Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumi. Ilonlarning gavdasi silindr shaklida, deyarli qismlarga bo'linmaydi. O'rmalab yurishga va katta-katta g'animlarini butunlay yutishga moslashgan. Ilonlarning oyoqlari, oyoq kamarlari va to'sh suyagi yo'qolib ketgan, faqat bo'g'ma ilonlarda va ko'r ilonlarda chanoq kamari qoldiqlari saqlanib qolgan.
Barcha tana umurtqalarida harakatchan qovurg'alari bor, bu qovurg'alar qorin qalqonlariga taqalib turadi. Qorin qalqonlarida teriosti muskullarining faoliyati tufayli harakatga kelib, ilonlarning o'rmalashiga yordam beradi. Ilonlarning umurtqalari soni 140 ta dan 435 ta gacha boradi (108-rasm).
Umurtqa pog'onasi faqat tana va dum umurtqalariga bo'linadi.Ilonlar gavdasining usti tangacha va qalqonlar bilan qoplangan. Ko'z qovoqlari o'zaro qo'shilib yupqa parda hosil qiladi va soat oynasidek ko'zini ustidan berkitib turadi. Nog'ora bo'shlig'i va nog'ora pardasi
Ilon skeleti: bosh skeleti; 2 — tana umurtqalari, 3 — dum umurtqalari.
yo'q. O'pkasi toq, ularda faqat o ‘ng o ‘pka pallasi rivojlangan. Buyraklari va jinsiy organlari tasmasimon cho'z iq, siydik pufagi yo‘q. Jag' apparatining suyaklari (tanglay, qanotsimon va tangachasimon) o‘zaro harakatchan qo'shilgan.
Shu sababli ilonlar o'z o'ljalarini butunlay yutadi. Bo‘g‘mailonlar o'ljasini gavdasi bilan o'rab bo'g‘ib o'ldiradi, zaharli ilonlar esa o'ljasini zaharlab o'ldirib keyin yutadi.
Zaharli ilonlarning yuqorigi jag'ida zahar tishlari bo'ladi, bu tishlari boshqa tishlaridan farq qiladi va yuqori jag' suyaklariga o'rnashgan bo‘ladi. Zahar tishlari jag'i ochilganda ustki jag‘iga vertikal holda, jag‘i yopilganda esa ularning uchi orqa tomonga qayriladi (109-rasm).
Qora ilon, shaqildoq ilonlarning zahar tishlari ichida kanali bo'ladi,kapcha (kobra) ilon va ko'lvor ilonlar zahar tishlarining sirtida egatchalari bo'lib, zahar shu nov va kanallardan ilon chaqqanda oqib chiqadi. Zahar maxsus ustki jag1 bezlari tomonidan ishlab chiqiladi. Ilonlarda ilmoq singari qayrilgan va uchi o'tkir tishlari bo'ladi. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharli ilonlar Respublikamiznining cho‘1 va tog‘li hududlarida tarqalgan.
MDHda yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan. Ilonlar turli xil hayvonlar, ya’ni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar, baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo‘yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi.
Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDHda ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |