2 Hamshiralik p65


k. Hamxhiralik ixhining axoxchilari



Download 4,42 Mb.
bet4/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

1.k. Hamxhiralik ixhining axoxchilari.


F. Naytingeyl va V. Xenderxon ta’limoti

Ayollar tabiatan mehr ko‘rsatishga, parvarishlashga yaqin bo‘ladi, ular o‘z bolalari, yaqinlarini, kasalmandlar, behollarni mehr bilan parvarish qilib keladi. 'hu tufayli ham kasalmand, xasta odamlarga yordam berish, ularni parvarishlash uchun ko‘proq ayollar jalb etiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Pyotr I davrida birinchi bo‘lib ayollar mehnatidan foydalana boshlangan. Pyotr I farmoniga ko‘ra, 1715- yil- da tarbiya uylari tashkil etilib, u yerda ayollar xizmat qilishi lozim bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu vazifaga ayollar jalb etilishi to‘xtatilib, u iste'fodagi askarlar zimmasiga yuklatilgan. XVIII asr o‘rtalarida fuqarolik kasalxonalarida yana ayollar mehnatidan foydalanila boshladi. Bu faoliyatni birinchi bo‘lib kasalxonadagi harbiylarning ayollari va


bevalari boshlab berdi. Bu davrdan asr oxirigacha kasalxonalarda bemor- larni parvarish qilish uchun maxsus hamshiralar bo‘lmagan, shuning uchun hamshiralik ishi 1803- yildan boshlangan deb hisoblanadi. 'hu yili Moskva va Peterburgda tarbiya uylari qoshida harbiy xizmatdagi askarlarning bevalari, keksa va uysiz ayollar uchun «bevalar uyi» tashkil etildi.
1818- yilda Moskvada «Mehr-muruvvatlik» deb atalgan beva ayollar instituti tashkil qilindi, kasalxonalarda esa kasal boquvchilarga maxsus kurs tashkil etildi. Darslarni shifokorlar X.Oppel kitobi bo‘yicha o‘qitishar edi. Tibbiyot xodimlari uchun birinchi qo‘llanma bemorlar parvarishiga bag‘ishlangan bo‘lib, u 1822- yilda rus tilida nashr etildi.
X.Oppel qo‘llanmasida bemorlarni parvarish qiladigan xodimlarni tanlab olish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ularning jismonan va aqlan yetukligi, ma'naviy deontologiyasi hisobga olingan. Og‘ir yotgan bemorlar, sog‘ayayotgan, jarohatlangan, hayoti so‘nib borayotgan, yangi tug‘ilgan- lar va boshqa bemorlarning parvarishiga alohida e'tibor berilgan. X.Oppel bemorlarning sanitariya-gigiena sharoitiga katta e'tibor bergan. Asosiy tibbiy muolajalarning barcha usullari va dori-darmon qabul qilish yo‘llari ko‘rsatilgan. 1844- yilda buyuk knyagina Aleksandra Nikolayevna va malika Tereza Oldenburgskaya tashabbusi bilan Peter- burgda «Ko‘ngilli hamshiralar» tashkiloti tuzildi. U Rossiyadagi hamshi- ralarning birinchi mehr-shafqat tashkiloti bo‘lib, «'vyato-Troitskaya» deb nomlandi. Bu tashkilotga yoshi 20 dan 40 gacha bo‘lgan ayollar va qizlar qabul qilingan. Avvaliga o‘qish gospitallarda o‘tkazilib, keyin- chalik tashkilotning o‘zida shu yerdagi shifokorlar tomonidan olib borildi. Hamshiralar bu yerda bemorlarni parvarish qilishni, bog‘lamlar qo‘yishni, farmatsevtika va retsepturani o‘rgandilar. Ular kasalxonalarda va shaxsiy xonadonlarda bemorlarga yordam berar edilar. N.I. Pirogov 1845—1856- yillarda shu hamshiralar tashkilotining kasalxonalarida vaqt- vaqti bilan operatsiya va murdalarni yorib ko‘rish ustida tajriba o‘tkazardi. 1847- yidda birinchi bor shu tashkilotda o‘qigan 10 ta ayolga
«shafqat hamshiralari» nomi berildi. Bu tashkilot homiylar mablag‘i hisobiga yashar edi. Jamiyatning shafqat hamshiralariga ehtiyojini qondirish uchun Peterburg, Odessada ham shunday tashkilotlar tuzildi. 1850- yilning oxirida Moskvada oddiy xalq uchun mo‘ljallangan kasalxonada Voznessenskiy ibodatxonasining monaxlari ishlashar edi. Lekin 1853—1856- yillarda Qrim urushi vaqtida hamshiralarga talab katta bo‘ldi. 1854- yili oktyabr oyida 'evastopol birinchi bor o‘qqa tutilgach, ingliz—fransuz—turk qo‘shinlari tomonidan deyarli bir yil qamal qilindi. Xuddi shu oyning o‘zida imperator Nikolay I ning singlisi Yelena Pavlovna o‘z mablag‘iga Peterburgda nafaqat jarohatlarni bog‘lash punktida, balki harbiy gospitallarda ham kasal va yarador jangchilarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shafqat hamshiralarining «Krestovoz- dvijenskaya jamoasi»ni tashkil qildi. Uyushmada tarbiya topganlardan
28 tasidan 3 ta otryad tuzib, Qrimga jo‘natildi, ularni N.I.Pirogov 3 guruhga bo‘ldi. 1854- yil noyabr oyi oxirlarida birinchi otryad Qrimga yetib bordi. Bu otryadning boshlig‘i A.P. 'taxovich edi. 1855- yil yanvar- da Merkulova boshchiligidagi shafqat hamshiralarining ikkinchi otryadi 'evastopolga yetib bordi. Uchinchi otryadning boshlig‘i E.M. Bakunina edi. N.I. Pirogov hamshiralarni quyidagi guruhlarga taqsimladi:

  • operatsiya vaqtida shifokorlarga yordam beruvchi, jarohatlarni bog‘lab qo‘yuvchilar;

  • dori tayyorlovchi, saqlovchi va tarqatuvchi — dorixonachi hamshiralar;

  • tozalikni, ichki kiyim, choyshab va jildlar almashtirilishini, xo‘jalik ta'minoti va xizmatini nazorat qiluvchi hamshira-bekalar.

Ular operatsiya vaqtida va jarohatlarni bog‘lashda, dori-darmon tayyorlashda, uni saqlash va tarqatishda, ozodalik, o‘rin-ko‘rpa, jildlar va kiyim-kechak almashtirishda, xo‘jalik ishlarida shifokorlarga yordam bera boshladi. Ko‘pchilik hamshiralar ich terlamadan vafot etardi, ayrimlari yarador bo‘lar yoki kontuziyaga uchrar edi. 'hunga qaramay, barchasi xavf-xatar va qiyinchiliklarga mardonavor chidab, hech qanday ta'mayu ta'nasiz kasal va yarador jangchilarga yordam berar edi.
«Krestovozdvijenskaya jamoasi»ning birinchi hamshiralari to‘ppa- to‘g‘ri Qrim kompaniyasi oloviga kirishiga to‘g‘ri keldi» — deb yozgan edi N.I. Pirogov.
«Agar ular bundan keyin ham xuddi shunday harakat qilsalar, shubhasiz, ko‘p foyda keltiradilar. Ular tunu kun, navbatma-navbat gospitallarda bo‘lib, jarohatlarni bog‘lashda yordam berdilar. Ozoda kiyingan ayollarning hozir bo‘lishi va chin dildan yordam berishi kulfat va iztiroblarning og‘rig‘ini kamaytiradi». 'hafqat hamshiralari jahon tarixida birinchi bor bevosita janggohlarda
yarador va kasallarga yordam bera bosh- ladilar.
E.M. Bakunina hamshiralik ishini bosh- lab bergan va Rossiya tibbiyotining yara- tuvchisi edi. U jamoadan ketgandan so‘ng, o‘z qishlog‘ida — Tver guberniyasida o‘z mablag‘iga dehqonlar uchun kichik statsionar ochdi, juda kerak bo‘lganda u shifokorlarga o‘z hisobidan murojaat etar edi. 1877- yilda 65 yoshli E.M. Bakunina Rossiya Qizil Xoch jamiyati taklifiga binoan mehr-shafqat hamshirasi otryadi ishlariga boshchilik qilish uchun yana Kavkaz urushiga yuboriladi.

Butun dunyoda hamshiralik ishining asoschisi, angliyalik shafqat hamshirasi
Florenx Naytingeyl
(1820—1910)

Florens Naytingeyl (1820—1910) hisoblanadi. U yoshligidan odamlarga yordam berib, ularni kasallik va o‘limdan ogohlantirishdek va xolis yordam qilishdek muqaddas ishga o‘zini bag‘ishlashni insoniy burch deb hisobladi. U 20 yoshidayoq hamshira bo‘lishni orzu qildi. Ammo uning orzulari o‘sha vaqtlarda amalga oshmas edi, chunki jamiyat hamshiralarni go‘yoki rad qilib bo‘lmaydigan dalillar bilan yengil tabiatli ayollar qatoriga kiritgan edi. U diniy kitoblardagi ruhiy, jismoniy xastalarga yordam berish savob ekanligi haqidagi fikrlarga tayanib, bemorlarga qarashni, kasalxonalarga kirishni, bolalarni tarbiyalashni davom ettirdi. «Changalzorda yashovchilar» kitobini o‘qigandan keyin u orzusiga yaqinlasha boshlaydi, faqat 33 yoshida, kasalxonada tajriba orttirgandan so‘ng, unga yetishadi va «shafqat hamshirasi» katolik muassasasini boshqara boshlaydi. 1853- yilda Florens Naytingeyl Londondagi nasl-nasabi aslzoda bo‘lgan xasta ayollar davolanadigan muassasada nazoratchi bo‘lib ishlaydi. Uning vazifasi — hamshiralar ishini kuzatish, tibbiyot asbob-uskunalari holatini va dori-darmon tayyorlashni nazorat qilishdan iborat edi. Muassasa juda namunali bo‘lsa ham, Florens Naytingeyl fikricha, hamshiralar tayyorlaydigan maxsus maktablar ochish zaruriyati borligini taklif qiladi. Ammo 1854- yilda Turkiya bilan Rossiya urushayotgan bir vaqtda Angliya qo‘shini Turkiyaga yordam berish uchun Qrimga ko‘chib o‘tadi. 'evastopol yaqinidagi janglardan so‘ng, Angliyaning «Tayms» gazetasida yozili- shicha, Angliya askarlari kasal va yaradorlarga hech qanday yordam bermasdan, ularni 'kutari (Konstantinopol yaqinida) Angliya harbiy gospitaliga yuboradi. 'hu vaqtda Turkiyaga (1854- yilning 21- oktyabrida) Florens Naytingeyl boshchiligida 38 ta tibbiyot hamshirasidan iborat otryad keladi. U gospitalda ishlab, agar gospital va kazarmalarda tozalik yaxshilansa, minglarcha odamlarning umrini saqlash va tuzatish mumkin, degan xulosaga keladi. Jamoat ishlari bilan bandligiga qaramasdan, u kechasi bemorlarga yordam berar edi. Florens 1856- yil iyul oyida 36 yoshida butun olamga mashhur bo‘lib (Angliyaga) qaytadi.
1857- yilda Naytingeylning «Angliya armiyasida sog‘liqni saqlash, gospitallarni unumli boshqarish masalalari bo‘yicha mulohazalar» kitobidagi mulohazalar natijasi o‘laroq, qirol harbiy-tibbiy hay'ati tuziladi. Kazarma va harbiy gospitallarning sanitariya holatini yaxshi- lashga oid islohot o‘tkaziladi. Bundan tashqari, harbiy-tibbiy bilim yurti ochilib, hamshira faoliyatiga yuqori darajali talablar qo‘yuvchi maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
Florens Naytingeyl doim bemorlar parvarishiga qaytishni istar edi, lekin Qrimdan qaytgandan so‘ng og‘ir xastalanib qoladi. Xastalik uzoq davom etadi, holsizlanganligiga qaramay, o‘zining mashhur «Parvarish haqida xotiralar» ini yozadi. Unda hamshiralik ishiga kasb sifatida tushuncha beradi, uning shifokorlik kasbidan farqini izohlaydi. Uning

modeli bo‘yicha avvaliga Yevropada, so‘ngra Amerikada birinchi hamshiralar maktabi tashkil qilinadi. Angliyada bu qahramon ayol sharafiga yig‘ilgan mablag‘ hisobiga shunday maktab ochiladi. Hozirgi vaqtda ham F.Naytingeyl yozib qoldirgan kasbiy qad- riyatlar o‘zgarmay kelyapti.
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati 1912- yili Florens Naytingeyl medalini ta'sis etdi (1- rasm). Harbiy harakatlar sohasida qah- ramonlik ko‘rsatgan hamshiralar ana shun- day medal bilan taqdirlandi. Ikkinchi jahon


1- raxm. Florens Naytingeyl medali.

urushi davrida sobiq ittifoqdan 46 hamshira bu medalga sazovor bo‘lgan. Toshkent shahar 4- bolalar poliklinikasining hamshirasi Matluba Eshonxo‘jayeva ham o‘z fidoiy mehnati uchun O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bu medal bilan mukofotlangan.
Bemor va yaradorlarga najot bag‘ishlovchi, insonlar qalbida tug‘ilgan bag‘rikenglik, mehr-shafqatni e'tirof qilish kerak. Qrim urushidagi hamshiralarning shijoat bilan ishlashidan ta'sirlangan shveysar Anri Dyunan yaradorlarga xalqaro xususiy va ko‘ngilli yordam ko‘rsatish tashkiloti tuzish haqida o‘ylar edi. Uni bir tomondan, Florens Naytin- geyl, ikkinchi tomondan «Krestovozdvijenskaya jamoasi» faoliyati hayratda qoldirgan edi. 1859- yili Fransiya—Italiya—Avstriya urushida u tasodifan Italiyaning 'olferino manziliga borib qolgan vaqtidagi manzara ko‘z oldida muhrlanib qoldi: jarohatlanganlar, o‘z vaqtida yordam bera olinmaslik, yordamsiz hayoti zavol topayotganlar Anri Dyunanni dahshatga soldi. 1862- yilda u «'olferino haqida esdaliklar»ni chop etdi va urushda zarar ko‘rganlarga yordam berish Xalqaro tashkilotini tuzishga qat'iy qaror qildi. 1863- yili 'hveysariyada yaradorlarga doimiy Xalqaro yordam komiteti tuzildi va u 1876- yildan boshlab Xalqaro Qizil Yarim Oy qo‘mitasi deb nomlana boshladi. 'hu zaylda birinchi milliy jamiyatlar tuzildi. 1864- yili diplomatik konferensiyada jang maydonidagi yaradorlarning ahvolini yaxshilash bo‘yicha birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda to‘rtta konvensiya qabul qilingan. Konvensiya quyidagilarni:

  • jang maydonidagi yarador va kasallarni;

  • dengizdagi kema halokatidan zarar ko‘rgan yarador va kasallarni;

  • harbiy asirlarni;

  • harbiy to‘qnashuvlar vaqtida jabr ko‘rgan mahalliy fuqarolarni himoya qiladi.

Ushbuni to‘ldiruvchi ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qilingan. Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi tez orada kuchli, rivojlangan tashkilotga aylandi. Lekin u avvalgidek harbiy to‘qnashuvlar vaqtida zarar ko‘rgan-

larga yordam ko‘rsatish muammolari bilan shug‘ullanmaydi. Hozirgi vaqtda 150 ta Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy milliy jamiyatlari mavjud. Asosiy vazifasi — harbiy to‘qnashuvlar vaqtida yordam ko‘rsatish bo‘lishiga qaramay, ular endi tinchlik vaqtida ham faoliyatini amalga oshiradi: donorlik, kasallikning oldini olish, qochoqlar, muhtojlarga yordam berish, birinchi yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar bilan boyidi.
Virjiniya Xenderson Amerikada 1897— 1997- yillarida yashab, tibbiyot sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. XX asr boshlarida yuqumli kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, insonning eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolaridan hisoblangan. Jumladan, terlama, chechak, ichterlama, bolalar dizenteriyasi kabi kasalliklar avj olgan bo‘lib, buning oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgan. V. Xenderson o‘sha davrdagi hamshiralik parvarishi muammolarini aniqlab,

Virjiniya Xenderxon
(1897—1997)
hamshirani shifokor assistenti yoki doimo takrorlanadigan ishni bajaruvchi shaxs emas ekanligini isbotlagan va shu bilan birgalikda

o‘zining hamshiralik parvarishi ta'limotini ishlab chiqqan.
V. Xenderson: «Hamshira mustaqil va erkin fikrlay oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak» deb hisoblagan. U har bir bemorga parvarish jarayonida samimiy, iliq munosabatda bo‘lish juda muhimligini ta'kidlagan. Ko‘pgina insonlar noto‘g‘ri turmush tarzi kechirayotganligi tufayli kasalxonaga tushib qolishini aniqlab, shu asosda inson hayoti uchun muhim bo‘lgan 14 ta asosiy ehtiyojni ko‘rsatib o‘tgan. 1966- yilda hamshiralik parvarishi orqali qondirilishi mumkin bo‘lgan biologik va psixologik, ijtimoiy ehtiyojlariga qaratilgan «Xenderson modeli»ni yaratdi. V. Xenderson uy sharoitida bemorni parvarish qilishni qarindosh-urug‘lariga yoki bemorning o‘ziga o‘rgatish zarurligini ham asoslab bergan.
V. Xenderson hamshiralik parvarishiga quyidagicha ta'rif bergan
«Agar insonda yetarlicha jismoniy kuch, xohish va bilim bo‘lsa, ehtimol u boshqalarning yordamisiz sog‘lom hayot kechirishi, sog‘ayib ketishi yoki xotirjam vafot etishi mumkin. Mana shunga yordam berishning o‘zi hamshiralik parvarishining mustaqil ishi hisoblanadi, bunda insonning tezroq mustaqil bo‘lishiga yordam beradigan parvarishni olib borish lozim».
Hamshiralik parvarishida — bemor salomatligining yaxshilanishi va boshqa insonlarning ko‘magiga muhtoj bo‘lmasligiga erishishda yordamlashish alohida o‘rin tutadi. Hamshiralik ishi jarayonida

V.Xenderson modelini hozirgi davrda amaliyotchi hamshiralar muvaf- faqiyatli qo‘llab kelmoqdalar.
Modelda hamshiralik jarayonining barcha bosqichlarida bemorning ishtiroki ko‘zda tutiladi. Hamshira birinchi baholashda bemor bilan 14 ta asosiy extiyojdan qay birini birinchi navbatda qondirish lozimligini aniqlashi kerak, bunda xamshira bemor mustaqil qaror qabul qila olmagan holdagina uning o‘rniga ish olib borishi mumkin.



    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish