2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja



Download 229 Kb.
bet22/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Agamalar (Agamidae) oilasining 34 ta urug'i va 350 dan ortiq turlari bo'lib, kichik va o'rtacha kattalikdagi kaltakesaklardir. Bu oilaga kiaivchi kaltakesaklarning boshi uchburchak yoki yumaloq shaklda, boshi ustida bo'rtmacha va mayda tangachalari bor, yerda yashovchilarining gavdasi yapaloqlashgan, daraxtda yashovchilarining gavdasi esa ikki yonidan siqilgan, oyoqlari boshqa kaltakesaklarnikiga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan.
Ba’zi vakillarida yelkasi va dumi ustida shox o ‘simtalardan toj hosil bo`ladi, tili yo'g'on bo`lib, tashqariga sal chiqib turadi. Tomog`ida ko'ndalang bo'rtma qatlam bor, tishlari jag`ning qirrasiga o'rnashgan.Jag`laridagi tishlari kurak, qoziq va oziq tishlarga bo`lingan bo`lsada, ular faqat ovqat tutish uchun xizmat qiladi.
Agamalar vakillari Afrika, Osiyo, Avstraliyaning cho'l va sahrolarida yashaydi. Ayrim turlari togMi hududlarda va tropik o'rmonlarda ham uchraydi. Agamalar kunduzi faol, qorong`i tushganda yashirinib oladi. Ular, asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. O'zbekistonda 12 ta turi uchraydi. Tipik vakillariga Qizilqum va Qoraqum cho'llarida yashaydigan cho'l agamasi (Agama sanguinolenta), 4300 m qoyalarga ko'tariladigan Turkiston agamasi (Agama lahmonni), ko'chma qumlarda yashaydigan qizilquloq (Phrynocephalus mystaceus), Kavkaz agamasi (Agama caucasicus), Dog'iston, Kavkaz va O'rta Osiyoda qumli sahrolarda uchraydigan qum to'garakboshi (Phrynocephalus interscapularis), taqir to'garakboshi va matrap to'garakboshi kiradi. Avstraliyada plashli kaltakesak va Janubiy Osiyo o'rmonlarida (Hindiston) g'alati agamalardanuchar ajdar (Draco volans) uchraydi. Bu agamalar tanasining yon tomonlarida joylashgan, soxta qovurg'alari yordamida saqlanib turuvchi va parvoz qilish imkonini beruvchi pardalari bo'lishi bilan xarakterlanadi. Uchar ajdarlar, asosan daraxtlarda yashab, bir daraxtdan ikkinchi daraxtga 20—60 m gacha sakrab uchib o'tadi.
Iguanalar (Iguanidae) oilasiga 700 ga yaqin tur kiradi. Ular tashqi ko'rinishidan agamalarga o'xshaydi. Uzunligi 10 sm dan 1,5 m gacha boradi. Boshining usti mayda qalqonchalar bilan qoplangan, yelkasida esa ko'ndalangiga qator bo'lib o'rnashgan tangachalari bo'ladi. Ko'z qovoqlari bo'rtib chiqqan, nog'ora pardalari ko'rinib turadi. Oyoqlari uzun, yaxshi taraqqiy etgan beshta barmog'i bor. tili qisqa, yo'g'on va uchi biroz ikkiga ajralgan.
Iguanalar tog‘, o'rmon, dasht va sahrolarda yashaydi. Ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi. Ular ham boshqa kaltakesaklarga o'xshab, asosan hasharotlar bilan, ayrim turlari esa o'simliklar bilan oziqlanadi. [guanalarning go'shti va tuxumi mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi.
Iguanalar tuxum qo'yish va tuxumdan tirik tug'ish yo'li bilan ko'payadi. Tipik vakillariga iguana (Iguana juverculata), frinozoma (Phrynosoma cornutum), qiziltomoq anolis va boshqa turlari kiradi.
Ular Amerikada, Madagaskarda, Polineziyaning ba’zi orollarida yashaydi. Avstraliyada iguanalarning harorati suvdan tashqarida toshlar ustida turganda +35cC gacha ko'tariladi. Suv ostida esa +15°C gacha tushib ketadi. Iguanalar suv ostida 15—19 m gacha chuqurlikka tushib,toshlarga yopishgan suvo`tlari bilan oziqlanadi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish