Mohiyat va hodisa. Mohiyat — narsa va hodisalaming ichki eng muhim o’zaro bog’lanishlari, shu bog’lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog’lanishlaming namoyon bo’lish shakli — mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlaming mohiyati, ulardagi modda almashuv jarayoni bo’lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo’lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin, bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko’rinishlarda sodir bo’ladi. Bu ko’rinishlar — hodisalardir.
Mohiyat va hodisa o ‘zaro umumiy va o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar quyidagilardan iboratdir.
Mohiyat — ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu hodisalaming sababi turlicha bo’lsa-da, ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo
zarralarining tebranishidir. Biroq, inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab, u hodisa sifatida yuz bergan narsani fahmlaydi, so’ng uning mohiyatini bila boshlaydi.
Mohiyat — narsalaming ichki aloqadorligi bo’lgani sababli, u chuqur tahlil qilish vg. izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to’g’ridan- to’g’ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi.
Mohiyat bilan hodisa o’zaro birlikda bo’lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt birbiriga aynan mos kelmaydi. Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalaming o’z tabiatidan kelib chiqadi. Mohiyat hodisada yashirin bo’ladi va uni bevosita hissiy organlar orqali bilish mumkin emas. Hodisa — narsalaming namoyon bo’lish shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalaming namoyon bo’lish shakli bo’lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa bo’lib qolgan bo’lur edi. Fanning vazifasi — borliqning ko’pdan-ko’p hodisalari, ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat.
Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko’piklar va uning ostidagi suvning tez oqimiga o’xshatish mumkin. Bundagi daryo suvi harakatining yuzidagi ko’piklar hodisa bo’lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko’piklar ham mohiyatning o’ziga xos ifodasidir.
Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligini, hodisaning o’zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki, mohiyat ham, hodisa ham o’zgarib boradi. Lekin, mohiyat hodisaga nisbatan sekin o’zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega.
Mohiyat va hodisa o’zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo’ladi, ya’ni hodisa mohiyatning u yoki bu holda ko’rinishidir; b) mohiyat va hodisa obektiv xarakterga ega bo’lib, ular inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir; d) mohiyat ham, hodisa ham doimo o’zgarishda va rivojlanishda bo’ladi. Biroq, mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ega bo’lishi bilan birga, mohiyatning o’zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning mohiyatidagi shu ziddiyatlami o’rganadi.
Mohiyat va hodisa bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish fan va amaliyotda ham muhim o’rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim ahamiyatga ega. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik, nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib ‘ keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |