G‘о‘zaning kimyoviy tarkibi, % (pishish davri)
(S.A.Kudrin)
Element
Belgisi
Quruq
moddaga
nisbatan%
Element
Belgisi
Quruq
moddaga
nisbatan %
Kislorod
O
45,000
Oltingugurt
S
0,200
Karbon
S
43,000
Xlor
Sl
0,050
Vodorod
N
6,300
Temir
Fe
0,030
Azot
N
1,400
Marganets
Mn
0,005
Kaliy
K
1,500
Stronsiy
Sr
0,004
Kremniy
Si
0,500
Bor
V
0,003
Alyuminiy
Al
0,350
Bariy
Va
0,003
Kalsiy
Sa
1,000
Rux
Zn
0,003
Magniy
Mg
0,300
Titan
Ti
0,001
Fosfor
R
0,300
Mis
Si
0,001
Natriy
Na
0,200
Rubidiy
Rb
0,0005
О‘simlik tanasining juda xam kichik qismini (10
-6
– 10
-12
%) tashkil etadigan rubidiy, seziy,
selen, kadmiy, kumush, simob va boshqa elementlar xam о‘ziga yarasha axamiyat kasb etadi va
ular ultramikroelementlar deyiladi.
О‘simliklar yondirilganda natriy, magniy, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, temir, bor, marganets
va boshka elementlar kul tarkibida qolishi sababli ular kul elementlar degan nomni olgan.
Turli о‘simliklar tarkibidagi azot va kul elementlarning miqdori bir-biridan sezilarli darajada farq
qiladi. Bu bevosita о‘simliklarning biologik xususiyatlari, yoshi, о‘sish sharoitlari bilan bog‘liq
bо‘lib, tanasining turli kismlaridagi miqdori xam turlichadir.
Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori,
quruq moddaga nisbatan % da( P.M.Smirnov va A.V.Peterburgskiy)
О‘simlik va uning organlari
Azot
Kul
Bug‘doy va boshqa g‘alla ekinlari: doni
1,5-3,0
1,5-4,0
Somoni
0,4-0,6
3,0-5,0
Nо‘xat va boshqa dukkakli don ekinlari doni
4,0-6,0
2,5-5,0
Poyasi
1,0-1,5
4,0-5,0
Kartoshka: tuganagi
1,0-2,0
3,0-5,0
Barglari
4,0-6,0
8,0-14,0
qand lavlagi va ildizlilar: ildizi
1,0
2,0-3,0
Palagi
1,5-2,5
6,0-12,0
Beda, sebarga (kо‘k massasi)
2,5-5,0
6,0-12,0
Keltirilgan jadvalda asosiy qishloq xо‘jalik ekinlari tarkibidagi azotning miqdori 1-3%
atrofida (don-dukkakli ekinlarning doni va kо‘k massasida о‘rtacha 2,5–5,0% gacha) о‘zgarib
turishi kо‘rinib turadi. Kul moddalarining miqdori ancha katta miqdorda о‘zgaradi, chunonchi,
salat va ismaloq о‘simliklarida 14–18%, qand lavlagining ayrim navlari bargida 20% dan
kо‘proq kul elementlari bо‘lishi mumkin.
О‘simliklar tarkibidagi kulning yalpi miqdorini emas, balki uning tarkibini bilish
agronomiya nuqtai nazaridan muxim axamiyatga ega. Masalan, donli va dukkakli don ekinlar
urug‘i kulining 40–50% i fosfor (R
2
O
5
) kaliy (K
2
O) 30-40, magniy (MgO) 8-12 dan iborat.
Demak, urug‘ tarkibining deyarli 90% i mazkur uch element oksidlarining xossasiga tо‘g‘ri
keladi.
Somon tarkibida fosfor miqdori 3–5 marta kam bо‘lgani xolda, kalsiy va kremniyning miqdori
esa keskin oshadi. Dukkakli va dukkakli don ekinlarining urug‘i va somonida oltingugurt
nisbatan kо‘proq uchraydi. Kartoshka tuganaklari va ildizmevalilarning kuli о‘z tarkibidagi kaliy
miqdorining kо‘pligi bilan ajralib turadi (40–60%). Ildizdagi fosfor miqdori о‘simliklarning
poya, somon va palaklaridagiga qaraganda kо‘proq, natriy esa, aksincha, yer usti qismlarida
kо‘proq bо‘ladi.
О‘simliklarning bargi kaliyga boy bо‘lib uning miqdori yosh barglarda qari (eski)
barglardagiga nisbatan kо‘proqdir. Kalsiyning miqdori aksincha, qari barglarda 50–60% bо‘lgani
xolda, yosh barglarda 20-40% dan oshmaydi. Fosfor vaa oltingugurt о‘simliklar rivojlanishining
о‘rta davrlarida 10% ni tashkil qiladi, о‘suv davrining oxiriga borib, sezilarli darajada kamayadi.
Butguldoshlar oilasiga kiradigan ekinlarning barglari oltingugurtni kо‘proq yutadi.
Agronomlar о‘z ish faoliyatida о‘simliklarda oziqa moddalarning miqdori ekin navi, tuproq–
iqlim sharoitlari, qо‘llaniladigan mineral va maxalliy о‘g‘itlar miqdori va о‘simliklarning
biologik xususiyatlariga boglik ravishda о‘zgarib turishini unutmasliklari kerak, qaysiki qishloq
xо‘jalik ekinlariga belgilanadigan о‘g‘it meyorlarini aniqlashda bu juda xam muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |