Chet tillarini o'qitishda og'zaki nutqni rivojlantirish



Download 42,5 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi42,5 Kb.
#462533
Bog'liq
Abdullayeva Yulduz Saidmurod qizi


CHET TILLARINI O'QITISHDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Abdullayeva Yulduz Saidmurod qizi
Ilmiy rahbar: Abdusalamov Hiloliddin
Samarqand davlat chet tillari instituti
2-kurs xorijiy til va adabiyoti fakulteti talabasi


Annotatsiya: Lug`at ustida ishlash yozma nutqni o`stirishning boshlang`ich nuqtasidir. Lug`at sostavidagi so`zlar grammatik qonuniyatlar asosida o`zaro birikib, ma`lum kommunikativ funktsiyani bajaradi.
Kalit so’z: malaka, texnika, monolog, Matn mazmuni
Lug`at boyligi qanchalik yaxshi o`zlashtirilsa, kishining og`zaki va yozma nutqi shunchalik boy bo`ladi. Turli ko`chirib yozuvlar yozma nutq malakasini hosil qilishning bir vositasi bo`lib, yozuv texnikasini puxta egallashga va yozma ishlarning mazmunli bo`lishiga, badiiy uslubni aniqlashga muhim yordam beradi. Ko`chirib yozuvlar, asosan, tubandagilar:

  1. Badiiy asarlardai peyzaj va portret tasvirini ko`chirib yozish.

  2. Asar qatnashchilari nutqidan monologlar tayyorlash
    maqsadida ko`chirish.

3. Yodlash, deklamatsiya kilish uchun she’rlar yoki undan parchalar ko`chirish.
Dialoglarni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, badiiy asarlardagi dialoglarni ko`chirish va ularni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, bog`lanishli yozma nutqni o`stirishga katta yordam beradi. Bunday mashq ijodiy fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar tuzishga yordam beradi.
Syujetli she`riy asarlarning mazmunini hikoyaga aylantirib yozish.
Ko`pgina syujetli she`riy asarlar mazmunini xotirada saqlab qolish uchun ularning mazmunini nasrga aylantirib yozish ham muhim ahamiyatga egadir. Bu yozma nutq sohasida o`ziga xos ijodiy mashq hisoblanadi. Masalan, A.Navoiyning «Yolg`onchi» she`riy masali mazmunini nasriy yo`l bilan yozish mumkin.
Savollarga javob yozish o`quvchini bayon va insho yozishga tayyorlaydi, badiiy asar mazmunini chuqur o`zlashtirishga, ularni analiz qila olish qobiliyatining takomillashishiga yordam beradi. Savollarga mumkin qadar sitatalar bilan javob yozish, savolning talabidan kelib chiqib, g`oyat muhim bo`lgan masalalarga diqqat qilish lozim.
Matn mazmunini qisqartirib, yozish kishidan ancha chuqur o’ikrlashni, ma`lum darajada malaka va tajribani talab qiladi qisqartirib yozish uchun katta hajmli badiiy asarlar tanlanadi va tubandagilarga e`tibor berish talab qilinadi:
1.Avvalo, asar to`liq o`qib chiqiladi.
2.G`oyat ahamiyatli o`rinlari belgilab olinadi va homaki reja tuziladi.
3. Reja asosida asar mazmuni qisqartirib yoziladi:
Matn mazmunini kengaytirib yozish ham ijodiy yozma ish turlaridan biridir. Shu bilan bir qatorda, xalq maqollari mazmunini kengaytirib yoki uni biror matnga bog`lab yozish eng yaxshi usullardandir.
Diktant o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda muhim ahamiyatga egadir. Diktant yozish og`zaki nutqini yozma nutqqa ko`chirishning o`ziga xos turidir.
Bayon- yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo`lib, o`quvchining nutq malakasini takomillashtirishga yordam beradi. Bayon yozishda yozma nutqni o`stirish bilan birga, matnning g`oyaviy, ta`lim-tarbiyaviy, ma`rifiy tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi.
Insho mustaqil yoritilgan o`ziga xos ijodiy asar bo`lib, yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi.
Inshoning barcha turlari ta`limiy maqsadni ko`zda tutgani holda, talabalarning nutqini o`stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozma nutq og`zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladi. U o`z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi. O’ikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og`zaki nutqdan ravondir.
Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Bu talablar nutqning asosiy
sifetlarn, xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to`g`riligi,
mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi, va
maqsadga muvofiqligidir.
1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi».
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir.
Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.
Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo
Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta.
Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan
to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l
qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va
kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarni ularga bog’lanish
qonuniyatlari tushuniladi.
2. Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka
mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim
fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G’arb
mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq
sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar
nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz
«Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya
qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar
gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini
bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi.


Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi.
Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. ”So’zlardagi imlo qoidalari” 2020

  2. ” Grammatik norma” 2016

  3. ” syujetli she`riy asar” 1997

Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish