2-Ma’ruza: Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Reja


Urchuqsimonlar (Anguidae)



Download 229 Kb.
bet23/35
Sana17.07.2022
Hajmi229 Kb.
#810896
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
2-zoo ma`ruza

Urchuqsimonlar (Anguidae) oilasining 80 ga yaqin turlari bo`lib, gavdasining shakli duksimon yoki cho'zinchoq tuzilganligi uchun urchuqsimon deb nom berilgan. Ularning boshi simmetrik joylashgan. Yirik muguz qalqonlar bilan qoplangan, qovoqlari harakatchan bo`ladi. Urchuqsimonlar tilining oldingi qismi orqa qismidagi maxsus qin ichiga tortilib kiradi. Urchuqsimonlar oilasi vakillari beozor oyoqsiz kaltakesaklardir. Ko'pchilik turlari, asosan Shimoliy Amerikada tarqalgan, ayrim turlari esa Janubiy Amerikada, Yevropada va Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi. MDHning Yevropa qismida, asosan urchuqcha (Anguis fragilis), MDHning janubiy hududlarida hamda O`rta Osiyoda esa sariq ilon (Ophisaurus apodus) keng tarqalgan. Ba`zi turlarining oyoqlari bo`lib, ular Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan.
Sariq ilon O'rta Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonning barcha tekislik, tog'oldi cho'l va dashtlarida keng tarqalgan. Uzunligi 1 m atrofida bo'ladi, shilliqqurtlar va mingoyoqlar bilan oziqlanib qishioq xo'jaligiga foyda keltiradi. Urchuqcha ham sariq ilonga o'xshash oyoqsiz kaltakesak bo'lib, gavdasi xuddi ilonnikiga o'xshash, sariq ilonnikiga o'xshash teri qoplami bo'lmaydi. Uzunligi 60 sm gacha boradi. U Yevropa va Osiyoning g'arbiy qismida o'rmonlarda o'simliklar bilan qoplangan joylarda yashaydi. Urchuqchalar ham shilliqqurtlar, yomg'ir chuvalchanglari va boshqa unuirtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular bahorda ko'payadi. Embrionining taraqqiy etishi tuxum yo'lida borganligi uchun tuxumdan tirik tug'uvchi kaltakesaklar qatoriga kiradi.Avgust va sentabr oylarida tuxum qo'ygan zahoti undan bola chiqadi. Urg'ochisi 5 tadan 25 tagacha tuxum qo'yadi.
Echkemarlar (Varanidale) oilasining I ta avlodi va 30 ta turi bor. Echkemarlarning oldingi va orqa oyoqlaridagi o'tkir tirnoqli beshta barmog'i ancha takomillashgan. Bo'yin qismi uzun, uchburchak shaklidagi boshi cho'zilgan, uzun tilining uchi ilonlarnikiga o'xshash ikkiga ajralgan. Jag'larida katta va o'tkir tishlari bo'lib, uchi biroz qayrilgan. Orqa tomondagi tangachalari mayda, qorin tomonidagi tangachalari to'rtburchak shaklida silliq, ko'ndalangiga qoplangan.
Echkemarlarning ko'z qovoqlari yaxshi taraqqiy etgan, ko'z qorachiqlari yumaloq, quloq teshiklari ochiq, son teshiklari yo'q, dumi qattiq va chidamli bo'lib, dushmandan muhofaza etish organi vazifasini bajaradi.
Echkemarlarning tipik vakillariga Shimoliy va O'rta Osiyoda tarqalgan kulrang yoki bo'z echkemari (Varanus griseus), Janubiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan komodo echkemari (Varanus komodoensis) va Afrikada tarqalgan Nil echkemari kiradi.
Echkemarlar asosan, mayda sutemizuvchilar va qushlarni ovlab oziqlanadi. Ba’zan ovchilar ovlagan yowoyi cho'chqalarni ham yeb qo'yadi. Echkemarlarning tuxumi va go'shti ovqatga ishlatiladi.
O‘rta Osiyo cho‘llarida (Turkmaniston va O‘zbekistonda) uchraydigan bo‘z echkemarning uzunligi 160 sm keladi. U har xil hasharotlar,mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish