B. Urg'ochi kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi: 1 — buyragi; 2 — siydik pufagi;
3 — siydik teshigi; 4 —tuxumdoni; 5 — tuxum yo'li; 6 — tuxum yo'li voronkasi;
7 —jinsiy teshigi; 8 — kloaka bo'shlig'i; 9 — to'g'ri ichagi.
Urug'donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug'don ortig'ini hosil qiladi. Urug'don ortig'i davom etib urug' yo'liga aylanadi. Urug' yo'llari kloakaga ochilish oldidan siydik yo'Ilariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi. Urug' ortig'i tana buyrak — mezanefros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari — Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devorlarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'alganda kopulativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq bo'ladi (104-rasm).
Gatteriyalarda qo'shilish organi, ya’ni kopulativ organi bo`lmaydi. Urg‘ochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan g'adirbudur, noto'g'ri shakli oval tanacha ko'rinishidagi 2 ta tuxumdoni umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki yonboshida joylashgan. Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'llarining bir uchi gavda bo'shlig'ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo'limiga mustaqil teshik bilan ochiladi.
Tuxumdonning pastki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni kaltakesakning bo‘rtib chiqqan hosii qiladi Urg'ochilarda Volf kanallari kopulativ xaltachalari. reduksiyalangan. Yetilgan tuxumlar tana bo'shlig'iga, u yerdan tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga tushadi. Myuller naylari tuxum yo'li vazifasini bajaradi. Kaltakesaklarda urug'lanish tuxum yo'lining oldingi qismida yuz beradi. Tuxum yo'lining o'rtasida tuxumning oqsil pardasini hosil qiluvchi bez bo'ladi. Tuxum yo'lining pastki qismida bachadon devori ajralgan sekretdan pergamentsimon yoki ohak moddasidan iborat tuxumni o'rab oladigan tashqi po'stloq shakllanadi. Sudralib yuruvchilarning embrional rivojlanish bosqichlari boshqa amniotalardagidek o'tadi. Sudralib yuruvchilarning deyarli ko'pchiligi tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi. Ular tuxumlarini, odatda, tuproqqa yoki o'simlik chirindilari tagiga, to'nkalarning ostiga ko'mib qo'yadi. Ayrim sudralib yuruvchilar (tangachalilar turkumi orasida) tirik tug'adi yoki tuxumdan tirik tug'adi.Bularning tuxum yo'lida yoki bachadonida embrion rivojlanadi.
Rivojlanishi. Kaltakesak quruqlikka teriga o'xshagan qattiq parda bilan qoplangan ozroq (5-11 ta) yirik tuxum qo'yadi. Uning tuxumida tuxum oqi bo'imasligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Dastlabki rivojlanish davrini tuxum yo'lida o'tkazadi. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya jarayoni o'ziga xos tarzda o'tadi. Tuxum tipik diskoidal yo'l bilan bo'linadi. Kaltakesaklar dumidan ushlansa yon tomonga qattiq burilib, dumini uzib yuboradi. Bu hodisa hayvonning o'z gavdasidan bir qismini uzib tashlashi — autotomiya deb ataladi. Dumining uzilish akti bir-biriga kirib turgan bir qancha ayrim muskullardan va uchlari dum ildiziga qaragan ayrim konuslardan tashkil topgan muskullaming qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Uzilgan dum o ‘rniga yangisi o‘sib chiqadi, agarda dum uzilmay qolib shikastlangan bo‘lsa, yonidan ikkinchi dum chiqadi. Ba’zan bir nechta dumi boMgan kaltakesaklar uchrashiga sabab shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |