Nafas olish organlari. Kaltakesaklarning nafas yo'li tashqi burun teshigidan boshlanadi. So'ngra havo ichki burun teshigi-xoana orqali og'iz bo'shlig'iga kiradi. Og'iz bo'shlig'idan keyin uchta tog'aydan
Kaltakesakning ichki tuzilishi:
1 — qiziio'ngach; 2 — oshqozon; 3 — ingichka ichak; 4 — yo'g'on ichak; 5 — kloaka;
6 — jigar; 7 — o't pufagi; 8 — oshqozon osti bezi; 9 — traxeya; 10 — chap o'pka;
11 — yurak; 12 — aorta yoyi; 13 — uyqu arteriyasi; 14 — o'pka arteriyasi; 15 — keyingikovak vena; 16 — vena sinusi; 17 — urug'don; 18 — urug' yo'li; 19 — buyrak; 20 — qovuq;
21 — taloq.
tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog‘langan. Og‘iz bo‘shlig‘idagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi — traxeyaga o'tadi, traxeyadagi talaygina tog‘ay halqalar uning puchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Traxeya oldin tomoq, so'ngra ko‘krak bo'shlig'idan o ‘tib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay — bronxga bo'linadi. Bu nayning har qaysisi o'ziga tegishli o'pkada tarmoqlanadi, ilonlarda chap o'pka pallasi bo'lmaydi. O'pka va nafas olish yo'llarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. O'pka qopcha shaklida bo'lib, uning ichki devori asalari uyasiga o'xshash mayda-mayda murakkab to'siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko'krak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir bo'ladi. Sudralib yuruvchilarning tuxum ichida rivojlanayotgan embrioni ontogenezida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning lichinkalik davriga mos keladi, ya'ni jabra yoriqlari hosil bo'Isa ham jabra apparati shakllanmaydi, tuxumda bo'lgan murtak allantois va sariqlik xaltasining qon tomirlari orqali nafas oladi. Voyaga yetgan sudralib yuruvchilar terisi shox qatlam bilan qoplanganligi uchun faqat o'pka orqali nafas oladi. O'pka tashqi tomondan xaltasimon tuzilishini saqlagan bo'Isa ham, ularning ichki tuzilishi amfibiyalarnikiga nisbatan murakkab bo'ladi. Kaltakesak va ilonlarning o'pka xaltasi ichki devori burmali va chuqurchali tuzilishga ega bo'lib, bu nafas olish yuzasini kengaytiradi. Toshbaqa va timsohlarda o'pkaning ichi xuddi qushlarnikidek bulutsimon (kovakli) tuzilishga ega bo'ladi.
Xameleon, ba'zi kaltakesaklar va ilonlarda o'pkaning pastki qismi barmoqsimon o'simtali bo'ladi, lekin bu o'simtalarda gaz almashinishi bo'lmaydi. Bu o'simtalardagi havo pishillash samarasini oshiradi, sho'ng'ishda va qizilo'ngachda uzoq vaqt oziq o'tishida gaz almashinishini yengillashtirishda yordam beradi. Nafas olish akti qovurg'alararo va qorin muskullari yordamida ko'krak qafasining kengayishi va torayishi orqali yuzaga keladi. Nafas olish aktida, ayniqsa, toshbaqalarda yelka va chanoq muskullari ishtirok etadi. Toshbaqalarda yana og'iz-halquni orqali havoni yutish mexanizmi saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |