2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja


Ko‘r ilonlar (Typhlopidae)



Download 229 Kb.
bet27/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Ko‘r ilonlar (Typhlopidae) oilasiga 170 dan ortiq tur kiradi. Ko‘r ilonlar asosan Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydi. MDHda Kavkazortida, O‘rta Osiyoda, jumladan, O'zbekistonning tog' mintaqasida yomg'ir chuvalchangiga o'xshash chuvalchangsimon ko'rilon (Typhlops vermicularis) uchraydi. Uning uzunligi 30 sm gacha boradi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko'rilonlarning gavdasi silindr shaklda bo'lib, yo'g'onligi deyarli bir xilda, gavdasi bir xildagi silliq tangachalar bilan, boshi esa qalqonchalar bilan qoplangan.Chanoq kamari rudimenti bor. Ular bog' va tokzorlarda yashaydi.Ko'r ilonlar yer ostida hayot kechirishga moslashib, ko‘zlari murtak holida terini tagida yashiringan. Og'zi juda kichkina. Ular boshqa ilonlarga o'xshab og'zini katta ocholmaydi va chaqmaydi, faqat tilini chiqarib yalaydi. Ko'r ilonlar tuxum qo'yib ko'payadi.
Soxta oyoqlilar yoki bo‘g‘ma ilonlar (Boidae) oilasiga eng yirik ilonlar kiradi. Bu oilaning 85 ta turi bor. Bo‘g'ma ilonlar gavdasini halqa qilib o'ljasini o'rab olib bo'g'ib o'ldiradi, shu sababli ham ularga bo'g'mailonlar deb nom berilgan. Bo'g'ma ilonlarning og'zida 6 qator joylashgan 100 tagacha tishlari bor, zaharli tishlari yo'q. Ular ozuqasini yutgandan keyin ovqat hazm bo'lguncha (4-5 kun) juda bo'shashib passivlashadi va qumga ko'milib oladi. Bo'g'ma ilonlar ochlikka juda chidamli, ayrimlari 570 kun va hatto 3 yilgacha ochlikka chidaydi.
Bo'g'ma ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi. Ular 100 tagacha tuxum qo'yadi yoki 100 tagacha tirik bola tug'adi, 5—6 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Tutqunlikda 28 yil urnr ko'radi. Bo'g'ma ilonlarning uzunligi 50 sm dan 10 m gacha
110-rasm. Bo‘g‘ma ilon orqa oyoq kamarining skeleti:
1 — yonbosh suyagi;
2 — son suyagining rudiment

boradi. Bu ilonlarning murtak holdagi orqa oyoqlari va mdiment holdagi chanoq Kamari saqlangan (110—111 rasmlar).Bo‘g‘ma ilonlar oilasi vakillari, asosan Sharqiy va G'arbiy yarimsharlarning tropik viloyatlarida tarqalgan. Bit necha turigina O‘rta Osiyo va Kavkazning subtropik va cho‘l hamda sahrolarida uchraydi. Tipik vakillariga Janubiy Amerikada yashaydigan va uzunligi 5—6 m ga boradigan oddiy bo'g‘mailon (Boa constrictor), uzunligi 10 m dan ortiq (11,43 m) anaconda (Eunetes murinus), Janubi-Sharqiy Osiyoda yashovchi va uzunligi 10 m gacha yetadigan to‘rli piton (Python reticulatus), O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yashovchi sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus) va Kavkazda tarqalgan g‘arb bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx jaculus) kiradi.


O‘zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amudaryoning qumli qirg'oqlari bo‘ylab sharq bo‘g‘ma ilonchasi tarqalgan, uzunligi 60 sm dan 1m gacha boradi va bu ilon kaltakesaklar, kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi.
O`ljasini boshqa bo'g'ma ilonlar singari tanasi bilan o ‘rab olib bo‘g‘ib oMdirib, so‘ngra yutadi. Anakondaning og‘irligi 120 kg gacha boradi, terisi, go'shti va yog‘i uchun ovlanadi. Bo‘g‘ma ilonlar tunda faol boMadi, kunduzi kemiruvchilar inida yoki qumga ko'milib yashirinadi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish