SUDRALIB YURUVCHILAR (REPTILIA) S INFINING SISTEMATIKSI
Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda keng tarqalgan. Mezozoy tugab kaynozoyning boshlanishi qadimgi sudralib yuruvchilarning qirilib ketishi, sutemizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga to'g'ri kelgan. Hozigi vaqtda sudralib yuruvchilar sinfiga 7 mingga yaqin tur kiradi. Shulardan 90 ga yaqin turi O`rta Osiyoda va 63 ta turi O'zbekistonda uchraydi. Sudralib yuruvchilar sinfi 3 ta kenja sinfga va 4 ta turkumga boMinadi: Lepidozavrlar (Lepidosauria) kenja sinfi Xartumboshlilar yoki tumshuqboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi, Tangachalilar (Squamata) turkumi, Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodylia) turkumi, Anapsidalar (Anapsida) kenja sinfi Toshbaqalar (Testudines yoki Chelonia) turkumi.
Lepidozavrlar (Lepidosauria) kenja sinfi Xartumboshlilar yoki tumshuqboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi
Bu turkumning yagona turi — gatteriya (Sphenodon punctatus) hozirgi vaqtda yashayotgan eng qadimgi sudralib yuruvchilardan hisoblanadi (105-rasm). Gatteriya tashqi ko‘rinishidan yirik kaltakesakka o'xshaydi, lekin tuzilishining ayrim xususiyatlari bu turning primitiv ekanligidan dalolat beradi. Gatteriya faqat Yangi Zelandiyada
tarqalgan. Rangi qizg`shko'kimtir tusda. Uzunligi 50 sm dan 75 sm gacha boradi. Gavdasining usti mayda donador muguz tangachalar bilan qoplangan. Orqa va qorin qismidagi tangachalari nisbatan yirik plastinkalar shaklida bo`ladi. Ensasining ustidan to dumining uchiga qadar qator o'rnashgan uchburchak shakldagi shox plastnikalardan iborat — taroq joylashgan. Gatteriyaning umurtqasi xuddi baliq va tuban amfibiyalarga o'xshash amfitsel tipda bo'lib umurtqa tanalarining orasida xorda bir umrga saqlanib qoladi. Qorin tomonining terisi ostida qoplag'ich suyaklardan iborat yupqa suyakchalar qator bo'lib o'rnashgan, qorin qovurg'alari deb ataladi, ya’ni qovurg'alarning yelka bo'limida orqaga qaragan kalta ilmoqsimon o'simtasi bor. Bunday suyakchalar, ya’ni o'simtalar qadimgi sudralib yuruvchilarga xos, hozirgi sudralib yuruvchilarda bu belgi faqat timsohlardagina kuzatiladi, xolos. Bu narsa qadimgi stegotsefallardan nasi qilib olingan.
Gatteriyalarda kopulativ organi, nog'ora bo'shlig'i va nog'ora pardasi bo'lmaydi. Bosh skeletida ikkita chakka yoyi bor. Gatteriyaning yoshlik vaqtida tishlari bo'lib, ular jag'ida, tanglayida va dimog'ida joylashgan, yoshi ulg'aygan sari tishlari tamomila yeyilib ketadi, faqat oldingi ikkita tishi hayoti davomida saqlanib qoladi. Bosh tepa organi, ya’ni uchinchi ko'zi boshqa sudralib yuruvchilarnikiga qaraganda ancha yaxshi rivojlangan. Lekin u yaxshi ko'rmaydi, faqat yorug'lik bilan qorong'ilikni farq qiladi, xolos. Bu ko'zining gavhari, qorachig'i, to'r pardasi bo'lib, tepa suyaklari orasida joylashgan.
Gatteriyalar yer ostidagi uyalarda, albatros va boshqa ko'plab ocean qushlari bilan birga yashaydi, asosan tunda faol. Ular kaltakesaklarga qarama-qarshi sekin harakat qiladi. Ko'payishi bahorda, Janubiy yarimsharda esa noyabr-dekabr oylarida bo'ladi. O'zlari yashaydigan uyasiga yaqin joyda maxsus uya kavlab 8—12 ta, ba’zan 15—17 ta tuxum qo'yadi. Embrionining rivojlanish davri ancha uzoq davom etadi, ya’ni tuxumdan to bola ochishigacha 12—14 oy kerak bo'ladi. Gatteriyalar har xil hasharotlar, o'rgimchaklar, chuvalchanglar va shilliqqurtlar bilan oziqlanadi. Gatteriyalar suvga tushib yotishni yaxshi ko'radi va suvda yaxshi suzadi. Hozirgi vaqtda gatteriya qonun yo'li bilan o'riqlanishiga qaramasdan tabiatda juda kam uchraydi. 18—20 yilda jinsiy voyaga yetadi, 70 yilgacha yashaydi. Gatteriya jahon qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |