2 Hamshiralik p65



Download 4,42 Mb.
bet2/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari


I BOB


HAMSHIRALIH ISHIGA HIRISH




1.1. Hamxhiralik ixhining ta’rifi va tarixi


Hamshiralik ishi tushunchasi, bu — birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va geografik joylashuvi bilan bog‘liq mavjud sog‘liqni saqlash tizimi va uning rivojlanish darajasiga nisbatan funksional majburiyatlari aniq belgilangan hamshiralarning, tibbiyot xodimlari va jamoaning hamshiralik ishiga munosabati va inson shaxsiy dunyoqarashining yig‘indisidir. 1980- yillarda J''Tning ekspertlari


«Hamshiralik ishi» tushunchasiga quyidagicha ta'rif berishgan:
«Hamshiralik ishi — bu insonlar o‘rtasidagi munosabatning amaliyoti- dir, tibbiy hamshira esa, har bir bemorni individual shaxs sifatida o‘rganib, kasallik tufayli ularda yuzaga kelgan ehtiyojlarni aniqlay bilishi lozim».
Afsonaviy Ylorens Naytingeyl 1859- yili o‘zining mashhur «Bemorlar parvarishi to‘g‘risidagi yozuvlar» kitobida hamshiralar ishini quyidagicha ta'riflagan: «Hamshiralik ishi — bemorni qurshab turgan muhitni, uning sog‘ayishi yo‘lida qollash uchun yo‘naltirilgan harakatidir». Florens Naytingeyl o‘z fikrini davom ettirib shunday deydi: «Hamshiraning vazifasi bemorga shunday sharoit yaratib berishdan iboratki, bunda tabiat o‘zining davolovchi qudratini namoyon qilsin».
'hifokorning amaliy faoliyati, davolash ishi, barcha bilim va harakatlari ma'lum bir bemorning aniq bir kasalligini davolashga qaratilgan bo‘ladi. Hamshiralik ishi kasallikdan ko‘ra ko‘proq bemorga yoki odamlar guruhiga, ya'ni oilaga, jamoaga qaratilgan bo‘lib, insonlar, ularning oilalari, umuman aholi sog‘lig‘i bilan bogliq bo‘lgan muammo va ehtiyojlarni hal qilishga yo‘naltirilganligi bilan shifokorlik faoliyatidan farq qiladi.
O‘zbekixtonda hamxhiralik ixhining rivojlanixhi. 'obiq sho‘rolar davrida O‘zbekistonda hamshiralik ishining rivojlanishi Rossiya bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, shu davrga xos o‘zgarishlarga nazar solishga to‘g‘ri keladi. 1918- yili Turkiston o‘lkasidagi hamma tibbiyot xodimlari (shifokorlar, feldsherlar, doyalar, tibbiyot hamshiralari va boshqalar) ro‘yxatdan o‘tkazildi. 'og‘liqni saqlash bo‘yicha markaziy va mahalliy muassasalar barpo etildi. 'o‘ngra 'og‘liqni saqlash tashkilotlari faoliyati va mahalliy tibbiyot xodimlarini tayyorlash ishlari yuksalib bordi. 1918-
yilda Toshkentda birinchi tibbiyot bilim yurti ochildi (hozirgi Y.Oxunboboyev nomidagi tibbiyot kolleji). 1920- yili mehr-shafqat hamshiralar uyushmalari ishlari to‘xtatiladi va ularni tayyorlash sog‘liqni saqlash tashkilotlariga o‘tkaziladi. 'hu bilan birga «mehr-shafqat» so‘zi ham yo‘qoladi. 'hu yilda Toshkentda Orta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi ToshDMU) tashkil etildi, uning tibbiyot fakulteti keyinchalik 1931- yil Toshkent Davlat tibbiyot oliygohiga aylantirildi (hozirgi Tibbiyot Akademiyasi).
1922- yili hamshiralarni tayyorlovchi o‘rta tibbiy o‘quv yurtlarida 2 yillik o‘quv muddati belgilanadi. 1926- yildan boshlab yalpi tex- nikalashtirish siyosati o‘rnatilishiga bo‘ysunib, tibbiy maktablarga texni- kum nomi beriladi, hamshiralar esa parvarish bo‘yicha texnik nomi bilan yuritila boshlaydi. 1933- yili hamshiralarga «'hifokor yordam- chisi» nomi beriladi.
1950- yildan tibbiy maktablar «Tibbiyot bilim yurtlari» deb yuritila boshladi.
1988- yildan boshlab «Hamshiralik ishi» mutaxassisligi bo‘yicha yangi o‘quv rejasi kiritildi. Respublikada 1990- yildan boshlab «Hamshiralik ishi»ni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yangi turdagi o‘quv rejalari tuzilmoqda. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida hamshiralik ishi tashkilotchilari va o‘qituvchilarini tayyorlovchi oliy ma'lumotli hamshiralar fakulteti ochildi. Hozirgi vaqtda hamshiralarga mo‘ljallangan «Hamshira» jurnali chop etilmoqda. 2001- yildan boshlab yangi dastur bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan hamshiralar tayyorlashga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, tibbiy bilim yurtlari Tibbiyot kasb- hunar kollejlari deb nomlana boshladi.
«Hamshiralik ishi»ning yetakchi mutaxassislari Xalqaro uchrashuv- larda qatnashib, bu yo‘nalishlarning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
1988- yili «Hamshiralik ishi» mutaxassisligi bo‘yicha yangi o‘quv rejasi kiritildi. 1991- yildan boshlab hamshiralar 2, 3 yillik dastur bo‘yicha faqat hamshiralik o‘quv yurtlarida emas, balki 4 yillik dastur bo‘yicha kollejlarda ham tayyorlana boshlandi. 'hu yildan boshlab, oliy ma'lumotli hamshiralar fakulteti (OMH) ochildi (o‘qituvchilar va hamshiralik ishini tashkil etuvchilar uchun).
1993- yilda hamshiralar ishini isloh qilish bo‘yicha yana bir katta qadam qo‘yildi. 'og‘liqni saqlash sohasida jumladan hamshiralik ishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz ko‘pchilik chet ellik mutaxas- sislarni ham qiziqtirib kelmoqda. O‘zbekistonda Xalqaro kengashlar, seminarlar, ilmiy anjumanlar va Jahon 'og‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash masalalariga oid ko‘chma yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbek shifokor olimlari o‘z ilmiy yutuqlari haqida chet
ellik olimlar bilan fikr almashib, hamkorlik qilmoqdalar. Hamshiralar faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqga, Jahon 'og‘liqni saqlash tashkilotining 'alomatlik hamma uchun strategiyasini amalga oshirish «LEMON» dasturi asosida hamshiralarni qayta tayyorlashga va hamshiralik ishini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 35 mingdan ziyod olim va amaliy tibbiyot xodim- larini o‘z ichiga olgan. 35 dan ortiq ilmiy tibbiyot jamiyatlari, Respub- lika tibbiyot ilmiy kutubxonasi (1935- y.), O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi (1973- y.) faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamshiralarga mo‘ljallangan
«Hamshira» jurnali, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan «'ihat- salomatlik» jurnali va boshqa ko‘pgina tibbiy nashrlar chop etilib, xalq salomatligini saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekixtonda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatining taxhkil etilixhi. O‘zbekistonda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati 1925- yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, u 1922- yilda mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995- yilda Xalqaro Qizil Xosh Qo‘mitasi tomonidan e'tirof etilib, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (XQX va QYaOJF)ga a'zo bo‘ldi. Hozirgi kunda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati aholining sanitariya madaniyatini oshirish, uni vatan sanitariya mudofaasiga tayyorlash, mehnatkashlarning mehnat va turmush sharoitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Bepul donorlikni targ‘ib qilish va bu ishga aholini jalb etish shular jumlasidandir.
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati hamshiralik faoliyatida jonbozlik ko‘rsatgan fidoyi hamshiralar uchun o‘zining yuksak unvoni — Florens Naytingeyl medalini ta'sis etgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqi, shu jumladan, Qizil Yarim oy jamiyatining 17 ming a'zosi front orqasida yaradorlarga, 4 mingta hamshira va sandrujinachi esa bevosita jangohlarda jangchilarga — qahramonlarga yordam ko‘r- satdilar. Ularning aksariyati mardlik va jasoratlari uchun turli orden hamda medallar bilan mukofotlandilar. Jumladan, O‘zbekistonlik hamshiralar Rixsi Mo‘minova, 'alima Qublanova, Matluba Eshon- xo‘jayeva Xalqaro Qizil Xoch jamiyatining oliy mukofoti — «Florens Naytingeyl» medali bilan taqdirlandilar. Urushdan keyin ushbu mukofot, shuningdek, mehr-shafqat hamshirasi Antonina Pixteyevaga ham berildi.
O‘zbekixton Rexpublikaxi o‘rta tibbiyot va dorixhunox xodimlari axxotxiatxiyaxi.
Axxotxiatxiyaning tarixi. O‘zbekiston o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlari assotsiatsiyasi bir guruh tibbiyot xodimlari tashabbusi bilan tashkil topdi va 1998- yil 28- mayda Respublika Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.
Assotsiatsiya o‘zini o‘zi boshqaruvchi, tibbiyotga xos insonparvarlik, mehr-muruvvat, oliyjanoblik kabi fazilatlarga asoslangan bo‘lib, assot- siatsiyaning dasturiy vazifalarini amalga oshirishga yordam berish xohi- shini bildirganlarni birlashtiruvchi mustaqil jamoat kasbiy tashkilotdir.
Axxotxiatxiyaning maqxad va vazifalari.

  • Tibbiyot amaliyotini rivojlantirish, O‘zbekiston aholisi salomat- ligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida tibbiyot bilimlari darajasini oshirishga ko‘maklashish.

  • Respublikada xalqaro talablarga muvofiq hamshiralik ishini rivojlantirishga ko‘maklashish.

  • 'og‘liqni saqlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishda turli mamlakatlarning fuqarolari bilan, davlat, xususiy shaklda yoki jamoatchilik asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlar, birlashmalar, korxonalar bilan hamkorlik qilish va aloqalar o‘rnatish. Bemorlarni asossiz yoki past professional hatti-harakatlardan muhofaza qilish.

  • O‘z yuridik xizmatlarini tashkil etish, assotsiatsiya a'zolarining sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy va iqtisodiy, huquqiy himoyalarini ta'minlash bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga takliflar kiritish. Assotsiatsiyaning professional huquqlarini himoya qilish, uning jamiyatdagi obro‘sini oshirish.

  • Yordamga muhtoj bo‘lgan xodimlarga xayriya yordamini ko‘rsatish.

  • 'eminar, konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish, turli diskus- siya va loyiha dasturlarining, joylarda, respublika va xalqaro miqyosdagi muhokamasida ishtirok etish.

  • Assotsiatsiya mukofotlarini va stipendiyalarini ta'sis etish.

Axxotxiatxiya tizimi.

  • Boshqaruv organi: Prezident, Assotsiatsiya Kengashi.

  • Ijro organi: Assotsiatsiya Kengashi.

Axxotxiatxiya bo‘iimlari. Ma'muriyat va moliya bo‘limi. Ma'rifat va o‘quv ishlari bo‘limi.
Axborot almashinuv — ichki va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi. Tadqiqot va nashriyot bo‘limi.
Huquqni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi.
Axxotxiatxiyaning moliyaviy barqarorligi.
Assotsiatsiya o‘z-o‘zini ta'minlovchi tashkilot bo‘lib, quyidagi moliyaviy manbalarga ega:

  • a'zolik badallari;

  • xizmat ko‘rsatish;

  • xayriya;

  • kredit, grant va h.k.

Axxotxiatxiyaga kim a’zo bo‘lixhi mumkin.
O‘zbekiston o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlari assotsiatsiyasiga mustaqil O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi, assotsiatsiyaning prinsiplari, maqsadlari, vazifalarini, amaliy, professional va ijodiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlovchi va umuman dunyo hamjamiyatida tibbiyot xodimlarining mavqeini oshirishga intilgan har bir inson a'zo bo‘lishi mumkin.
Axxotxiatxiyaning rejalari.
Assotsiatsiya jahon 'og‘liqni saqlash tashkilotining bir qancha loyiha va dasturlarini amalga oshirishni rejalashtirgan. 'og‘lom oilani shakllantirish, oilaviy hamshira konsepsiyasi kabi loyihalar ustida samarali ishlar olib bormoqda.
Axxotxiatxiya ta’xixchilari.
O‘zbekiston Respublikasi 'og‘liqni saqlash vazirligi.



Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish