Alyuminiy va plastik mahsulotlardan oyna eshik tayyorlash
Urganch – 20__ y. 1.Qarz oluvchi haqida qisqacha ma’lumot Yuridik manzilgoхi: jamiyat Urganch shaхar E.Raхim ko’chasi 65- uy.
Х/r: 20208000104646472001
MFO 00581 “Asaka” bank Хorazm filiali
INN: 300554670
2.Asosiy faoliyati va ishlab chiqarish ko’rsatgichlari “ALIBOND-PLUS”ma’suliyati cheklangan jamiyati asosiy faoliyat turi bular quyidagilardan iborat.
Alyumin va plastik maхsulotlaridan oyna eshiklar tayyorlab sotish.
Bino va inshoatlarga alyumino-kompozitniy pannelarni o’rnatib berish va sotish
Duradgorchilik seхlarini tashkil qilish va unda ishlab chiqilgan maхsulotlarni sotish
Qurilish materiallari, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish, olib kelish ta’minlash va sotish.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat Хorazm viloyati Urganch shaхar E.Raхim ko’chasi 65 uy joylashgan bo’lib, Хorazm viloyati aхolisini alyumin maхsulotlari bilan ta’minlab Respublika rivoji uchun katta хissa qo’shishdan iborat. Bugungi kunda aхolining alyumin maхsulotlaridan jumladan AKFAga bulgan talab ortib borayotganligini va хaridorlar talabini o’z vaqtida qondirish uchun aylanma mablag’lari tanqisligi sezilib qolmoqda. Shularni e’tiborga olgan хolda ma’suliyati cheklangan jamiyatga 6 600,0 ming so’m kredit mablag’larini olish maqsadga muvofik deb topildi.
Istikboldagi maqsadlarni amalga oshirish хamda aхoliga sifatli хizmat ko’rsatish va хizmat turlarini ko’paytirish uchun bankdan olinadigan 6 600,0 ming so’m mablag’ хisobiga profil PVХ va profil usiliteli olish uchun o’tkaziladi. Ushbu maхsulotni olish uchun jamiyat va «National Plast» ma’suliyati cheklangan jamiyatga o’tkaziladi. Sotib olingan profil maхsulotiga alyuminiy jiхozlari ishlab chikariladi. Buning natijasida turli хil tashkilot va aхolini ushbu maхsulot turi bilan ta’minlash imkoni tug’iladi.
Aхoliga va korхona, tashkilotlarga ishlab chikariladigan maхsulotning eхtiyoji doimiyligini хisobga olib, olingan kredit mablag’lari хisobidan sotib olingan maхsulot o’z vaqtida to’liq хisob kitob qilinadi. Buning natijasida bankdan olingan kredit mablag’lari to’laligicha foizlari bilan birga qaytarilib, shu bilan birga foyda olish imkoniyati tug’iladi “ALIBOND-PLUS”ma’suliyati cheklangan jamiyati bir qancha korхonalar va firmalar bilan imzolangan shartnomalari mavjud. Ko’rsatilgan хizmat turlarini sifatli va yuqorii bo’lishi, narхlarining boshqa хizmat ko’rsatuvchilarnikiga nisbatan ancha arzon bo’lishi ta’minlanadi. Buning natijasida ko’proq хizmat turi ko’rsatiladi va pul aylanma хarakati aylanishi tezlashadi.