2-mavzu. Borliq falsafasi (ontologiya)



Download 98,16 Kb.
bet11/14
Sana02.07.2022
Hajmi98,16 Kb.
#733339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-мавзага Борлик фалсафаси

Mazmun va shakl. Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol oynaydi.
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki shu hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar o’zgarishlarining majmuyidan iborat.
Shakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo’la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki
hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo’lgan ikki tomonidir.
Obektiv olamda narsa va hodisaga oid bo’lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo’q. Aksincha, faqat muayyan mazmun va shakl birligiga ega bo’lgan narsalar va hodisalargina mavjuddir. Bunda hamisha muayyan mazmun, muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo’ladi.
Borliqdagi har bir narsa va hodisa mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud bo’lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol oynaydi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalar o’zlarining paydo bo’lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog’lanishlarda boMishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo’ladi. Ularning o’zaro bunday aloqadorligi sababiy bog’lanish deyiladi. Bu sababiy bog’lanishda har bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo’llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo’llarimiz qiziydi. Bu yerda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo’lib turibmiz. Lekin, bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Demak, ishqalanish — sabab, issiqlik
oqibat bo’lmoqda.
Odatda, borliqdagi har bir hodisaning paydo bo’lishida, rivojlanishida o’z sababi bo’ladi va, ayni vaqtda, muayyan oqibatni namoyon qiladi. O’z navbatida, bu oqibat boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ulami umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda alohida-alohida tekshirishimiz lozirm Bunday holda bir-biri bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi pqibat tarzida ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Sabab bilan oqibatning o’zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog’lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi ,,sababiyat“ kategoriyasining paydo bo’lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo’lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo’ladi.
Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o’z sababi bor. „Shamol bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi“, deydi xalqimiz. Aniqroq qilib aytganda, kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo’ladi, degan tasawur ulaming amaliyoti asosida kelib chiqqan.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin, borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog’lanishda bo’lavermaydi. Masalan, qishdan so’ng bahor, bahordan so’ng yoz, yozdan so’ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog’lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning roy berishi Yerning Quyosh atrofida o’z holatini o’zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo’ladi.
Odatda, sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan oldin sodir bo’ladigan biror hodisa yoki voqea bo’lib, u o’z mohiyati bilan oqibat
sifatida roy bergan hodisaning haqiqiy va asosiy sababi bo’la olmaydi. Bunda bahona sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki bo’lishi, oqibatning sodir bo’lish jarayonini tezlatuvchi omil rolini oynashi mumkin. Masalan, bunga Rossiya Federatsiyasida 1991-yil 19-21-avgustdagi davlat to’ntarishi qilishga uringan Favqulodda davlat komitetining faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bu o’rinda sobiq Ittifoq yemirilishi, uning o’miga yangi mustaqil davlatlar paydo bo’lishining sabablari butunlay boshqa narsalar edi.
Borliqdagi sababiy bog’lanishlaming murakkab zanjirida zaruriy va tasodifly aloqadorliklar ham muhim rol oynaydi.
Bunday aloqadorliklarni ,,zaruriyat“ va „tasodif’ kategoriyalari ifodalaydi.

Download 98,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish