14-mavzu: Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish. Nutq texnikasi Reja


Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish va stressga qarshi kurashish



Download 422,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana22.06.2022
Hajmi422,95 Kb.
#692049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14-ma'ruza (1)

Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish va stressga qarshi kurashish 
O‘quvchilar nutqi oilada, maktabda, jamoada o‘zaro fikr almashish, suhbat, 
dialog, muayyan mavzuda bahs-munozara, savol-javob shakllarida namoyon 
bo‘ladi. O‘quvchi tafakkuri, idroki, tasavvuri, his-kechinmalari fikrni qo‘zg‘asa, 
nutq ayni o‘y-fikrlarni ifoda qilish vositasiga aylanadi. Bunda o‘quvchining o‘z 
qarashlarini bayon tarzida ifoda etishi kuzatilsa, yozma nutqda ushbu bayonning 
grammatik, punktuatsion, stilistik jihatlardan ravon, mazmunli, izchil va to‘g‘ri 
ifoda etilishi nazarda tutiladi. O‘quvchida fikr uyg‘otish, unga aqliy-hissiy ta’sir 
ko‘rsatish natijasida yuzaga kelgan fikrlar tafakkurda muayyan shaklga ega holda 
nutqqa ko‘chadi. Hozirgi o‘quvchi va talabalarimiz nutqida uchraydigan nuqson
fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, ortiqcha parazit 
so‘zlarni, ya’ni anaqa, haligi, shu, nima desam ekan kabilarni qo‘llashi nutq tuzish 
malakalarining zaifligi bilan bog‘liqdir. Fikrimizni o‘z ona tilimizda ravon, 
tushunarli va go‘zal ifodalash uchun nutqiy madaniyatni, notiqlikni etarli darajada 
shakllantirmog‘imiz darkor. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish uni qog‘ozga yozish, yod 
olish emas, bu – o‘ylash, eslab qolish va uni saralash, tartib bilan mavzuga mos 
tarzda joylashtirib chiqishdir. 
Buyuk notiqlar omma oldiga chiqishdan oldin katta tayyorgarlik ko‘rganlar. 
Ular haqida shunday ma’lumotlar etib kelgan. 
Demosfen oldindan tayyorgarlik ko‘rmasdan omma oldiga hech qachon 
chiqmagan ekan. “Tinglovchilarimga hurmat yuzasidan soatlab nutq ustida ter 
to‘kib ishlayman”, degan edi u. Haqiqatdan ham Demosfen nutqqa kuch-quvvatini 
ayamay tayyorgarlik ko‘rgan. Tayyorlanmasdan omma oldiga chiqish ularni 
mensimaslikdir. Undan keladigan omad xizmat evaziga emas, yolg‘on tufayli 
topilganday bo‘ladi. 
Sitseron: “
Harbiylar qurol ishlatishni tinimsiz mashq qilganiday notiq 
yoshligidanoq tinmay so‘zga egalik qilishni mashq qilishi kerak. Chunki notiqlikka
 
tuyulganidan 
 
ko‘ra ko‘proq 
 
qiyinchilik 
bilan 
erishiladi. Unga ko‘p bilim va 
mehnat 
talab etiladi
”, - degan edi. 
Sitseronning nutqqa tayyorgarlik ko‘rishi haqidagi quyidagi ma’lumot
mavjud: sudda nutq so‘zlash uchun tayyorgalik ko‘rayotgan Sitseron sud
yig‘ilishi qoldirilganligi haqida xabar olib kelgan quliga shu zahoti ozodlik 
berib yuborgan ekan. CHunki u nutqini yanada mukammal tayyorlashga imkoniyat 
tug‘ilganidan nihoyatda quvonib ketgan edi. Ko‘rinib turibdiki, Sitseron omma


oldidagi nutqqa katta mas’uliyat bilan qaragan. 

Download 422,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish