2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja



Download 229 Kb.
bet21/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Gekkonlar (Gekkonidae) oilasining 80 ta avlodi va 900 ga yaqin turi bor. MDHda 9 turi, O'zbekistonda esa 8 ta turi uchraydi. Bu oila vakillarining uzunligi 3,5 sm dan 35 sm gacha boradi. Ularning umurtqalari baliqlarnikiga o ‘xshash amfitsel tipda tuzilgan. Gekkonlar, asosan tunda faol hayot kechiradi. Ba’zi turlari boshqa kaltakesaklarga o'xshab quyoshda isinishni yaxshi ko‘radi. Ularning tanasi biroz yassi va kichikligi, ko‘z qorachig‘i tik joylashganligi va ko'z qovoqlarining birlashib ketganligi bilan boshqa kaltakesaklardan farq qiladi, ko‘zi kechasi ko‘rishga moslashgan. Kunduz kuni hayot kechiradigan turlarining ko‘z qorachig‘i yumaloq, ularda harakatchan ko‘z qovoqlari bo‘lmaganligi sababli ko'zlari ilonlarning ko'zlariga o'xshash doimo ochiq, tili yassi va keng og'zidan tashqariga chiqib turadi. Tili bilan ko'zini yalab changdan tozalaydi. Gekkonlar chinakam tovush chiqaradi. Ularda ham autotomiya xususiyati bor. Gekkonlar cho'l va sahrolarda, tog'larda, odamlar turadigan eski binolarda yashaydi. Gekkonlar barmoqlarining pastki yuzasi plastinkasimon, unga mayda mikroskopik ko'rinishdagi tukchalar joylashgan. Shu tukchalar tufayli ular vertikal, hatto uy shiftida ham o'rmalab yuradi. Gekkonlar, asosan issiq iqlimli cho'lu-sahrolarda, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. MDHda esa Qrimda, Kavkazortida, Qozog'istonda va O'rta Osiyoda uchraydi. Bu oilaga Turkiston gekkoni, taroqbarmoqli gekkon, parrakdumli gekkon, ssinksimon gekkon va boshqa turlar kiridi. Bo'z gekkoni O'rta Osiyoda, Qozog'istonda, Kavkazortida va Eronda tarqalgan. Uning uzunligi 51 mm, dumsiz, tungi hayvon, kunduzi toshlar orasiga, devor kovaklariga, jarlardagi yoriqlarga kirib yotadi. Qishni ham shu joylarda o'tkazadi. Kulrang gekkoni O'zbekiston sharoitida uyqudan mart oyining oxirida uyg'onadi. May oyida 2 ta tuxum qo'yadi (10 mm), bolasi tuxumdan iyulning oxirida chiqadi. Gekkonlar qo'ng'iz, pashsha, kana, chivin, chigirtka, chumoli va ari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. O'rta Osiyoda, jumladan, O'zbekistonning qumli cho'llarida ssinksimon gekkon, Janubiy va G'arbiy hududlarda taroqbarmoqli gekkon, Qoraqalpog'istonda chiyildoq gekkoncha, g'orlar va binolar shiftida kulrang gekkon va tog'li hududlarda Turkiston gekkoni uchraydi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish