Qorailonsimonlar (Viperidae) oilasiga 210 ta tur kiradi. Ular zaharli, zahar tishlarining ichida nayi bo'ladi. Qorailonsimonlar oilasining vakillari Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Ularning gavdasi yo'g'on, boshi uchburchak, dumi qisqa va yassi bo'ladi. Qorailonsimonlar oilasining tipik vakillariga MDHda, shu jumladan, O'zbekistonda tarqalgan cho'l qora iloni (Vipera ursini), Amerika chinqiroq iloni (Crotalus horridus), O'rta Osiyoda keng tarqalgan oddiy qalqontumshuq ilon (Ancistrodon halis), O'rta Osiyoda hamda Kavkazda tarqalgan ko'lvor ilon (Vipera lebetina), O'rta Osiyoning janubida va Afrikada yashaydigan qum charx iloni (Echis carinatus) kiradi (1 12-rasm).
Oddiy cho'l qora iloni tuxumdan tirik tug'ib ko'payadi, 3 tadan 17 tagacha tuxum qo'yadi. Ular yer ostidagi uyasida to 'p - to 'p bo'lib qishlaydi. Cho'l qora ilonlarining zahari birmuncha kuchsiz ta`sir qiladi. Kasalmand va nimjon odamlami chaqqanda, kasallik og'ir kechadi. Chaqqan joyi qattiq og'riydi. Bu ilonning usti to'q kulrang bo'lib,
qoramtir xollari bor, ular nisbatan mayda, uzunligi 70-80 sm atrofida bo'ladi. Oddiy cho'l qora iloni MDHda, shu jumladan, O'zbekistonda ko'proq Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qirg'oqlarida yashaydi. Ular, shuningdek, Chirchiqda, Tyanshanda va Sirdaryoda sholipoyalar atrofida uchraydi. Kechasi ovga chiqadi, asosan sichqon, kalain ush , ba’zan qushlar, kaltakesaklar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ko‘lvor ilonning uzunligi 120 sm dan 2 m gacha boradi. 0 ‘zbekistonda, asosan Nurota, Zarafshon, Turkiston, Hisor va Ko‘hitang togiarida hamda tog‘ etaldarida uchraydi. Bu ilonning ustl-ti tomoni kulrang va ko'kimtir bo'ladi.
Ко‘Ivor ilon ko'pincha, kechasi ovga chiqadi. Mayda qushlar, kemiaivchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Odamga duch kelganda harakatsiz yotadi, zahari juda xavfli. Odam va hayvonlarni chaqqanda halok bo'lishi mumkin.
Qum charx iloni Respublikamizning janubiy hududlarida cho‘llarda va tog' etaklarida ko'plab uchraydi, uning uzunligi 80—90 sm keladi.Rangi sarg'imtir qum rangida bo'ladi. Charx ilon bezovta qilinsa, bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachalari bir-biriga ishqalanib, tegirmon toshining ishqalanishiga o'xshash ovoz chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon deb nom berilgan. Charx ilon ham faqat tunda ovga chiqadi. Yosh charx ilonlar, asosan umuitqas iz hayvonlardan chayon, chigirtka, ko‘poyoqlar bilan oziqlansa, voyaga yetganlari esa kemiruvchilar, kaltakesaklar, baqa va zaharsiz ilonlar bilan oziqlanadi. Charx ilon 3 tadan 15 tagacha tirik bola tug'adi- Charx ilon ham zaharli, lekin uning zahari odamga unchalik kuchlita`sir qilmaydi.
Oddiy qalqontumshuq ilon MDHda, asosan Janubiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kavkazda, O'rta Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda Toshkent va Samarqand viloyatlarida hamda Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida uchraydi. Uning uzunligi 60—70 sm atrofida bo'ladi. Qalqontumshuq ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'tariladi. Kasai odam 10—15 kundan keyin tuzala boshlaydi. Qalqontumshuq ilon ham kuchli zaharli, lekin odamni chaqqanda o'lmaydi.
Afrikada yashaydigan mamba degan ilon o`ta zaharli hisoblanadi. Bir chaqishda 5 ta ho'kizni va 3 ta otni zaharlab o'ldirishi mumkin.
Zaharli ilonlar chaqqanida chaqqan odamni harakatlantirmaslik kerak.Jarohatlangan joydan zaharni qo'l bilan siqib yoki og`iz bilan so'rib chiqarib tashlanadi. Zaharlangan odamga ko'p miqdorda qora choy yoki kofe ichiriladi.
Ma`lumki, mochevina zaharni parchalash xususiyatiga ega . Shuning uchun ilon chaqqan joyni tezda mochevina bilan yuvish kerak . Shuningdek, jarohatlangan joyga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho'llangan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki choralar koTilgandan so`ng bemorni tezda yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borib zaharga qarshi zardob yuborish yo'li bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |