2-ma’ruza. О‘simliklar kimyoviy tarkibi va oziqlanishi Reja Kimyoviy tarkibi bо‘yicha о‘simliklarni tarqalishi О‘simliklarning organic tarkibi


О‘simliklarning organik kimyoviy tarkibi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana22.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#573705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4- маъруза матни (4)

 
О‘simliklarning organik kimyoviy tarkibi 
О‘simliklar tanasida turli–tuman organik birikmalar uchraydi. Miqdorning oz yoki 
kо‘pligi va ahamiyatiga kо‘ra ularni bir nechta guruxga bо‘lish mumkin. Masalan, о‘simliklar 
tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta 
ahamiyatga ega bо‘lgan moddalardir. Sellyuloza, gemitsellyuloza, lignin kabilar о‘simlik 
tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog‘och, urug‘ qobig‘i, о‘simlik tolasining tarkibiga 
kiradi. 
Ayrim organik moddalar о‘simliklarning faqatgina muayyan qismida, masalan, urug‘, 
meva, ildiz va tugunaklarida zahira modda sifatida (zahira oksil, kraxmal, yog‘, qand moddalari) 
shakllanadi va tо‘planadi. О‘simliklarning ayrim guruhlari alkoloid, glikozid, katron (smola) 
kauchuk va efir moylari kabi о‘ziga xos moddalarni sintezlash xususiyatiga ega. 
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, о‘simlik hosili umumiy massasining juda kichik qismi azot va 
mineral moddalar xissasiga tо‘g‘ri keladi. О‘simlik quruq massasining asosiy qismini, ba’zi 
xollarda 80–90% ini organik moddalar tashkil qiladi. 
 
Asosiy qishloq xо‘jalik ekinlari tarkibidagi azot, suv va kul moddalarining taxminiy 
miqdori, 
% (V.M. Borisov) 
Ekin va maxsulot turi N 
Kul 
K
2

Na
2

SaO 
MgO 
R
2
O

Suv 
Bug‘doy: doni 
2,80 
1,73 
0,50 
0,06 
0,07 
0,15 
0,85 
14,3 
Somoni 
0,45 
4,86 
0,90 
0,06 
0,28 
0,11 
0,20 
14,3 
Makkajо‘xori: doni 
1,91 
1,23 
0,37 
0,01 
0,03 
0,19 
0,57 
14,4 
poyasi 
0,75 
4,37 
1,64 
0,05 
0,49 
0,26 
0,30 
15,0 
Loviya doni 
9,68 
3,90 
1,72 
0,06 
0,24 
0,29 
1,38 

Soya doni 
5,80 
2,84 
1,26 
0,03 
0,17 
0,25 
1,04 
10,0 
poyasi 
1,20 
3,23 
0,56 
0,07 
1,46 
0,05 
0,31 
14,0 
g‘о‘za urug‘i 
3,00 
3,90 
1,25 
0,02 
0,20 
0,54 
1,10 
11,7 
tolasi 
0,34 
1,93 
0,91 
0,03 
0,16 
0,17 
0,06 

Chanog‘i 
2,54 
8,33 
3,43 
0,05 
1,06 
0,28 
0,32 

bargi 
3,20 
1,59 
1,28 
0,31 
6,14 
0,12 
0,50 

poyasi 
1,46 
4,50 
1,31 
0,11 
1,00 
0,41 
0,21 



Zig‘ir: urug‘i 
4,00 
3,27 
1,00 
0,07 
0,26 
0,47 
1,35 
11,8 
poyasi 
0,62 
3,03 
0,97 
0,25 
0,69 
0,20 
0,42 
12,0 
Kungaboqar: urug‘i 
2,61 
3,30 
0,96 
0,10 
0,20 
0,51 
0,39 
10,0 
Yaxlit ekinda 
1,56 

5,25 
0,10 
1,53 
0,68 
0,76 
8,6 
qand 
lavlagi: 
ildizmeva 
0,24 
0,57 
0,25 
0,07 
0,06 
0,05 
0,08 
75,0 
bargi 
0,35 
1,42 
0,50 
0,30 
0,17 
0,11 
0,10 
35,5 
Kartoshka: 
tuganaklari 
0,32 
0,97 
0,60 
0,02 
0,08 
0,06 
0,14 
75,0 
palagi 
0,30 
2,49 
0,85 
0,10 
0,80 
0,21 
0,10 
77,0 
Sabzi: ildizmevasi 
0,18 
0,93 
0,40 
0,18 
0,07 
0,05 
0,11 
89,0 
bargi 
0,34 
3,10 
0,60 
0,20 
0,50 
0,15 
0,08 
82,0 
Beda: 
gullash 
davridagi pichani 
2,60 

1,50 
0,11 
2,52 
0,31 
0,65 
16,0 
О‘simliklar tanasida eng keng tarqalgan organik moddalar jumlasiga uglevodlar, yog‘lar va 
oqsillarni kiritish mumkin. Ularning ayrim qishloq xо‘jalik ekinlari tarkibidagi о‘rtacha miqdori 
13–jadvalda keltirilgan. 
13– jadval 
Asosiy qishloq xо‘jalik ekinlari xosilining 
о‘rtacha kimyoviy tarkibi, 
%( B.A.Yagodin ) 
Ekin va hosil turi 
Suv 
Oqsil 
Xom 
protein 
Yog‘ Kraxmal 
Sellyu 
loza 
Kul 
Bug‘doy (doni) 
12 
14 
16 
2,0 
65 
2,5 
1,8 
Javdar (doni) 
12 
12 
13 
2,0 
68 
2,3 
1,6 
Suli (doni) 
13 
11 
12 
4,2 
55 
10,0 
3,5 
Arpa (doni) 
13 

10 
2,2 
65 
5,5 
3,0 
Sholi (guruch) 
11 


0,8 
78 
0,6 
0,5 
Makkajо‘xori (doni) 
15 

10 
4,7 
66 
2,0 
1,5 


Grechixa (doni) 
13 

11 
2,8 
62 
8,8 
2,0 
Rus nо‘xati (doni) 
13 
20 
23 
1,5 
53 
5,4 
2,5 
Loviya (doni) 
13 
18 
20 
1,2 
58 
4,0 
3,0 
Soya (doni) 
11 
29 
34 
16 
27 
7,0 
3,5 
Kungaboqar (mag‘izi) 

22 
25 
50 

5,0 
3,5 
Zig‘ir (urug‘i) 

23 
26 
35 
16 
8,0 
4,0 
Kartoshka (tuganagi) 
78 
1,3 
2,0 
0,1 
17 
0,8 
1,0 
qand lavlagi (ildizi) 
75 
1,0 
1,6 
0,2 
19 
1,4 
0,8 
Sabzi (ildizmevasi) 
86 
0,7 
1,3 
0,2 

1,1 
0,9 
Piyoz (piyoz bosh) 
85 

2,5 
0,1 

0,8 
0,7 
Beda (kо‘k massa) 
75 

3,5 
0,8 
10 

3,0 
Tabiiyki, keltirilgan bu raqamlar о‘rtacha kо‘rsatkichlar bо‘lib, ularga о‘simliklarning 
turi va navi, iqlim, tuproq va oziqlanish sharoitlari u yoki bu darajada ta’sir kо‘rsatadi. Lekin 
shunday bо‘lsada, mazkur о‘rtacha kо‘rsatkichlar g‘alla ekinlaridagi asosiy organik moddalar 
oqsillar (9-18%) va kraxmal (50-60%) ekanligini kо‘rsatib turibdi. Don –dukkakli ekinlarda esa 
oqsil kо‘proq kraxmal bir muncha kamroq uchraydi. Kartoshka tuganaklarida kо‘proq kraxmal, 
ildizmevalilar va meva-chevalarda karbonsuvlar tо‘planadi. Moyli ekinlarning urug‘i tarkibida 
yog‘ va oqsil miqdori kо‘p buladi. Xar bir organik modda turiga aloxida tuxtalib utish maqsadga 
muvofiqdir. 
Oqsillar.
Oqsillar yuqori molekulyar organik birikmalardan xisoblanib, о‘z tarkibida ancha 
cheklangan miqdordagi aminokislotalarning yuzlab va minglab qoldiqlarini tutadi. Oqsillar 
о‘simlik tanasida ketadigan modda almashuvining barcha jarayonlarida xal qiluvchi rol 
о‘ynaganligi sababli organizmlar hayotining asosi hisoblanadi. 
Kо‘pchilik о‘simliklarda, ularning urug‘larida oqsillar zahira modda sifatida tо‘planadi. 
Ekinlarning о‘suv organlari tarkibida oqsil miqdori ular quruq massasining 5-20 % ini, don–
dukkakli va moyli ekinlar urug‘ining 20-30% ini tashkil qiladi (13-jadval). 
Oqsillarning tarkibi ancha barqaror bо‘lib, 51-55% ini uglerod, 20-24% ini kislorod, 15–
18% ini azot, 6,5– 7,0% ini vodorod, 0,3-1,5% ini oltingugurt tashkil qiladi. 
О‘simlik oqsillari aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda va chorvachilikda muhim axamiyatga 
ega. Inson bir kun davomida kamida 70–100 gr oqsil iste’mol qilishi kerak, aks xolda 
organizmda modda almashinuvi buzilib, jiddiy salbiy oqibatlar yuzaga keladi. 
Oqsil moddalarning molekulalari asosan 20 ta aminokislota va 2 ta amid (asparagin va 
glutamin) dan tuzilgan. Oqsillarning molekulyar og‘irligi juda katta bulib, aksariyat xollarda bir 
necha millionga yetadi. 


Barcha oqsillar ikkita guruxga-proteinlar va proteidlarga bо‘linadi. 
Proteinlar
yoki 
boshqacha aytganda, oddiy oqsillar, faqat aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan bо‘lsa, 
proteidlar
(murakkab oqsillar) oddiy oqsil va u bilan chambarchas bog‘langan nooqsil tabiatli birikmadan 
iboratdir. 
Proteinlarni eruvchanligiga kо‘ra quyidagicha guruhlash mumkin: 
a)
albuminlar
– molekulyar og‘irligi bir necha о‘n mingga teng, suvda oson eriydigan oddiy 
oqsillar; 
b) 
globulinlar –
suvda erimaydigan, lekin mu’tadil tuzlarning kuchsiz eritmalarida (masalan, 
natriy xlorid yoki kaliy xloridning 4–10% li eritmalarida) eriydigan oqsillar. Globulin о‘simlik 
oqsillari ichida keng tarqalgan bо‘lib, dukkakli don va moyli ekinlar urug‘i tarkibidagi 
oksillarning asosiy qismini tashkil qiladi; 
v)
prolaminlar –
70–80% li etil spirtida erishi bilan xarakterlanadi, suvda erimaydi faqatgina 
donli ekinlarning urugi tarkibida uchraydi: masalan, bug‘doy va javdarda gliadinlar, 
makkajuxorida – zein, sulida – avenin; 
g) 
glutelinlar
– suvda va tuzli eritmalarda erimaydigan lekin ishqorlarning kuchsiz eritmalarida 
eriydigan oqsillar 
Proteidlar
esa, tarkibiga kirgan nooqsil moddaning tabiatidan kelib chiqqan xolda quyidagilarga 
bо‘linadi : 
a)
lipoproteidlar
–oqsillarning turli–tuman yog‘simon moddalar bilan xosilasi. О‘simlik 
tо‘qimalarida lipoproteidlar xujayralar о‘rtasidagi tо‘siqlar va xujayra ichki tuzilmalarining 
tarkibiga kiradi; 
b) 
glyukoproteidlar
–oqsillarning turli–tuman monosaxaridlar bilan xosil qilgan birikmalaridir ; 
v) 
xromaproteidlar
– oqsillarning nooqsil xarakterdagi buyoq moddalar bilan xosil qilgan 
birikmalari. Masalan, oqsil va xlorofil xosil qiladigan birikma fotosintez jarayonida muxim rol 
о‘ynaydi. 
g) 
nukleoproteidlar 
–tirik organizmlar tanasida kechadigan kо‘pchilik jarayonlarda faol ishtirok 
etadigan oqsillar guruxi. Ular oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan xosil bо‘ladi. 
Metallar va fosfat kislota qoldiqlari xam proteinlarning tarkibiy qismi bо‘lishi mumkin. Bunday 
murakkab oksillar-
metallo –va fosforoteidlar
deb nomlanadi. 
О‘simlik oqsillar tarkibida “tengi yо‘q” deb xisoblanadigan vain, leysin, izoleysin, 
treonin, metionin, gistidin, lizin, tritofan va fenilalanin kabi aminokislotalar mavjud bо‘lib, ular 
odam va xayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Bu aminokislotalarni odam va chorva mollari 
faqat о‘simliklardan tayyorlanadigan oziq– ovqat maxsulotlari va yem–xashak orqali oladi. 
Shu sababli о‘simlik maxsulotlarining sifati faqat ular tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab emas, 
balki ularning fraksion va aminokislota tarkibini о‘rganish, xazm bо‘lishi va tо‘la qimmatliligiga 
qarab xam baxolanadi. 


Urug‘lardagi azotning 90% i va о‘simlik tana qismlaridagi azotning asosiy qismi (75–
90% i) oqsillar tarkibida bо‘ladi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish