1. Darsning maqsadi



Download 67,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi67,5 Kb.
#191775
Bog'liq
2 5213377491686654269


Mavzu : Alisher Navoiy g`azallari matni ustida ishlash
1. Darsning maqsadi :

a) mavzu asosida o`quvchilarda bilim ko`nikmasini hosil

qilish ;

b) o`quvchilarda ajdodlarimiz madaniyati va ma'naviy

me'roslariga, ona -Vatan va milliy urf-odatlarga muhabbat

tuyg`usini uyg`otish ;



2. Rivojlantiruvchi maqsad :

a) mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini oshirish ;

b) o`quvchilarni hozirjavoblikka o`rgatish ;

3. Tarbiyaviy maqsad :

Axloqiy va siyosiy savodxonlikni oshirish .


4.Darsning jihozi :

Navoiy portreti ,shoir ijodiga mansub kitoblar,ko`rsatmali

plakatlar,test savollari,magnit tasmasi,boshqotirmalar .
5.Darsning borishi :

a) tashkiliy qism ;

b) guruhlarga bo`lish;

v) raqbatlantirish


6.Dasrning uslubi :

a) o`yin musobaqasi ;

b) savol - javob
O`qituvchi sinf xonasiga Navoiyning " Qaro ko`zim " qazali bilan aytiladigan qo`shiqini xirgoya qilib kiradi .

Yozuv taxtasiga yangi mavzu yozilib ,Navoiy portreti ilinadi . Sinf o`quvchilarini ikki guruhga ,Farhodlar ,Shirinlar guruhiga ajratiladi. Ikkala guruh a'zolari bir - birlariga (ro`baro) qarab o`tiradilar . Musobaqa 4 turda o`tkaziladi .

1-tur . " Zukkolar musobaqasi ".
2 - tur . " Tez savolga tez javob " o`yini.
3 - tur " Men boshlayman sen davom et " o`yini .
4 - tur . " Buloq ko`z ochdi " nomli ijodkorlik tanlovi .

1 - tur : Yozuv taxtasiga har ikki guruhdan bittadan o`quvchi chiqib ,Farhod va Shirin xarakteriga xos bo`lgan xislatlarni yozadilar.


2- tur : qolgan o`quvchilar o`qituvchi bergan topishmoq asosida o`ntadan savol o`qiydilar . Raqib guruh a'zolari javob beradilar .
3 - tur : Doskadagi o`quvchilar javoblarni izohlagach guruh a'zolari navbatma - navbat. Raqib guruh a'zolariga qazal aytadilar . Raqib guruhi a'zolari berilgan qazallarni tezlik bilan sharhlaydilar .
4 - tur : ( Ijodkorlik ) " Buloq ko`z ochdi " deb nomlanadi . Har ikkala guruh a'zolari o`z ijodlaridan namunalar o`qiydilar .
Baholash mezoni to`rtburchak ,beshburchak ,uchburchak ,ko`k ,yashil , qora " Rag`bat " , kartochkalaridan iborat bo`ladi .

O`quvchi baholarni to`plagan kartochkalar yig`indisiga qarab belgilaydi .

Har ikkala guruh ballari o`qituvchi tomonidan e'lon qilinadi . Baholar o`z vaqtida kundalik daftarlarga qo`yib borilishi kerak . Savollar bo`lsa javob berib,yangi dars izohini boshlaydi . Yangi darsga Navoiy qazallaridan bir baytdan plakatlarga quyidagicha yozib keladi .

Ushbu g`azallarning mavzusini , g`azal g`oyasini avvalgi darsda muhokama qilinganligi uchun bu darsda faqat she'rning matni ustida ishlanadi .

1-3-4-5-6- g`azallar foilotin- foilotin - foilotin ,foilun ruknida bo`lib, aruzning ramali musammani mahzuf baxrida

2-g`azal esa mafoilun -mafoilun-mafoilun- fauvlun ruknida bo`lib ,aruzning xajazi musamani maxzuf baxrida yozilgan .

O`qituvchi har bir g`azal paradigmasini doskada chaqqonlik bilan ko`rsatib borishi va shu paradigma asosida she'rni ifodali qilib o`qishi ,qo`shiq qilib aytishi , stolni chertib she'rni ohangga solib aytishi yanada yaxshi natija beradi .

Paradigmadagi "- - - - - " ,belgi cho`ziq bo`g`in belgisi bo`lib, ko`proq undosh bilan tugagan bo`g`inlarga qo`yiladi .

Qisqa bo`g`in qisqa talaffuz qilinadigan unli bilan tugagan hisoblanib," V " belgisi bilan belgilanadi .

Bundan tashqari tarkibida cho`ziq unli bo`lgan qo`sh undosh bilan tugagan yopiq bo` g`in o`ta cho`ziq bo` g`in hisoblanadi va quyidagicha belgilanadi " V " misra oxirida " ~ " kabi belgilanadi .

Navoiyning " Kecha kelgumdir debon " deb boshlanuvchi g`azalida " kelmadi " so`zi, ikkinchi g`azalida " qilgil", 3- g`azalida " yo`q " so`zlari radif bo`lib kelganligi aytiladi .Beshinchi g`azalda esa radif so`zi qo`llanmagan ,biroq barcha g`azallarda g`azal janrining qofiyalanish tartibi saqlanib qolganligi aytilib , o`quvchilardan g`azallardagi qofiyalanuvchi so`zlar so`raladi .

O`quvchilar qofiyadosh so`zlarni birin - ketin aytadilar.


Mustahkamlash :
O`qituvchi darsni tushuntirib bo`lgach, magnit tasmasida uch-to`rt xil mumtoz shoirlar g`azallari bilan aytiluvchi qo`shiqlarni eshittiradi. O`quvchilar g`azal paradigmasini chizib o`qituvchiga aytadilar . Shu tariqa yangi mavzu mustahkamlanadi.

Darsni yakunlash :
Darsni yakunlovchi qismida o`qituvchi o`quvchilarga Navoiy g`azallaridan yod olib,darslikda berilmagan g`azallarning paradigmasini chizib kelishni vazifa qilib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar :



1. Ta'lim taraqqiyoti jurnali
2. Adabiyot darsligi 8- sinf
3. A.Hojiahmedov "Aruz vazni " kitobi
4. Aziz Qayumov. Alisher Navoiy asari .
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish