2 Hamshiralik p65


Hamxhiraning roli va vazifalari



Download 4,42 Mb.
bet7/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

Hamxhiraning roli va vazifalari


Hamshiralik ishi mustaqil yo‘nalishga ega bo‘lib, davolash ishi bilan bir qatordan joy olishga haqlidir. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot hamshirasining vazifalari doirasini kengaytiradi, uni shifokor bergan topshiriqlarning oddiy ijrochisi mavqeyidan juda yuqori pog‘onaga ko‘taradi.


Bugungi kun hamshirasiga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:

  1. bemorlar parvarishi;

  2. kasallikning oldini olish;

  3. sog‘liqni saqlash;

  4. bemorlarni oyoqqa turg‘azish va reabilitatsiya masalalari.

Hamshiraning kuchli tashkilotchi, menejer, pedagog va psixolog bo‘lishi zamon talabidir. Zamonaviy hamshira mezonlariga mos kelish uchun hamshira salomatlik me'yorini va bemorlar parvarishi asoslarini bilib qolmasdan, balki bemorlarning ruhiy holatini ham baholay bilishi zarur.
Hamshira kasallik simptomi va sindromlarini, kasallikka olib keluvchi omillarni emas, balki har bir bemor uchun alohida:

    • individual parvarishning kompleks dasturini ishlab chiqishi;

    • albatta, shifokor maslahatiga asoslanishi;

    • bemorga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishni tashkillash- tirishni rejalashtirishi lozim.

Bugungi kunda hamshiralik ishining asosiy maqsadlari:

    • aholiga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga ham- shiralik ishining hozirgi davrda dolzarbligi va ustuvor yo‘nalishga ega ekanligini tushuntirish;

    • hamshiraning professional majburiyatlarini kengaytirish yo‘li bilan uning imkoniyatlarini o‘stirish va undan unumli foydalanish, aholining hamshira xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;

    • yuqori saviyali tibbiyot hamshiralarini, hamshiralik ishi menejerlarini hamda o‘rta va oliy ma'lumotli hamshiralarni tayyorlash uchun o‘quv jarayonini ta'minlash va o‘tkazish;

    • tibbiyot hamshiralarida o‘ziga xos fikr yuritishni shakllantirish. Hamshiralik ishining vazifalari esa:

    • xodimlar bilan ishlash bo‘yicha boshqaruv va tashkilotchilik ishlarini kengaytirish va rivojlantirish;

    • aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sog‘liqni saqlash va boshqa tashkilotlar faoliyatini uyg‘unlashtirish;

    • tibbiyot xodimlarining malaka va kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ishlar olib borish;

    • hamshiralik ishi bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish;

    • hamshiralik ishi bo‘yicha maslahat ishlarini amalga oshirish;

    • hamshiralarni zamonaviy tibbiy axborot bilan taˆminlash;

    • profilaktika, sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish;

    • hamshiralik ishi sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;

    • hamshiralik ishini yaxshilash bo‘yicha sifat mezonlarini ishlab chiqish va uni amalda qo‘llash va boshqalardan iborat.

Hamshiralik ishi falsafasi


Hozirgi kunda «Umumiy falsafa» tushunchasi quyidagicha ifo- dalanadi.


Falsafa — bu subyekt va obyektning o‘zaro bog‘liqligi va ular munosabatidan hosil bo‘luvchi o‘zgarishlar haqidagi fan.
Falxafa va hamxhiralik ixhi. Bular o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Hamshiralik ishi uchun falsafaning zaruriyati nimada? Hamshiralik ishi falsafasining ma'nosi nima?
Bu masalalar hamshiralik ishi nazariyasi bo‘yicha o‘tkazilgan I Umumrossiya ilmiy amaliy konferensiyasida muhokama qilindi (1993- yil). Bunda hamshiralik ishini asoslovchi «hamshira», «bemor», «ham- shiralik ishi», «atrof-muhit» atamalariga aniqlik kiritildi va ko‘rsatilgan subyekt va obyektlararo munosabatlar aniqlandi. Nihoyat mutaxassis
— hamshira qanday axloqiy hislatlarga ega bo‘lishi kerakligining aniq qonun-qoidalari shakllandi.
Hozirgi vaqtda hamshiralik ishi falsafasining asosiy qonun-qoidalari quyidagicha:
«Hamshiralik ishi falsafasi» umumiy falsafaning bir qismi bo‘lib, hamshira, bemor, atrof-muhit munosabati tizimini ifodalaydi. U axloq va odobning umuminsoniy qonun-qoidalariga asoslanadi. Bu falsafa markazida inson turadi. Hamshiralik ishi qadimiy urf-odat, udumlarga asoslangan bo‘lib, salomatlikni muhofazalash, atrof-muhitni asrash bilan bog‘liq insoniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgandir.
Inson hayoti, qadri va huquqlarini hurmat qilish hamshiralik ishi falsafasining asosiy qonun-qoidasi hisoblanadi. Har bir shaxsga berilgan hayot ilohiy in'om hisoblanadi. Bu jismoniy, falsafiy, ijtimoiy, madaniy, aqliy va ruhiy rivojlanish imkoniyati demakdir. Hamshiralik ishi falsafasining qonun-qoidalarini amalga oshirish hamshira va jamiyat munosabatiga bog‘liq. Bu qonun-qoidalar hamshiraning jamiyat oldidagi javobgarligini va jamiyatning hamshira oldidagi javobgarligini talab etadi. Jamiyat sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralik ishining ahamiyati muhimligini tan oladi, targ‘ibot qiladi va uni qonuniy hujjatlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Hamshiralik ishining maqsadi hamshiralik jarayonini amalga oshirishdir. Hamshira o‘z ishini yuqori malaka bilan bajarishga harakat qilar ekan, bemorning qadr-qimmatini, o‘zligini, jamiyat bilan chambarchas bog‘liqligini va ijtimoiy ehtiyojlarini hurmat qiladi va
himoya qiladi.
Hozirgi zamon hamshiralik ishi fan va san'at sifatida rivojlanish darajasiga yetgan. Agar jamiyat hamshiraga nisbatan o‘z burchini bajarib borsa, shundagina hamshiralik ishi falsafasi rivojini, hamshiralar ijodiy imkoniyatlarini oshirib borishini ko‘rish mumkin. Hamshira bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lib, u parvarish jarayonida javobgarlikni his qiladi va mehr-muruvvat ko‘rsatadi. Hamshira jamiyat- da faol shaxs bo‘lib, bemorni qulay parvarish qilish uchun o‘z kasbiy, ruhiy sifatlarini tobora mukammallashtirib boradi. Hamshira sog‘liqni saqlash tizimining boshqa xizmatchilari bilan hamkorlikda hamda o‘zi
mustaqil ravishda harakat qilib, jamiyat va har bir bemor salomatligini himoya qilishdagi ehtiyojlarini qondiradi. Bemorni hurmat qilish va uning mustaqilligini ta'minlash hamshira majburiyatiga kiradi. «Zarar yetkazmaslik, yaxshilik qilish, hamkorlikni bilish va o‘z kasbiga, bemorga sodiq bo‘lish» bu majburiyatning asosiy qonun-qoidalaridir. Inson tug‘ilganidan to hayotining oxirigacha hamshiralik ishiga muhtoj bo‘ladi. 'hu bois bu ish davomli va ko‘p qirralidir.
Hamshira bemorga yordam bera turib, uning urf-odatlari, qadriyatlari va maslagini hurmat qiladi. Bemorning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaslik uchun ba'zi ma'lumotlarni yashirishga ham haqlidir.
Hamshira ekologiya muammolarini hal qilishda qatnashadi. Zamonaviy hamshira o‘tgan davr buyuk hamshiralari tajribasiga, hamshiralik harakati asoschilari Florens Naytingeyl, Dasha 'evasto- polskaya kabilar tajribasiga murojaat qilgan holda ish tutadi. Hamshi- ralar kelajakka intilgan sari hamshiralik ishini fan va san'at sifatida rivojlantirib boraveradi. Xalqaro bitimga ko‘ra, hamshiralik ishi falsa- fasi 4 ta asosiy tushunchaga tayanadi: 1) bemor; 2) hamshiralik ishi;

  1. atrof-muhit va jamiyat; 4) salomatlik. Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:

Bemor — bu hamshira parvarishiga muhtoj va shu parvarishni olayotgan inson.
Hamshiralik ishi — o‘zgaruvchan sharoitda mavjud va keyinchalik tug‘ilishi mumkin bo‘lgan salomatlik muammolarini hal qilishga qaratilgan tibbiy parvarishning bir qismi, maxsus kasbiy faoliyat, fan va san'atdir.
Atrof-muhit — inson hayotiga ta'sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy, ruhiy omil va ko‘rsatkichlar majmuasi.
Salomatlik — atrof-muhit bilan shaxs hayotining bog‘liqligi, shu muhitga insonning moslashuvi natijasi.
Bu asosiy tushunchalardan tashqari, hamshiralik ishiga xos bo‘lgan boshqa tushunchalarni ham bilib olish lozim.
Inson — yagona, o‘z-o‘zini idora qila oladigan biologik tizim bo‘lib, fiziologik, ruhiy va jismoniy ehtiyojlari qondirilishi natijasida o‘sib- unishi, atrof-muhit bilan bog‘lanib borishi ta'minlanadi.
Hamshira — hamshiralik ishi falsafasini himoya qiluvchi va hamshira sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga, kasbiy ilmga ega bo‘lgan mutaxassis. Hamshiralik ishi falsafasining axloqiy belgilariga axloqiy burch,
qadriyat va himmat kiradi.
Hamshiralik ishi falsafasini himoya qiluvchi hamshira quyidagi axloqiy burchni o‘z zimmasiga olishi kerak:
yaxshilik qilish, rost so‘zlash, zarar yetkazmaslik, bemor huquqini hurmat qilish, boshqalar burchini hurmat qilish, o‘z so‘zida turish, sadoqatli bo‘lish, bemor mustaqilligini hurmat qilish.
Hamshira intilayotgan maqsadni belgilovchi axloqiy qadriyatlarga quyidagilar kiradi: mutaxassislik, salomatlik, sog‘lom atrof-muhit, mustaqillik, insoniy qadriyat, mehr-muruvvat.
Himmat — hamshira ega bo‘lishi kerak bo‘lgan shaxsiy sifatlardan biri.
Himmat — bu insonning hulq-atvoridagi belgilar bo‘lib, yaxshilikka, masalan, bilim olish, ko‘nikma hosil qilish, dardga malham bo‘lish, mehr-muruvvat ko‘rsatish, chidamli, sabr-bardoshli bo‘lish, maqsad sari intilishga yetaklaydi.
'hunday qilib, hamshiralik kasbini tanlagan inson hamshiralik ishi falsafasiga asoslanuvchi axloqiy majburiyatlarni to‘la qabul qilishi kerak. Xalqaro hamshiralar assotsiatsiyasining vakillari qabul qilgan axloqiy qonun-qoidalar tibbiyot hamshiralari kodeksini belgilaydi.



    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish