2 Hamshiralik p65


Hamxhiralik ixhi va xalomatlik



Download 4,42 Mb.
bet5/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

Hamxhiralik ixhi va xalomatlik


Keyingi o‘n yil ichida inson sog‘lig‘ini saqlash masalasi ilmiy asosda hal etila boshladi. Natijada, sanalogiya va valeologiya atamalari paydo bo‘ldi.


Sanalogiya — kasalliklar, shikastlanish va boshqa patologik holatlar natijasida buzilgan faoliyatni tiklash jarayonini o‘rganadi.
Valeologiya — salomatlik haqidagi ta'limot bo‘lib (atamani 1980- yil I.N.Brexman tavsiya qilgan), sog‘liqni saqlash, mustahkamlash, inson hayotini uzaytirish va mehnat qobiliyatini saqlash yo‘llarini o‘rganadi. 'og‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi oliy ma'lumotli hamshira salomatlik, shaxsiy va jamiyat salomatligi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lishi lozim.
J''T salomatlikka quyidagicha ta'rif beradi: «'alomatlik — kasallik yoki jismoniy nuqsonning yo‘qligi emas, balki insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir». «'og‘lom bo‘lish yaxshi, kasallik esa yomon» ekanligi to‘g‘risida hamma aniq tasavvurga ega. 'alomatlikni baholash muammosi amaliyot uchun muhimdir.
Jamiyat jismoniy salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, bu — uzoq umr ko‘rishdir.
Tibbiyot xodimlarining vazifasi inson salomatligini saqlash yoki tiklashgina emas, balki faol uzoq umr ko‘rishiga erishishdir. Insonning sog‘lig‘i, uning subyektiv ko‘rsatkichlari, ya'ni shikoyatlarining yo‘qligi va obyektiv ko‘rsatkichlari — uning yuqori mehnat qobiliyatini saqlashi bilan belgilanadi.
Tibbiyot xodimlari salomatlikni to‘liq va sifatli baholash uchun tibbiyot amaliyotida «sog‘lom» va «deyarli sog‘lom» tushunchalarini ko‘p qo‘llaydilar. Odamni to‘liq tekshirishda biror kasallik holati yoki a'zolar tuzilishida avj oluvchi o‘zgarishlar bo‘lmasa, «deyarli sog‘lom» tushunchasi qo‘llaniladi. 'huni aytish lozimki «deyarli sog‘lom» odamlar sayyoramiz aholisining asosiy qismini tashkil qiladilar. Bular surunkali kasalliklar bilan og‘rib, sog‘ayib ketgan har xil yoshdagi odamlardir.
Kundalik hayotda va klinik amaliyotda «me'yor» iborasi ham juda ko‘p ishlatiladi. Buzilgan faoliyatning dastlabki holatiga qaytishi
to‘g‘risida gap ketganda tibbiyot xodimlari «ko‘rsatkichlar me'yorlashdi» iborasini ishlatadilar.
Zamonaviy tekshirishga asoslangan moslashuv nazariyasi bo‘yicha organizmning quyidagi holatlari ajratiladi:

  • qoniqarli moslashuv holati;

  • faol taranglik holati;

  • qoniqarsiz moslashuv holati;

  • moslashuvning buzilishi.

Bu holatlar salomatlikdan kasallikka o‘tishda o‘tkinchi davr hisob- lanadi. Bu holatlarga tashxis qo‘yish uchun murakkab neyrofiziologik, biokimyoviy, gemotologik va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi, bu tekshiruvlar maxsus laboratoriyalar va faoliyatni tashxislash xonalarida amalga oshiriladi.
«Nozologik holatlargacha» tashxis qo‘yishda subyektiv (so‘rab- surishtirish) va obyektiv ma'lumotlardan foydalaniladi. 'alomatlikni ta'minlashda organizm fiziologik tuzilishining funksional imkoniyatlari juda katta. Demak, salomatlikni baholashda nafaqat tinch holatda, balki faol zo‘riqishda, ya'ni faol sinamalar o‘tkazish jarayonida ham tashxis qo‘yish lozim.
Tibbiyot hamshirasi jamiyat a'zolari salomatligini saqlashda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda «jamiyat salomatligi» tushun- chalaridan foydalanishi zarur. «Jamiyat salomatligi»ni baholashni o‘rganishda tibbiyot xodimlari sotsial, tabiiy va biologik omillarni inobatga olishi lozim. Tibbiyot hamshirasi aholi salomatligini ta'minlash borasidagi profilaktik ishlarni olib borishda uch guruh ko‘rsatkichlardan foydalanadi:

  • demografik ko‘rsatkichlar;

  • aholining jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari;

  • kasallanish, shikastlanish, nogironlik ko‘rsatkichlari.

Tibbiyot hamshirasi aholi orasida profilaktika ishlarini olib borishda ularga salomatlik mezoni va yo‘nalishini tushuntirishi lozim. Chunki butun xalq salomatligining mezoni va yo‘nalishini ishlab chiqish g‘oyat katta, qiyin va mas'uliyatli vazifadir.
Inson salomatligini ta'minlashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki ilm-fanning boshqa tarmoqlari, ishlab chiqarish orqali hukumat ham ishtirok etishi lozim. Qo‘yilgan maqsadga birlamchi profilaktik tadbirlar orqali erishiladi.
Maqsadga erishish uchun quyidagilar e'tiborga olinadi:

  1. Inson ongi (bolalikdan o‘z sog‘lig‘i masalasida to‘g‘ri tarbiya- lash).

  2. Mehnat va dam olish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.

  3. Harakat (badan tarbiya, sport, chiniqish).

  4. Ratsional ovqatlanish.

Aholini hamshiralik ishiga o,qitish

Hamshira bemorlarga va ularning oila a'zolariga ular sog‘lig‘iga aloqador masalalarni o‘rgatishi lozim, bu hamshiraning muhim vazifasidir. Ba'zi hollarda bu — o‘z-o‘zini parvarish qilish, biror tekshiruvga tayyorlanish, dorilarni qabul qilish (masalan, insulin yuborish texnikasi), ba'zi o‘rinda esa to‘g‘ri ovqatlanish (parhez)ning aniq ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. Hamshira shifokor kuzatib borayotgan bemorlarga yuqoridagilarni o‘rgatar ekan, ular yangicha sharoitga moslashishiga yordam beradi. Odatdagi (kundalik) harakat- larning yangi usullari (yuvinish, yurish va hokazolar)ni o‘rgatadi yoki norasmiy sharoitda, o‘zining kundalik vazifasini bajarayotganida, odamni qiziqtiradigan masalalar haqida suhbat olib boradi (masalan, OIT' — infeksiyadan qanday saqlanish kerakligi haqida). Bu bilan hamshira bemorlarga sog‘lom turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan ma'lumotni yetkazadi.


Hamshira ba'zi hollarda shifokor kuzatib turadigan bemorga boshqa mutaxassisdan olgan ko‘nikmalarini mustahkamlashga (masalan, davolash-badantarbiya majmuasida) yordam beradi.

O,qitish doirasi


O‘qitish uch doirada olib boriladi.


Bilixh — bunda odam yangi omillarni bilib va tushunib oladi. Muhim ma'lumotlarning uncha ahamiyati bo‘lmagan ma'lumotlardan farqini ajratib, ularni tahlil qiladi.
Sezixh — yangi ma'lumot olgan odam o‘zini tutishida o‘zgarish paydo bo‘ladi, his qilishi, fikr yuritishi boshqacha bo‘lib qoladi, biror omilga baho berishi va fikr bildirishi o‘zgaradi.
Pxixomotor — odam aqliy va jismoniy faoliyati tufayli malakani egallaydi; harakatning yangi turlarini o‘rganadi; nostandart vaziyatda harakat reaksiyasini o‘zgartira oladi; zarur harakatlarni ishonib bajaradi; psixologik, jismoniy va his-hayajonli harakatlarni bajarishga tayyor bo‘ladi.

O,qitish samaradorligining shart-sharoiti


O‘qitish quyidagi sharoitda samarali bo‘ladi:



  • bilim olish maqsadi aniq bo‘lganda;

  • hamshira o‘qib, o‘rganayotganlarga (shifokor kuzatuvidagi bemor- lar va ularning oila a'zolariga) samimiy munosabatda bo‘lganda;

  • yangi ma'lumot bilan avvalgi bilimni o‘zaro bog‘laganda;

  • olgan bilimini amaliy jihatdan albatta ishlab chiqqanda.




  1. Zakirova K.U. 17

O‘qib, o‘rganayotganda yaxshi tushunib, eslab qolish uchun ham- shira quyidagilarni bajaradi:

    • o‘rganuvchilarga yaxshi muomala qiladi;

    • ularning aytgan gaplariga yoki bergan savollarining hammasiga quloq soladi;

    • ular bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘ladi;

    • yaxshi o‘rganayotganlarni maqtaydi;

    • agar ular o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa yoki nimadandir xafa bo‘lib, kayfiyati bo‘lmasa, o‘qitib o‘rgatishda tanaffus qilinadi.

O‘qitish samarali bo‘lishi uchun quyidagi uch omilni hisobga olish zarur:

    • o‘qitishga xohish va tayyorgarlik;

    • o‘qitishga qobiliyat;

    • atrof-muhit sharoiti.

O‘qitishning xohish va tayyorgarlik bilan borishi, birinchidan, ta'lim beruvchining qobiliyatiga, ta'lim oluvchining fikrni to‘plashiga va yangi mavzuni tushunishiga, ikkinchidan, e'tiborli bo‘lishga bog‘liq. Agar odam fikrini to‘play olmasa, o‘qitishni keyinga qoldirish yoki bekor qilish kerak.
Bezovtalik, og‘riq, charchoq, och qolish, tashna bo‘lish kabilar o‘qitish jarayoniga salbiy ta'sir etadi va hamshiradan alohida ko‘nikma talab etadi.
Hamshira o‘qitish ishlarini rejalashtirar ekan, bemorning o‘qishga xohishi va tayyorgarligini chamalab olishi lozim.
O‘qishga qobiliyat bo‘lishi rivojlanish bosqichiga va darajasiga bog‘liq (bola, keksa odam va hokazo).
Hamshira o‘qitishni boshlashdan oldin bemorning bilim olish qobiliyati qanchalik rivojlanganini hisobga olishi zarur, ana shunda o‘qitish usulini to‘g‘ri tanlaydi. O‘qishga bo‘lgan qobiliyatni aniqlashda odamning yoshi, jismoniy holati (quvvatsizlik, holdan toyganlik va hokazolar) e'tiborga olinadi. Bunday vaqtda o‘qitishning iloji bo‘lmasligi yoki samarasi bo‘lmasligi mumkin. Muloqot joyi, harakatlar doirasi, harakatlanish darajasi qulay bo‘lmasligi ham o‘qitishga ta'sir qiladi.
Atrof-muhit xharoiti o‘qishni muvaffaqiyatli olib borishning muhim shartlaridan biri. Hamshira o‘qita boshlar ekan, o‘qiydiganlar sonini (guruh qilib o‘qitish har doim foydali bo‘lavermaydi), yolg‘iz odamni o‘qitish, havo harorati, xonaning qanday yoritilgani, shovqin, xona qanday shamollatilayotgani, mebelning joylashishi kabi holat, hissiyot- larni hisobga olishi zarur.

O,qitish jarayoni


Agar hamshira o‘qitishning har bir bosqichini, o‘quv jarayonining ahamiyatini yaxshi bilsa va tushunsa, bemorni (yoki uning yaqinlarini) o‘qitish oson kechadi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:



  • bemor va uning yaqinlarining dastlabki bilimi va ko‘nikmasiga baho berish;

  • o‘qitishning maqsadi, mazmuni rejasi, usuli va darajasini aniqlash;

  • o‘quv rejasini amalga oshirish;

  • o‘qitish natijalariga baho berish.

Dastlabki bilim darajasiga baho berish




Dastlabki bilim darajasiga baho berish odamning o‘ziga kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni, shuningdek, u bilishi lozim bo‘lgan ma'lumotga nisbatan munosabatini aniqlashni nazarda tutadi.
Baho berish mobaynida odamning yoshi, ma'lumoti va bilim dara- jasi, hozirgi vaqtdagi sog‘lig‘ining ahvoli, o‘zini qanday sezayotgani va shifokor qo‘ygan tashxisni nazarda tutish kerak bo‘ladi. Dastlabki baho berishda shuni bilish kerak: ma'lum kasallik bilan og‘riyotgan bemorlar o‘ziga xos ko‘nikmalarni o‘rganishga muhtoj bo‘ladi, masalan, tugmani taqib olish, poyabzalni kiyish, ovqatlanish va hokazo.

O,qitishning maqsadi, ma7muni rejasi, usuli va darajasini aniqlash


Mavzuni har qanday o‘quv doirasida olib borish mumkin. Ham- shiralik ishi jarayonida o‘qitishning uchta doirasini ko‘zda tutish kerak. Yaxshi tashkil etilgan maqsad uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi (Meydjar, 1984):



  • bemor oldidagi vazifalar nima (masalan, «nimani o‘qishi kerak»,

«nimani bilishi kerak» va h.k.);

  • vaqt — muddat yoki vaqt oralig‘i — «o‘lchov» (masalan, «nonush- tadan 20 minut keyin», «bir haftadan so‘ng» va h.k.);

  • kim va qanday moslama yordam beradi, qaysi sharoit (masalan,

«instruktor yordamida», «qo‘ltiqtayoqda», «mustaqil» va h.k.).
Pxixomotor doirada o‘qitixh maqsadini quyidagicha ifodalash mum- kin: «bemor har kuni ertalab 50 m masofani mustaqil piyoda bosishi kerak».
O‘qitishning psixomotor doirasida maqsadni ifodalash uchun bilim va ko‘nikmalarni aniqlovchi fe'l turkumi ishlatiladi: «bemor o‘zi yozila olishini bildirishi kerak».
O‘qitishning bilish doirasidagi maqsadini ifodalash uchun fikrlash faoliyatini aks ettiruvchi fe'l turkumidan foydalanish lozim: «Bemor ovqat ratsionida o‘zi uchun suyuqlik va tuz kam bo‘lishi kerakligini tushunadi».
O‘qitixhning hix etixh doiraxida maqsadni ifodalash uchun bemor- ning biror hodisani sezishi, reaksiyasi va baholashini aks ettiruvchi fe'l
turkumidan foydalaniladi: «Bemor kolostoma borligini to‘g‘ri his qiladi».
O‘qitish maqsadlarini aniqlab olgach, uning mazmuni va uslubini rejalashtirish kerak.

O‘qitish natijalariga baho Bemorning dastlabki bilim berish. darajasiga va ko‘nikmasiga


baho berish. O‘quv jarayoni bosqichlari
O‘quv rejasini amalga O‘qitishning mazmuni va oshirish uslubini rejalashtirish (bemor
bilan birga).

Rejada vaqt (ertalab, kunduzi va h.k.) — o‘qitish qancha davom etishi ko‘rsatiladi. Agar bemor o‘qitish natijasida bir necha ko‘nikmaga ega bo‘lishi zarur bo‘lsa, o‘quv jarayoni shunday qulay izchillikda olib borilishi kerakki, u charchab qolmasin va unga yoqadigan bo‘lsin. Avval, eng oddiy, keyinroq ancha murakkab ko‘nikmalar o‘rgatiladi.


Hamshira har bir bemor uchun o‘ziga xos alohida o‘qitish rejasini tuzishi zarur. Masalan, hamshira bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lgan bemor bilan birgalikda (u o‘ng oyog‘ida yaxshi tura olmaydi, o‘ng qo‘li esa ishlamaydi) o‘quv rejasini quyidagicha tuzadi:
«Bemor bir haftadan so‘ng o‘zi mustaqil kiyinishi kerak».
Ular shunday reja tuzadilar: u avval shimini kiyish, so‘ng poyabzalini va eng oxirida ko‘ylagini kiyishni o‘rganadi, chunki bemor ko‘ylak kiyishni eng qiyin ish deb hisoblaydi.

O,qitish rejasini amalga oshirish


Hamshira tuzilgan rejani bajarar ekan, o‘qitish uchun vaqtni to‘g‘ri tanlashi kerak, vaqt bemor ma'lumotni yaxshi qabul qila oladigan darajada bo‘lsin. O‘qitishni hamshira vaqti bemalol bo‘lganda, bemor o‘zini yaxshi sezayotgan, xotirjam vaqtda olib borgan ma'qul. Aks holda esa o‘quvni boshqa paytga qoldirish kerak. Agar bemor nima- dandir xafa bo‘lib turgan bo‘lsa, unga o‘rgatilayotgan biror harakatni bajara olmasa, hamshira xotirjamlik bilan sabr qilishi va o‘qitishni keyinroqqa qoldirishi kerak.


Bemorlarni o‘qitish chog‘ida maxsus adabiyotlardan foydalanish mumkin. Hamshira muhim ma'lumotni ta'kidlar ekan, o‘sha odam uchun muhim bo‘lgan ma'lumot haqidagi fikrini bir joyga to‘plashiga yordam beradi.
Bemorlarga ko‘p savol berish zarur, shunda ular o‘zi egallagan bilim va ko‘nikmalarni namoyon etadi. Ularni o‘qitiladigan mavzuga qiziqtirish kerak. O‘qitish vaqtida, bemor va uning yaqinlari berilayotgan ma'lumot- larni to‘g‘ri tushunayotganlariga ishonch hosil qilishi kerak. 'hu munosabat bilan o‘qitish jarayonida o‘quv qanchalik samara berayotgani vaqtida tekshirib turiladi. Ana shu maqsadda hamshira bemorga aniq savollar berib, ularga javob olar ekan, yangi ko‘nikmalar qanday o‘zlashtirilayotganini kuzatadi.
Agar beriladigan ma'lumot juda ko‘p bo‘lsa, uni bir necha qismga bo‘lish kerak va vaqt-vaqti bilan hamshira bemordan «tushundingizmi?»

  • deb so‘rab turishi kerak. Xulosa qilib, barcha ma'lumotni qisqacha takrorlash mumkin.

O,qitish natijasiga baho berish


O‘qitish natijalariga baho berilar ekan, bemorga boshqa kasallar- da ham savollar paydo bo‘lishini tushuntirishi kerak. Bemor qiziqishini rag‘batlantirish uchun uni maqtash maqsadga muvofiqdir. U savol bersa, unga qarab: «Bu juda yaxshi savol. Bu savolni berganingizdan hursandman» deb qo‘yish kerak. Agar hamshira berilgan savolga javob bera olmasa, bemorga men bu haqsa maslahatlashib ko‘raman, deyishi lozim. Maxsus atamalarni ishlatmagan ma'qul, chunki bemor bu atamalarni tushunmaydi.


«Baholovchi» savol berib, buni xohlaydimi-yo‘qmi, uning oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishga layoqati va yangi ma'lumotdan foydalana olish-olmasligi tekshiriladi.
Bemordan, xohishiga ko‘ra, o‘zi olgan bilim va ko‘nikmalarni na- moyish etishini iltimos qilish kerak. Bemorga hamshira bergan baho natijasini albatta aytish kerak: u oldiga qo‘yilgan vazifani qanchalik yaxshi uddalaganini va ushbu aniq ko‘nikmalarni to‘la egallab olganini bilishi zarur.



    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish