2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja


Xamelionlar kenja turkumi (Chameleontes)



Download 229 Kb.
bet6/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Xamelionlar kenja turkumi (Chameleontes). Bular asosan daraxtlarda yashashga moslashgan. Yuksak darajada ixtisoslashgan kaltakesaklarga yaqin bo‘lgan reptiyalardir. Uzunligi 23-25 sm, kattalari 50-60 sm, maydalari 3-5 sm bo‘ladi. Tanasi yon tomonidan siqilgan, orqasida o‘tkir kili (qirrasi) bor. Oyoqlari uzun tirmashib yurishga moslashgan barmoqlari o‘zaro qo‘shilib o‘sib, bir biriga qarama-qarshi joylashgan. Panjalari ombur shaklini hosil kiladi. Ular daraxt shoxlarini mahkam ushlashga moslashgan bo‘ladi. Dumi uzun va ushlash qobiliyatiga ega. Ko‘rish organlari o‘ziga xos tuzilgan. qovoqlari qalin qavariq mayda tangachalar bilan qoplangan. Chap va o‘ng ko‘zining har qaysisi alohida harakat qilish qobiliyatiga ega. Bunday holat ko‘rish maydonini kengaytiradi va hashoratlarni ovlashda muxim ahamiyatga ega. Turli ta’sir ostida teri pigment hujayralarining joy almashtirishi natijasida rangi o‘zgarishi yaxshi aniqlangan. Ularning bitta oilasi bo‘lib, uning turlari Madagaskarda, Afrikada, Kichik Osiyoda, Xindistonda va Janubiy Ispaniyada keng tarqalgan.
Ilonlar kenja turkumi (Ophidia serpentis). Bular daraxtlar, butalar orasida o‘rmalab yurishga moslashgan oyoqsiz tangachalilardir. Ilonlarning jag‘ apparati chap va o‘ng tomonining harakatchan qo‘shilishi, harakatsiz qovoqlari va nog‘ora pardasi, yelka kamarining bo‘lmasligi bilan oyoqsiz kaltakesaklardan farq qiladi. Tanasi shox tangacha va qalqonlar bilan qoplangan. Teri bezlari (suv ilonlarning ayrim turlaridan tashqari) yo‘q. Tanadan terining eski qavatlari ajralib ag‘darilgan paypoq singari tushib qoladi. Tullash vaqtida qo‘shilgan qovoqlar terisi ham tushadi. Shuning uchun tullagandan keyin ilonlarning ko‘zi tiniq bo‘ladi. Harakat holatiga qarab umurtqalar soni 140-435 tagacha bo‘ladi. Ularning qo‘shilish suyagi bir xil bo‘lib, qo‘shilish suyagidan boshqa yuqori yoylaridan o‘rta o‘simta ham bo‘ladi. Bu tuzilish tez va o‘rmalab yurishda katta ahamiyatga ega. Umurtqalarda erkin tugallanuvchi qovurg‘alar mavjud. Qovurg‘alar harakati tananing ancha murakkab harakatini ta’minlaydi. Harakatchan qo‘shilgan jag‘ apparati va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tanglay qanotsimon va tangachasimon suyaklar mavjud bo‘ladi. Yutish mexanizmi chap va o‘ng suyaklarining galma-gal harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Ilonlar turining soni 2300-2500 tagacha yetadi.
U hamma joyda tarqalgan. Olovli Yerda, Yangi Zelandiyada va Polineziyaning qator orollarida ilonlar yo‘q.
Bo‘g‘ma ilonlar (Boidae) eng yirik ilonlar kirsa ham turlari orasida ancha maydalari, uzunligi 1m ga yetadiganlari ham bor. Amerikada uchraydigan oddiy piton (Boa constrictor) uzunligi 5-6 m. O‘rta Osiyoda uzunligi bir metr bo‘lgan cho‘l bo‘g‘ma iloni (Eryx jaculus) uchraydi.
Suv ilonlar oilasi (Colubridae) keng tarqalgan ilonlar guruhi bo‘lib, ularga 1000 dan ko‘proq tur kiradi. Ular orasida zaharsizlari ham, juda zaharlilari ham bor. Suv ilonlar zahar tishlarida kanalchalar bo‘lmasligi bilan qora ilonlardan farq qiladi. Zahar, tishlarining oldingi tomonidagi tish orqali oqib chiqadi. Oddiy suv ilon (Natrix natrix) qoramtir, qora rangli chekkalarida simmetrik ikkita dog‘i bilan farq qiladi. Ular Rossiyaning Yevropa qismlarida va O‘rta Osiyoda uchraydi. Tuxumini nam joyli o‘simliklarning orasiga qo‘yadi. Suv ilon Rossiya janublarida uchraydi. Chipor ilonlar (Coluber elophe) ikki metr uzunlikda bo‘ladi, zaharsiz Kavkaz, O‘rta Osiyo va Uzoq sharkda uchraydi. Silliq suv ilon (Coronella austriaca) uzunligi 75 sm. Rossiyaning Yevropa qismlarida uchraydi.
Aspidlar oilasi (Elopidae) O‘rta Osiyo kapcha (kobra) iloni (Naja oxiana) uchraydi. Kulrang kapcha ilon (Naja naja) Janubiy Osiyoda tarqalgan. Buynining orqa tomonlarida joylashgan ko‘z oynaksimon dog‘i harakterlidir. Tanasining oldingi qismining uchdan bir qismini ko‘tarish va bo‘yin qismini kengaytirish ularga xos xususiyatdir. Bu holat bo‘yin qismdagi qovurg‘alarning harakatlariga bog‘lik hayojonlangan vaqtda bo‘ladi.
Dengiz ilonlari oilasi (Hydrophiidae) aspidlarga yaqin Xind va Tinch okeaning tropik zonalarida uchraydi, zaharli.
Dengiz ilonlari zahari boshqa zaharli ilonlarnikidan bir necha marta kuchli (12 marta). Ko‘pchiligi tirik tug‘adi. Dengiz ilonlari umuman quruqlikka chiqmaydi. Tapik vakiliga kurakdum pelamida ( Pelamida platurus) ni misol qilib keltirish mumkin. Bu ilorlar baliq va ularning uvildiriqlari bilan oziqlanadi. Yer yuzida har yili 12 mlnga yaqin ilonlar ovlanadi. Har yili dunyo miqyosida 15 mingga yaqin odamlarni zaharli ilonlar chaqib o‘ldiradi. AQShda bir yilda 2400ta odamni zaharli ilonlar chaqishi aniqlangan, shundan 1 % odamlar o‘lim bmlan tugagan.1

qora ilonlar oilasida (Viperidae) yaxshi rivojlangan zahar apparati mavjud. Oddiy qora ilon (Vipera berus) Rossiyaning Yevropa qismida hamda Sibirda keng tarqalgan. Turli rangda bo‘lib orqasi qora yo‘lli kulrang yoki qora rangli. Ko‘lvor ilon (Vipera lebetina) O‘rta Osiyo va Kavkazda uzunligi ikki metr. O‘rta Osiyo janubida Afrika va Arabistonda qumcharx iloni (Ephis carinatus) uchraydi. Uzunligi 70 sm rangi qumsimon sariq, zaharli havfli.


Timsohlar turkumi (Crocodilia) hozirgi sudralib yuruvchilar orasida timsohlar keng takomillashgan yarim suv hayvonlaridir. Cho‘zilgan tanasi yuqoridan pastga qarab siqilgan. Dumi asosiy suzish organi hisoblanadi. Oldingi oyoqlarida beshta erkin orqa oyoqlaridan esa o‘zaro parda bilan qo‘shilgan to‘rt barmog‘i bo‘ladi. Bo‘yinida 9ta, ko‘kragida 12-13 ta, belida 2-4 ta, dumg‘aza 2-3 ta, dumida 30-40 ta, umurtqa bo‘ladi. Timsohlar mezazoy erasining trias davrida keng tarqalgan. Hozir bir oilaga kiruvchi 25 turdan iborat. Ikki yarim sharning tropik va subtropik zonalarida tarqalgan. Gavial (Gavialis gangiticus) uchi ancha kengaygan uzun tumshug‘i bilan harakterlanadi. Tanasining uzunligi olti metr bo‘ladi. Xindistonning janubida yashaydi. Nil timsohi (Crocodilis niloticus) 8-10 metr keladi. Afrika, Janubiy Osiyo, Shimoliy Avstraliyada tarqalgan. Xitoy alligatori (Alligator sinensis) uzunligi ikki metr bo‘ladi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish