Komodo echkemarining uzunligi esa 3,65 m gacha, ogMrligi 150 kg gacha boradi u Indoneziyada, Komodo va Flores orollarida yashaydi. Komodo echkemari ko‘pincha daraxtlarda yashaydi. Nil echkemari Afrikada yashaydi va uning hayoti suv bilan bog‘liq bo‘lgani uchun suv yoqalarida tarqalgan. Mayda echkemarlarning uzunligi 20 sm
atrofida bo`ladi.
Asl kaltakesaklar (Lacertidae) oilasining 22 ta avlodi va 200 tacha turi bor. Ularning tanasi silindr shaklida, bo'yin qismi tanasidan yaqqol ajralib turadi, besh barmoqli oyoqlari yaxshi takomil etgan, tashqi quloq teshigi boMadi. Asl kaltakesaklar boshining usti shox qalqonlar, tanasining usti mayda tangachalar, qorin tomoni esa bo‘yiga va ko‘ndalangiga qator o'rnashgan to ‘rt burchakli qalqonlar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalari esa halqa boMib o'rnashgan.
Asl kaltakesaklar mayda va o'rtacha kattalikda bo'ladi, dumi uzun va uziluvchan, son teshiklari bor. Har xil hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Yevrosiyoda keng tarqalgan tipik vakillariga yashil kaltakesak (Lacerta viridis), tez yoki ildam kaltakesak (Lacerta agilis) va tirik tug‘ar kaltakesak (Lacerta vivipara) kiradi.
Aksariyat turlari cho‘1 va dashtlarda hamda tog‘ etaklarida yashaydi. Rossiyaning salqin o'rmonlarida tiriktug‘ar kaltakesak, o‘rta mintaqada, jumladan, 0 ‘zbekistonning cho‘1 mintaqalarida targMl chiziqli rang-barang kaltakesakchalar, togMi va shimoli-sharqiy hududlarda ildam keltakesak uchraydi. Ukraina va Kavkazda esa yashil kaltakesaklar tarqalgan.
Zahartishlilar (Helodermatidae) oilasiga 2 ta tur kiradi va ular kaltakesaklar kenja turkumi orasida birdan-bir zaharli guruh hisoblanadi. Zahartishlilar Shimoliy Amerikaning janubi-g‘arbida uchraydi. Zahartishlilardan zahartish (Heloderma suspectum) Meksikada va eskorpion (Heloderma horridum) Kalimantan (Bornea) orolida uchraydi. Zahartishlilarning uzunligi 60 sm gacha boradi. Ular tashqi tomondan echkemarlarga o ‘xshaydi, gavdasi vazmin, tanasi o ‘qlovsimon, oyoqlari kalta, dumi yo'g'on va to‘mtoq. Tepa ko'zi bo‘lmaydi, rangi och sariq yoki to‘q qizg'ish tusda bo'ladi, tangachalarida gilamga o ‘xshash qoramtir naqshlari bor. Ular kechqurun va tunda faol bo'ladi. Zahartishlilar jag'ining ostida o'rnashgan uzurJigi 4 sm va qalinligi 1,5 sm keladigan zahar bezi bor, u g'azablanganda zahari zahar bezidan jo'yakli tishiga oqib tushadi. Ularning zahari odam uchun o'ta xavfli hisoblanadi, qattiq og'ritadi.
Zahartishlilar avgust oyida 3 tadan 12 tagacha tuxum qo'yib ko'payadi. Ular hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, mayda kemiruvchilar, qushlarning palaponlari va tuxumlari bilan oziqlanadi. Zahartishlilarning 2 ta turi ham ≪Xalqaro Qizil kitob≫ga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |