Tumshuqboshlilar turkumi reptiyalarning eng qadimgi guruhlaridan birini o‘z ichiga oladi. Shundan bizga faqat bir turi gatteriya-(Sphenodon punctatus) yetib kelgan. Gatteriya tashqi ko‘rinishidan yirik kaltakesakka o‘xshasa ham biroq tuzilishining ko‘pgina xususiyatlari turning qadimgi ekanligidan dalolat beradi. Gatteriya tanasining uzunligi 50-75 sm, ayrim erkaklarining uzunligi 70-75 sm bo‘lishi mumkin. Boshi va tanasi shox tangachalardan iborat, mayda donador tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismida teri qavatida tanachalar nisbatan yirik plastinkalar shaklida bo‘ladi. Yelka tomonidan uchburchak shox plastinkalardan iborat, kili (tarog‘i) bor. Gatteriya umurtqalari baliqlar va tuban amfibiyalardagi singari amfistel tipda, umurtqa tanasi orasida xorda saqlangan. qorin tomoni terisi ostida qadimgi quriqlikda yashovchi hayvonlar stegostefallar, pansteri qoldig‘i bo‘lgan, kichik teridan paydo bo‘lgan. qorin qovurg‘alari deb ataluvchi qovurg‘alari bor. Yosh gatteriyalarda tishlar faqat jag‘larida emas, balki amfibiyalardagi singari tanglay suyaklarda ham joylashgan. Voyaga yetganlarida yemirilib ketadi.
Hozirgi vaqtda gatteriya Yangi Zelandiyaning sharqiy va janubiy orollarida uchraydi. Gatteriya kam harakatchan asosan tungi hayvon ular okean kushlari uyalarida yashaydi. Bazan bir yerda ham gatteriya ham qush yashab u qush tuxumi va poloponlariga tegmaydi. Gatteriya chuvalchang, hashorat, shilliqurtlar bilan oziqlanadi. Bahorda va noyabr-dekabr oylarida urchiydi. Tuxumlarining soni 8-12 tadan 15-17 tagacha bo‘ladi. Tuxumning rivojlanishi uzoq vaqt bo‘lib 12-14 oy davom etadi, 70 yilgacha yashaydi.
Tangachalilar turkumi (Squamata) tangachalilar hozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko‘p tarqalgan guruhidir. Ular barcha qat’alarda keng tarqalgan va turli xilma xil sharoitda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Tangachalilarga kaltakesaklar, hamelionlar va ilonlar kiradi. Ularning tuzilishi xilma xil bo‘lsada, qator belgilarga qarab ular bir turkumga kiritiladi. Tanasi har-xil shakldagi mayda shox tangachalari bilan qoplangan. Shox qatlam ostida joylashgan suyak tangachalar faqat ayrim vakillariga xos. Kvadrat suyagi miya qutisiga harakatchan qo‘shilgani bilan boshqa reptiliyalardan farq qiladi. Umurtqalari prostel, tuban formalarida amfistel tipda. Tishlari jag‘ suyaklariga o‘rnashgan. Kloakasi ko‘ndalang yoriq shaklida. Kopulyativ organlari kloakaning juft xaltasimon o‘simtasi shaklida.
Do'stlaringiz bilan baham: |