Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi
Timsohlar (Crocodilia) turkumi
Timsohlar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi guruhlaridan hisoblanadi.Ular 300 ming yil ilgari paydo bo'lgan. Hozir yashab turgan timsohlar turkumi turli-tuman arxozavrlar kenja sinfining qoldig'I hisoblanadi. Timsohlarning tashqi ko'rinishi kaltakesaklarga o'xshaydi,shuning uchun K. Linniy kaltakesaklar urug'ining turlari deb hisoblagan.
Timsohlar hayot kechirishi va tuzilishi jihatidan kaltakesaklardan uzilkesil farq qiladi. Timsohlar chuchuk suvlarda hayot kechirishga moslashgan ulkan sudralib yuruvchilardan bo'lib, uzunligi 2 -5 m va hatto 10 m gacha boradi. Timsohlar hozirgi sudralib yuruvchilar sinfi orasida eng yuksak taraqqiy etgan bo'lib, ularning gavdasi shox qalqonlar bilan qoplangan, bosh skeletida sutemizuvchilarnikiga o'xshash taraqqiy etgan ikkilamchi suyak tanglayi bor, tishlari maxsus katakchalarda-alveolalarda joylashgan. Shuning bilan birga ularda 2 ta chakka yoyi va qorin
qovurg'alari qadimgi ajdodlardan saqlanib qolgan.
Suvda yashashga moslashgan belgilariga oyoqlaridagi (orqa) barmoqlar oralig'idagi pardalari, suvga sho'ng'iganda quloq va burun teshiklariga suv kirib ketmasligi uchun teri qopqoqlari (klapanlari) borligi, burun teshiklari va ko'zlari boshining ustidagi bo'rtmalarda joylashganligi, og'iz bo'shlig'ining orqa tomonida halqum teshigi oldiga o'rnashgan maxsus tanglay pardasi borligi, burun teshigini berkita olishi, bunda hayvon faqat burun teshiklarini suvdan chiqarib, suv ichida og'zini ochgan holda nafas olishi timsohlarga xos belgilar hisoblanadi.
Ko'z qorachig'i vertikal joylashgan. Timsohlarning gavdasi yelka —qorin tomonga yassilangan, dumi esa aksincha, 2 yonidan siqilgan bo'lib, suzish organi hisoblanadi. Oldingi oyoqlarida 5 tadan va orqa oyoqlarida 4 tadan barmoqlari bor. Boshqa ko'plab sudralib yuruvchilardan farq qilib timsohlarda juda kam bo'lsada teri bezlari bor. Bu bezlar, asosan yelkasida, ostki jag'ida va kloaka atrofida bo'ladi.
Timsohlarning bosh miyasi va sezgi organlaridan ko'rish hamda eshitish organlari yaxshi taraqqiy etgan. Ikkilamchi tanglay jag'aro, qanotsimon suyak va boshqa suyaklar og'iz bo'shlig'ining o'rtasida bir-biriga qo'shiladi, bu suyaklar og'iz bo'shlig'ini ikki qavatga: pastki ikkilamchi og'iz bo'shlig'iga va ustki burun — halqum yo'liga bo'lib
turadi. Oldingi tomo n d a burun-halqum yo'liga birlamchi xoanalar ochiladi, keying tomonda esa bu yo`l ikkilamchi xoanalar yordami bilan halqumga tutashadi (113-rasm). Xoanalarning bu tariqa orqaga siljib halqumdan joy olishi, suv ostida oziq yutishiga moslashishdir. Umurtqalari protsel shaklida boMadi. Bo'yin umurtqasi 9 ta, ko'krakda 12—13 ta, belida 2—4 ta, dumg`azada 2—3 ta va dumida 30—40 ta umurtqalari bor. Gatteriyalardagidek, timsohlarda
ham ilmoqsimon qovurg'alarida o'simtalar bor. Yelka kamarida kurak va korakoid bo'lib, o'mrov suyagi yo'q. Chanog'ida berkituvchi teshik bo'ladi (bu belgi su te mizuvchilar uchun xarakterli). Bosh miyasi o'rta va ikkita yon bo'laklardan tashkil topgan, katta miyachasi bor. Tishlari faqat jag'aro, ustki jag' va tish suyaklaridan iborat.
Tishlari bir tipda tuzilgan, shaklan konusga o'xshaydi, yeyilgan sari yangisi bilan almashib turadi. Yo'g'on go'shtdor tili og'iz bo'shlig'ining tubiga qo'zg'almas bo'lib o'rnashgan. Oshqozoni yaxshi differensiallashgan va 2 qismga bo'lingan. O'pkasi murakkab katakchalardan tuzilgan.Timsohlarning yuragi to'rt bo'lmali, lekin venoz sinusi reduksiyalanib ketganligi tufayli orqa aortasi 2 ta aorta yoyining qo'shilishidan hosil bo'lmay, balki o'ng yoyi davomi hisoblanadi, ya’ni yurakdan venoz va arterial qon chiqayotganda aralashib ketadi (1 14-rasm).
Timsohlarda kopulativ organi toq bo'ladi, siydik pufagi rivojlanmagan, kloaka teshigi ko'ndalang shaklda.
Timsohlar dam olish va tuxum qo'yish uchun suvdan quruqlikka chiqadi. Ular har xil hayvonlar, ya`ni baliqlar, baqalar, sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ba’zan odamga ham tashlanadi.
Timsohlar ikkita yarimsharning tropik va subtropik viloyatlarida tarqalgan. Ular, asosan Afrikada Nil daryosida, Yangi Gvineyada, Floridada, Amerikada, Hindistonda va Avstraliyada yashaydi.
Timsohlar tuxum qo'yib ko'payadi.Tuxumining kattaligi tovuq va o'rdak tuxumlariday, usti qalin ohak po'choq bilan o'ralgan bo'ladi. Ular tuxumini chuqurliklarga (haqiqiy timsohlar) yoki uya yasab (kaymanlar)uya ichiga qo'yadi. Uyasini xashak va cho'plardan yasaydi, unga 20 tadan 100 tagacha tuxum qo'yadi. Uya ustini ko'madi. 1,5—3 oydan keyin yosh timsohlar tuxumdan chiqadi, urg'ochilari ini yonida turib dushmandan tuxumlarini qo'riqlaydi.
Ularning terisi va go'shti ishlatiladi. Timsohlar 80—100 yilgacha yashaydi, 8—10 yoshida voyaga yetadi. Timsohlar,asosan tunda faol bo'ladi. Timsohlar turkumiga 23 ta tur kiradi va ular 3 ta oilaga bo'linadi (1 15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |