14-mavzu: Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish. Nutq texnikasi Reja


Nutqqa tayyorgarlik ko‘rishning 4 xil usuli mavjud



Download 422,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana22.06.2022
Hajmi422,95 Kb.
#692049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14-ma'ruza (1)

Nutqqa tayyorgarlik ko‘rishning 4 xil usuli mavjud: 
1.
Ekspromt (badiha) – hech qanday tayyorgarliksiz nutq so‘zlash. 
2.
Nutqning plan-konspekti – oldindan reja tuzilib, har bir qismning asosiy g‘oyasi 
va kerakli fikrlar batafsil yoritilgan bo‘ladi. 
3.
Nutq matni – tayyor nutq matni to‘liq o‘qib beriladi.YOddan so‘zlash – hech 
qanday matnga qaramasdan yodlangan nutq so‘zlanadi. 
Bu usullardan qaysi biri eng osoni va yaxshisi deb o‘ylaysiz? Bu, albatta, notiqning 
bilimi va tayyorgarligiga bog‘liq. Kimdir 2-usulda nutq so‘zlasa, boshqasi 3 yoki 
4-usulni qo‘llaydi. Notiqlarning plan konspekti bo‘lgani yaxshi, lekin unga 
bog‘lanib qolmasligi kerak. Biror bir mavzu tanlangandan keyin u haqda puxta 
o‘ylab olish kerak: “
Avvalo, buni gapiraman, ikkinchidan unisini, keyin ..., va 
oxirida mana bularni aytaman”. 
Ko‘pchilik oldida so‘zlash uchun quyidagi yo‘riqlarga amal qilish kerak. 
1.
Nutqqa, ayniqsa u muhim bo‘lsa, bir kun oldin emas, bir necha kun oldin
tayyorgarlik ko‘rishni boshlash kerak. Bu mavzuning ichiga kirishga yordam 
beradi. Uni yodlashga hojat qolmaydi. 
2.
Nutqni mashq qilishdan oldin reja tuzing. 
3.
Nutqni, albatta, mashq (repetitsiya) qilish zarur. Nufuzli universitetlarning 
professor lektorlari ham ko‘zgu oldida bir necha marta mashq qilishgan ekan. 
4.
Nutqni bo‘laklab emas, “butun”icha mashq qilish kerak. So‘zlashni boshlagan 
bo‘lsangiz nimadir yoddan chiqqan bo‘lsa ham, nimanidir o‘zgartirmoqchi 
bo‘lsangiz ham to‘xtamang. Esdan chiqqan o‘rinlarni “yodimdan ko‘tarilay 
debdi” deya qulay joyda qiritib ketish mumkin. Auditoriya buni yaxshi qabo‘l 
qiladi. 
5.
Nutqqa tayyorlanishdan oldin shpargalka tuzib olish mumkin. Unda zaruriy 
ma’lumotlar: sanalar, sitatalar, misollar, asoslar va isbotlar bo‘ladi. 
6.
Mashq davomida nutqiy vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring. 
7.
Mashq paytida alohida iboralarni yodlashga harakat qilmang. Sizning maqsadingiz 
nutqingizni asosiy g‘oyasini eslab qolish, bu g‘oyalarni ifoda etadigan 
ko‘rinishlarni emas. 
Og‘zaki ma’ruzaning tuzilishi o‘ziga xos bo‘lib, uning qismlari butun 
ma’ruzaning asosiy mag‘zini tashkil qiladi. Bu kompozitsiya deb atalib, u kirish, 
asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi. Bu uch qism bir-biri bilan bog‘langan 
bo‘lishi nutqning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab bo‘ladi. Eng asosiy fikrni ochib 
berish uchun materialni mantiqiy izchillikda joylashtirish kompozitsiyaga 
qo‘yiladigan eng birinchi talablardan biri hisoblanadi. 
Har bir qismning o‘z maqsadi bo‘lishi kerak va bular quyidagilardan 
iboratdir: 
-Kirish qismida notiq auditoriyani o‘ziga jalb qilishi va ishontirish natijasida ular 
bilan aloqa o‘rnatishi; 
-tinglovchilarni qiziqtirishi; 
-tinglovchilarni nutqni qabul qilishga tayyorlashi; 
Asosiy qismning maqsadi: 


-tinglovchilarga yangi xabarlarni aytish; 
-olib chiqilgan masalalarning to‘g‘riligini isbotlash hamda tushuntirish; 
-tinglovchilarni kerakli xulosalar chiqarishga tayyorlab olib borish. Xulosa 
qismida notiq o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yishi lozim: 
-Aytilganlarni umumlashtirish; 
-ko‘rib chiqilgan masalalarning takrorlanishi va yodda sqlab qolinishiga sharoit 
yaratish; 
-nutqning ishonchli chiqishiga qo‘shimcha argumentlarni keltirish; 
-tinglovchilarni undash va u yoki bu masalarni hal qilishga chaqirish. 
Notiq mavzu haqida ko‘p narsalarni bilishi mumkin, lekin ularni tartibga 
keltirib olmasa, nutq muvaffaqqiyatli chiqmaydi. SHuning uchun ma’ruza 
qilishdan avval nutq rejasini tuzib olish juda muhim. Nutq rejasi matnning asosi 
hisoblanadi. Matn tuzish tartibiga ko‘ra oldindan qanday masalalarni ko‘tarib 
chiqayotganligini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Ishchi reja tuzilib, unda aytiladigan 
masalalarning izchilligi belgilab olinadi. SHuning negizida asosiy reja tuziladi. 
Nutq tuzishga tayyorgarlik ko‘rishni aniq ko‘z oldimizga keltirish uchun quyidagi 
“nutqqa tayyorgarlik ko‘rish jarayoni” jadvalini ko‘rib chiqish lozim: 

Download 422,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish