14-mavzu: Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Nutqqa tayyorgarlik ko‘rish. Nutq texnikasi Reja



Download 422,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana22.06.2022
Hajmi422,95 Kb.
#692049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14-ma'ruza (1)

4.
 
Til va nutq madaniyatini egallashning ko‘rinishlaridan biri nutqiy 
taqliddir. 
Har bir inson o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va o‘tkir gapiradigan 
kishilar nutqiga havas bilan qarashi va unga taqlid qilishga intilishi mumkin. Bu 
holda nutqiy taqlid bu namunali til, nutq madaniyatini egallashga intilishning 
omillaridan biriga aylanadi. Namunali, yaxshi gapiruvchilar, odatda radio va 
televidenie suxandonlari, mashhur artistlar, badiiy so‘z ijrochilari, ba’zi 
yozuvchilar, olimlar orasida ham uchraydi. 
Nutqiy taqlid - ongli faoliyatdir va milliy notiqlikning eng yaxshi namunalari 
va an’analarini avloddan avlodga o‘tkazish, etkazish, ko‘p asrlar davomida saqlab 
qolishning vositasi hamdir. 
Til va nutq madaniyatini egallashning quyidagi bosqichlari mavjud: 
-oila va atrof -muhitdan o‘rganish; 
-yasli, bog‘cha ta’limi; 
-o‘rta maktab ta’limi; 
-oliy ta’lim; 
-til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali. 
Tilni egallash haqida gap borganda ikki muhim narsani farqlamoq kerak. 


Bularning birinchisi, umuman, o‘zbek tilini - xalq tilini bilish, ikkinchisi, o‘zbek 
adabiy tilini egallash. 
Nutq madaniyati shaxsning, umuman, tilni bilish darajasi bilangina emas, 
balki adabiy tilni namunali bilishi va undan nutqning og‘zaki va yozma shakllarida 
to‘la foydalana olishi darajasi bilan o‘lchanadi. Nutq madaniyatini egallash uchun 
nutqni o‘stirishga oid bo‘lgan adabiy til me’yorlari va unga vosita bo‘luvchi 
narsalar: 
-o‘zbek tilining darslik va qo‘llanmalari, o‘zbek tili grammatikasi, o‘zbek 
tilining turli lug‘atlari va boshqalar; 
-o‘zbek adabiyoti darslari, oliy va o‘rta ta’limda o‘tiladigan boshqa ijtimoiy 
va tabiiy fanlarga oid darslar, ularning tili; 
-o‘zbek adabiyoti tili (mustaqil o‘qish ko‘zda tutiladi); 
-o‘zbek matbuoti tili; 
-o‘zbek radiosi va televideniesi tili; 
-badiiy o‘qish darslari va ta’limi; 
-notiqlik san’ati yuzasidan o‘qitiladigan maxsus kurslar ta’limi va boshqalar. 
Ona tili va o‘zbek adabiyoti kishilarning og‘zaki nutq madaniyatini 
ko‘tarishga xizmat qiladi, radio va televidenie nutqini tinglash, notiqlik sirlarini 
o‘rganish og‘zaki nutq madaniyati rivoji uchun muhim omildir. 
YOzma nutq madaniyati, og‘zaki nutq madaniyatining yuzaga chiqishini 
ta’min etadigan vositadir. Masalan, yozma nutq madaniyati uchun imlo va tinish 
belgilariga oid qoidalar, yozuv texnikasi, yozishni ko‘p mashq qilish, ko‘p yozish 
va ko‘p o‘qish, so‘zlarning yozilish shakllarini xotirada saqlay olish, sintaksisga 
doir me’yor va qoidalarni yaxshi o‘zlashtirish muhimdir. YOzma nutq 
madaniyatini oshirishda imlo lug‘atlari etakchi o‘rin tutadi. 
Kishilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini egallashlari uchun 
quyidagi tomonlarga ham e’tibor bermog‘i kerak: 
-
so‘zlashuv nutqi jarayonida kishilar o‘zlarining kundalik tiliga e’tibor 
qilmog‘i, undagi yutuq va nuqsonlarni seza bilmog‘i kerak; 
-
har qanday shaxs o‘z ona tilisiga, uning qonun-qoidalariga ongli, ilmiy 
munosabatda bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘sha til grammatikasini, fonetikasini, 
leksikologiyasi va stilistikasini yaxshi bilishi talab qilinadi; 
-
har bir kishi o‘zning yozma va og‘zaki nutqi ustidan ongli nazorat o‘rnata 
olmog‘i lozim. Bu shaxslarda o‘z nutqi ustidan yutuq va kamchiliklarga tanqidiy 
yondasha olish ko‘nikmasini shakllantiradi; 
-
har qanday ongli kishi uchun nutq madaniyatini egallashning muhim 
shartlaridan biri bu tilga hurmat bilan qarash, unga muhabbat qo‘yishdir; 
-tilni o‘rganish, nutq madaniyatini egallash kishi hayotining ma’lum davriga 
to‘g‘ri keladigan vaqtinchalik ish, bir fasllik tadbir emas, balki doimiy intilish va 
shug‘ullanishni, bir umr takomillashtirib borishni talab qiluvchi hodisadir. 
Nutq madaniyati - so‘z san’ati sohasi bo‘lib, nutq vositalaridan maqsadga 
muvofiq foydalanilgan holda yaxshi gapirish va yozish san’atidir. 

Download 422,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish