2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja



Download 229 Kb.
bet1/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza


2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi.
Reja:
1.Sudralib yuruvchilarning haqiqiy quruqlik hayvoni sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.
2.Sudralib yuruvchilarning ba’zi vakillarining ikkilamchi tarzda suv muhitiga tushishi sabablari.
3.Sudralib yuruvchilarning skelet tuzilishi.
4.Sudralib yuruvchilarning organlar sistematikasi.
5.Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi.


Mavzuga oid tayanch so‘zlar va iboralar
Anamniya, amniotalar, epidermis, prostel, amfistel, metamer, multak, allantaus, neopolmum, yakobsan organi, ganoq buyragi, nefran, venoz sinus, bo‘yinturuq vena, stegostefallar, gatteriya, psevdozuxiya, iguanodonlar, tristeratops, stegozavr.

Reptiliyalar quruqlikka chiqqan hayvonlar bo‘lgani uchun tuzilishda yashash sharoitiga mos belgilarni vujudga keltirgan.


Teri qoplami: Amfibiyalar teri qoplamidan tubdan farq qiladi. Epidermisning ustki qismi hamma vaqt shox moddaga aylanib turadi va to‘kilib tushadi. Uning regeneratsiyasi epidermisning ostki tirik qismi hisobiga bo‘ladi, tashqaridan teri shox qalqonchalar bilan qoplangan, epidermisning shox hosil qilishi va shox o‘simtalarining bo‘lishi hayvonni qurib qolishdan himoya qiluvchi muxim moslanishdir. Biroq reptiliyalar terisidan suv o‘tmaydi degan fikr noto‘g‘ri. Cho‘l zonasida yashovchi reptiliyalar suvni terisi orqali kam bug‘lantiradi, lekin timsohlarda esa nam yo‘qotilishining 75% teri orqali bo‘ladi. Reptiliyalar terisi tanaga jips yopishgan bo‘lib, amfibiyalardagi singari teri osti limfa qavatini hosil qilmaydi. Reptiliyalarda teri bezlari deyarli yo‘q.
Kaltakesaklar son qismining chekkasida qator teshiklar joylashgan bo‘lib, urchish davrida ulardan ipsimon shilimshiq massa chiqadi, teri bezlari timsohlarning voyaga yetmaganlarida rivojlangan bo‘lib, pastki jag‘larida va kloaka atrofida joylashadi. Ilonlarda ham teri bezlari boshlang‘ichi bo‘ladi, toshbaqalarda nisbatan yaxshi rivojlangan.
Umurtqa pog‘onasi: Ko‘pchilik vakillarida umurtqalar prostel, tuban formalarida esa amfistel tipda. Umurtqa pog‘onasi reptilyalarda nisbatan harakatchan va qismlarga bo‘lingan. Ular to‘rt bo‘limdan: bo‘yin, bel va ko‘krak, dumgaza hamda dum qismlardan iborat. Kaltakesaklarning bo‘yin qismida umurtqalarni soni 8 ta, bu amfibiyalarga nisbatan ko‘proq umurtqalardan tashkil topganidan emas, balki oldingi ikkita umurtqaning o‘ziga xos tuzilganligidandir. Atlant deb ataluvchi 1-bo‘yin umurtqasi pay yordamida ostki va ustki qismlarga bo‘lingan suyak xalqa shaklida bo‘ladi. Yuqorigi teshik bosh miya bilan orqa miyaning qo‘shilishi uchun xizmat qiladi. Ostki qismiga 2- bo‘yin umurtqasining tilsimon o‘simtasi kiradi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismining bunday tuzilishi boshning harakatchanligini ta’minlaydi. Kaltakesaklarda bel va ko‘krak qismi 22 ta umurtqadan iborat. Ularning hammasida qovurg‘alar bo‘lib, oldingi 5 ta umurtqa qovurg‘alari to‘sh suyagi bilan qo‘shilib ko‘krak qafasini hosil qiladi. Ilonlarda to‘liq ko‘krak qafasi va to‘sh suyagi bo‘lmaydi. Kaltakesaklar to‘shi tog‘ay bo‘lib, embrional davrda ko‘krak qovurg‘alarining uchlari o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Dumg‘aza qismi 2 ta umurtqadan iborat. Ularning ko‘ndalang o‘simtalariga chanoq suyagi qo‘shiladi. Dum qismi bir necha 10 ta umurtqalardan iborat. Dumning oldingi umurtqalari boshlang‘ich qovurg‘alarning o‘simtalariga ega. Dumning oxirgi qismidagi umurtqalar o‘simtalarini yo‘qotib tayoqsimon shaklga kiradi. Dum umurtqalari hamma tanasi suyakka aylanmagan qavat yoriqlarida ikkiga, oldingi va orqa tomonga bo‘linadi. Dum uzilgan vaqtda uzilish 2 ta umurtqa orasida emas, balki dumning biron umurtqaning aytilgan qavatlari orasidan bo‘linadi. Uzilish dum qismida bir-biriga qonussimon joylashgan maxsus muskullarning qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi.
Bosh skeleti: Bosh skeleti birlamchi tog‘ay skeletining deyarli to‘liq suyakka aylanishi, bosh skeleti qopqog‘ini, yonini va tubini shakllantiruvchi ko‘p teri-suyak hosil qilish bosh skeletning umumiy xususiyatlaridir. To‘rtta bir xil nomli suyakdan tashkil topgan ensa qismida bitta ensa o‘simtasi bo‘lishi harakterlidir. Eshitish kapsulasi atrofi 3 juft quloq suyaklaridan tashkil topgan. Chakka atrofida pastki jag‘ning miya qutisiga qo‘shilishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan tangachasimon suyak hisoblanadi, miya qutisining qopqog‘i juft burun, peshona oldi, tepa va toq tepaaro suyaklardan tashkil topgan.
Bosh suyagining osti juft tanglay, qanotsimon, kvadrat suyaklardan iborat. Yelka va chanoq kamari harakat organlari skeleti amfibiyalardan farq qilmaydi.
Muskulaturasi: Besh barmoqli oyoqning rivojlanishi, bo‘yin qismining paydo bo‘lishi, tanasining qismlarga bo‘linishi, muskul sistemasini murakkablashishiga sabab bo‘lgan. Nafas olishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qovurg‘alararo muskulaturaning paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega, muskullarning metomer joylanishi yo‘q.
Hazm qilish organlari: Takomillashishi, hazm qilish yo‘lining qismlarga bo‘linishi va bir necha yangi qismlarning hosil bo‘lishi bilan harakterlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i tomoqdan ajralib turadi. Og‘iz bo‘shlig‘ining tubida haraktchan uzoqqa otilib chiquvchi muskulli tili bor. Ilonlar va ko‘pchilik katakesaklarning tili uzun va uchi ayri bo‘ladi. Tishlari amfibiyalarga xos, ular yuqori jag‘, jag‘aro, qanotsimon va pastki jag‘ suyaklarida joylashgan. Oshqozoni aniq ko‘rinadi va kuchli muskullarga ega. Ingichka va yo‘g‘on ichak orasida boshlang‘ich ko‘richak joylashgan. O‘txo‘r toshbaqalarda ko‘richagi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Oshqozon osti bezi va jigarda o‘t pufagi bo‘lib, uning yo‘li oshqozon osti bezi yo‘li ochiladigan joyga ochiladi.
Nafas olish organlari: Reptiliyalarda suvda yashovchi lichinka bo‘lmasligi bilan amfibiyalardan farq qiladi. Embrion rivojlanish davrida jabra apparati shakllanmaydi va tuxumda joylashgan murtak, allontois va sariqdon xaltasining qon tomirlari orqali nafas oladi.
O‘pkasi amfibiyalarga o‘xshash xaltasimon, ammo o‘pka devorining ichki tomoni ko‘p katakchalariga bo‘linuvchi murakkab to‘siqlar sistemasi hosil bo‘lganligi tufayli ichki bo‘shlig‘i ancha kichik, bu xolat timsoh va toshbaqalarda yaxshi rivojlangan, gatteriyada o‘pka bo‘shlig‘i xali uncha katta emas. Nafas olish yo‘llarining murakkablashishi harakterlidir. Xiqildoq yorig‘i toq uzuksimon va juft cho‘michsimon tog‘ay bilan saqlanib turuvchi xiqildoq kamerasiga ochiladi.
Xiqildoqdan uzun traxeya o‘pkalarda boruvchi ikkita bronxga bo‘linadi. Nafas olish mexanizmi amfibiyalardan farq qilib, og‘iz orqali yutilmay qovurg‘alar yordamida o‘pkaga tortiladi va qisib chiqariladi. O‘pka veltilyastiyasining tezligi xavo haroratiga bog‘liq. q 15 gradusda 26 marta, q 25 gradusda 31 marta,q35 gradusda 37 marta nafas oladi.
Nerv sistemasi: Katta yarim sharlar nisbatan katta bo‘lib kulrang miya moddasidan iborat po‘stlog‘i bor, biroq u hali unchalik rivojlanmagan va oldingi miyaning quyi qismi yo‘l-yo‘l tanachalardan iborat. Oldingi miya yarim sharlar rivojlanganligi tufayli oraliq miya deyarli ko‘rinmaydi. Tepa organ va epifiz, miyacha yaxshi rivojlangan. Uzunchoq miya vertikal sathda bir oz egilishni hosil qiladi. Bosh miya qismlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, katta yarim sharning kulrang qopqog‘i ikkilamchi miya gumbazi - neopalliumning hosil bo‘lishi harakterlidir. Shuning uchun nerv reflektor faoliyatlari ancha murakkablashgan.
Sezgi organlari: Reptiliyalarda sezgi organlari amfibiyalarnikiga nisbatan quruqlikda yashashga anchagina mos keladi. Mexanik taa’surotlar tangachalar ustida joylashgan sezish tukchalari va epidermis ostida joylashgan sezish dog‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan sezuvchi yon chiziqlar bo‘lmaydi.
Hidlash organlari: Hidlash yo‘li o‘rta qismning ostki, nafas olish, ustki va asosiy hidlash qismlariga differenstiyalanishi muximdir. Bundan tashqari og‘iz tepasidan chiquvchi, uchi berk ilonizi bo‘shliq - Yakobsan organi bo‘ladi, u og‘izdagi ovqatlarning hidini sezadi deb hisoblaydilar. Tili bilan ham paypaslab ko‘radi, keyin og‘ziga tortilgan til yordamida narsa zarrachalari og‘ziga soladi va ta’m Yakobsan organi orqali seziladi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish