2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja



Download 229 Kb.
bet25/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Ssinklar (Scincidae) oilasining 700 ga yaqin turi bor. MDHda 11 ta turi uchraydi. Ssinklarning ko'rinishi turli-tuman bo'lib, ba`zilari xuddi kaltakesaklarga o'xshash, oyoqlari yaxshi rivojlangan, ayrimlari esa ilonlarga o'xshash gavdasi cho'zinchoq, oyoqlari yaxshi taraqqiy etmagan, barmoqlari ikkita yoki bitta bo'ladi. Ssinklarning boshi yirik qalqonchalar bilan, tanasi esa baliqlarnikiga o'xshash silliq yumaloq yoki romb shaklidagi tangachalar bilan qoplangan. Shox qatlami tagida suyak plastinkalari bo'ladi. Tishlari jag'larining ichki qirrasiga o'rnashgan, tili qisqa. Ular, asosan yerda hayot kechiradi, ayrim turlari daraxtlarda yashashga moslashgan, suv bilan bog'liq turlari va yerni kavlab, yer ostida yashaydigan turlari ham bor..
Ssinklar oilasi vakillari yer yuzining mo'tadil va issiq iqlimli mintaqalarida,Ya`ni Avstraliya, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Tinch va Hind okeanlari orollarida tarqalgan. O'rta Osiyo va Kavkazda uzunoyoqli ssink (Eumeces shneideri), Armaniston va O'rta Osiyoning janubida oltinnaqsh mabuya (Mabuya aurata) uchraydi.
Xameleonlar (Chameleontidae) oilasining ko'pchilik vakiilari, asosan o'rmonlarda daraxtda yashashga moslashgan. Panjalari ombur shaklida, dumi uzun va ilmoqli. Gavdasi yon tomondan qisilgan. Gavdasining usti bo'ylab o'tkir taroq o'tadi. Terisi mayda-mayda shox donacha va tangachalar bilan qoplangan. Ko'zlari katta va harakatchan. Katta ko'zlari tangacha bilan qoplangan halqali qovoqlar bilan o'ralgan. O'ng va chap ko'zlari bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda harakat qiladi va 180° gorizontal hamda 90° vertikal yo'nalishda aylanib hasharotlarni
axtaradi. Tili juda uzun, tilini butun tana uzunligicha og'zidan chiqarib, o'ljasini tutib oladi.
Xameleonlarjuda sekin harakat qiladi, rangini tashqi muhitga qarab o'zgartira oladi. Tipik vakili oddiy xameleon (Chamaelon vulgaris) hisoblanadi. Xameleonlar Madagaskar, Afrika, Kichik Osiyo, Hindiston va Ispaniyaning janubida tarqalgan (107-rasm). Uzunligi 3—5 sm dan 50—60 sm gacha boradi. Ko‘pchiligining uzunligi, asosan 25—35 sm atrofida bo'ladi. MDHda ular Kavkazda uchraydi. Asosiy vakillariga Madagaskarda tarqalgan brukeziya
xameleoni, Afrikada yashaydigan ola mitti xameleon va oddiy xameleon kiradi. Xameleonlar tuxumdan tirik tug'adi. Ular shox va barglar orasiga 20—40 ta tuxum qo'yadi. Tuxumining rivojlanishi uchun 3 oydan 10 oygacha vaqt kerak bo'ladi. Tuxumidan chiqqan bolasining uzunligi 4—5 sm keladi. Xameleonlar oilasiga 90 dan ortiq tur kiradi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish