oluvchi xosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchitabiatdeb ham atash mumkin.
Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko’rinishlarini kuzatish mumkin:
ma’naviy borliq individuallashgan va ob’ektivlashgan (individuallikdan tashqaridagi) ma’naviy borliqdan iborat;
sotsial borliq ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig’i hamda jamiyatning borlig’i ijtimoiy borliq.
Olamda nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma’noda
«yaxlitdunyo»nitashkil etadi va uni ba’zan «haqiqiyborliq»deb ham atashadi. Forobiy barcha mavjud narsalarning yig’indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir» va «olamdan tashqarida hech nima yo’qdir» deb hisoblagan. Yaxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim konsepsiyani ko’rsatish mumkin. Ularga monistik,dualistikva plyuralistikkonsepsiyalar kiradi.