2-mavzu. Borliq falsafasi (ontologiya)



Download 98,16 Kb.
bet4/14
Sana02.07.2022
Hajmi98,16 Kb.
#733339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-мавзага Борлик фалсафаси

Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g’oyalar, oy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo’lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat obycktiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog’liq bo’lmagan jismoniy mohiyatga ega bo’lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan lashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo’lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o’ziga qamrab oluvchi o’ta keng tushunchadir. U o’ziga nafaqat obektiv reallikni, balki subektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga: tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig’i va jamiyat borlig’ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig’i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig’i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy tabiat borlig’i (yoki tabiiy tabiat borlig’i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo’lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’i
(«ikkinchi tabiat» borlig’i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig’i esa, o’z navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:

  • inson borlig’i (insonning narsalar olamidagi borlig’i va odamning o’ziga xos bo’lgan insoniy borlig’i);

  • ma’naviy borliq (individuallashgan va obektivlashgan ma’naviy borliq);

  • sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig’i va jamiyat borlig’i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.

Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan, mumkin bo’lgan; realis — haqiqiy, mavjud) — zamonaviy texnika vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yaratiladigan va insonga olamni o’ziga xos idrok etish va anglash imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko’plab fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun’iy borliq» tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo’lsa, Jaron Laner hozirgi kunda keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy muomalaga kiritgan edi. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud barcha narsalarning manbayi inson ongidir. Binobarin, u obektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Borliqning moddiy shakli materiya o’ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo’lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo’nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo’li bo’lib, yuqorida qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo’lidir. Ikkinchi yo’l esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish elementlarini» — substratni axtarish yo’li. Uchinchi yo’l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish yo’li. Mana shu yo’l haqida maxsus to’xtab o’taylik.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga to’g‘ri rivojlanishiga sababchi bo’ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bolgan tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma’nodagi materiya faqat fikrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy obektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy obektlarga xos eng umumiy tushuncha falsafiy kategoriyadir.
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindislon va Xitoyda, Misr va Bobilda, qadimgi O’rta Osiyo va Yunonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tuproqdan iborat deb hisoblashgan.
Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda csa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar ana shu to’rtta unsurning birikishidan hosil bolgan, deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir yo’li narsalarning tarkibidagi bolinmas eng kichik unsurni, ya’ni narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma’nosini anglatadi)ni axtarishdir. Bunday yo’nalishga mansub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bolinmas unsurlar atomlar yotadi, ular o’zlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan.
Albatta bu ta’riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu ta’riflarda ko’proq sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi mumkin bo’lgan reallik nazarda tutilgan. Nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz mansub bo’lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u obektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasavvurlar butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umumlashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan nuqtayi nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia — nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma’noni beradi) deb ataldi.

Download 98,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish